Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/140
tarix12.01.2023
ölçüsü10,95 Mb.
#98472
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   140
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

Byudjet defitsiti 
- muayyan davr mobaynida (odatda bir yilda) byudjet 
xarajatlarining byudjet daromadlaridan ortiq boigan summasi.
Byudjet profitsiti 
- muayyan davr mobaynida (odatda bir yilda) byudjet 
daromadlarining byudjet xarajatlaridan ortiq boigan summasi.
Chet el 
investitsiyalari 
- chet ellik investorlar asosan foyda olish 
maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida ta'qiqlanmagan boshqa 
turdagi faoliyat obyektlariga qo‘shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy 
boyliklar va ularga doir huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka doir 
huquqlar.
Davlat tasarrufldan 
chiqarish 
- davlat korxonalarini va tashkilotlarini 
jamoa, ijara korxonalariga, aksiyadorlik jamiyatlariga, mas’uliyati cheldangan 
jamiyatlarga, davlatga qarashli mulk bo‘lmaydigan boshqa korxonalar va 
tashkilotlarga aylantirish.
290
www.ziyouz.com kutubxonasi


Depozit 
- 1) bank jamg‘armasi; 2) bankka omonat kassasi yoki foydalanish 
uchun vaqtincha qo'yilgan pul yoki qimmatli qog'ozlar, qimmatli narsalar.
Depressiya - ishsizlik darajasi yuqori, tovar va xizmatlarga talab pastligi
ishlab 
chiqarishning 
hajmi 
va 
ishchanlik 
tushib 
ketadigan 
davrni 
xarakterlaydigan iqtisodiyotdagi tushkunlik davri. Inqiroz siklining eng past 
darajasidir.
Devalvatsiya 
- boshqa mamlakatlar valyutasiga nisbatan milliy yoki 
xalqaro pul birligi kursining pasayishi.
Diversifikatsiya — 1) turli-tumanlik, o‘zgarish; 2) korxonalar va tarmoqlar 
faoliyatining kengayishi, ishlab chiqarayotgan mahsulotlarning turlarini bozor 
talablariga qarab o'zgartirishidir; 3) davlatning milliy xalq xo‘jaligining 
zamonaviy ko‘p tarmoqli tarkibini vujudga keltirishga qaratilgan siyosati, 
kompleks ko‘p tarmoqli rivojlanish.
Dotatsiya 
- korxona, muassasalarga qaytarib olmaslik sharti bilan 
zararlarni qoplash, bahoni quvvatlash uchun davlat byudjeti hisobidan 
beriladigan subsidiya (pul mablagMari).

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə