Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»


QISQACHAIZOHLI LUG‘AT...................................................................... 290



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/181
tarix07.01.2022
ölçüsü10,95 Mb.
#82666
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   181
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov) (1)

QISQACHAIZOHLI LUG‘AT...................................................................... 290
ADABIYOTLAR............................................................................................... 297
6
www.ziyouz.com kutubxonasi


KIRISH
Mamlakatimiz iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi  tarmog'ining ahamiyati 
juda  katta.  Chunki  respublikamiz  abolisining yarmi  qishloq joylarda  istiqomat 
qiladi  va  ulaming  turmush  farovonligi  mazkur  tarmoq  rivoji  bilan  uzviy 
bog‘liqdir.  Bundan  tashqari  mamlakatimiz  yalpi  ichki  mahsuloti  va  valyuta 
tushumi  tarkibida  ham  qishloq  xo‘jaligi  tarmog'i  sezilarli  salmoqqa  ega. 
Qishloq  xo'jaligi  tarmog‘i  aholini  oziq-ovqat  mahsulotlari  bilan  hamda 
sanoatning  ayrim  sohalarini  xomashyo  bilan  ta'minlashda  muhim  ahamiyatga 
ega.  Endilikda aholi  soni va ehtiyojlarining o'sishi  hamda qayta ishlash sanoati 
quvvatlarining  yuksalishi  qishloq  xo'jalik  mahsulotlari  yetishtirish  hajmini 
yanada  ko'paytirishni  obyektiv ravishda taqozo  etmoqda.  Shuning uchun  ham 
mazkur tarmoqni rivojlantirish va samaradorligini oshirish zarur.
Prezidentimiz  Islom  Karimov  mamlakatimizni  iqtisodiy  jihatdan 
yuksaltirishda  agrar  sohadagi  yutuqlar  nihoyatda  muhimligini  qayd  etib, 
"Bugun jamiyatimiz shuni anglab oldiki, hayotimizni yaxshilash, aholi turmush 
darajasini  ko‘tarish,  iqtisodiyotimizning  samaradorligini  oshirish,  xalqimizni 
boqish,  istiqbolimizni  rejalash,  xullas  qanday  muammo,  qanday  masalani 
ko‘rmaylik,  ulaming  aksariyati  birinchi  navbatda  qishloq  xo'jaligiga  borib 
laqaladi.  Hammamizni  boqadigan,  ozuqa  beradigan  soha  qishloq  xo'jaligi 
tarmog‘idir”, - deb ta’kidlagan edi.
Qishloq  xo‘jaligini  bozor  iqtisodiyoti  qonunlari  talablari  darajasida 
rivojlantirish  uchun  tarmoqda  erkin  faoliyat  ko'rsatish  imkoniyatiga  ega 
bo‘lgan  turli  xildagi  mulkchilik  shakllarining,  ularga  asoslangan  tadbirkorlik 
turlari  hamda  ular  o'rtasidagi  erkin  bozor  munosabatlarining  nazariy,  uslubiy 
asoslarini  teranlashtirish,  takomillashtirish,  investitsiyalami  ko‘proq  jalb  etib, 
fan-texnika  yutuqlarini,  yangi  texnikalami,  ilg‘or  texnologiyalami  ishlab 
chiqarishga  joriy  etish,  cheklangan  yer  va  suv  resurslaridan,  kapital  hamda 
mehnat resurslaridan qisqa va uzoq muddatlarda to'liq va samarali foydalanish 
yoilarini  aniq  belgilash,  barcha  xarajatlami  tejash,  mehnat  unumdorligini 
yuksaltirish,  ishchi-xizmatchilami  rag‘batlantirish  tizimini  takomillashtirish 
negizida  foyda  summasini  ko'paytirish  yoMlarini  asoslangan  holda  belgilab 
olish  maqsadga  muvoftqdir.  Bu  masalalarning  ilmiy  hamda  amaliy  asoslarini 
yaratishda,  rivojlantirishda,  ulami  ishlab  chiqarishga  joriy  etishda  qishloq 
xo'jaligining o‘ziga xos xususiyatlarini e'tiborga olish zamr.
Yuqoridagi  masalalaming erkin bozor iqtisodiyoti  sharoitidagi  qonun- 
qoidalarini,  barcha  munosabatlaming  mohiyatini,  sabab  va  oqibatlarini, 
tushunchalarini, ulaming qishloq xo‘jaligida qay darajada, qanday shaklda amal 
qilayotganligini,  kelajakda  takomillashtirish  yo'llarini  «Qishloq  xo'jaligi 
iqtisodiyoti» fani o‘rganadi.
7
www.ziyouz.com kutubxonasi


Mamlakatimiz  qishloq  xo‘jaligida  amalga  oshirilayotgan  iqtisodiy 
islohotlaming 
yo‘nalishlari, 
ahamiyati 
hamda 
mazmunini 
yoritishda 
hukumatimiz  tomonidan  qabul  qilingan  me'yoriy  hujjatlar,  Prezidentimiz 
I.A.Karimovning  asarlariga  asoslanish,  mamlakatimizda  2008-2012-yillarga 
moijallab  qabul  qilingan  Inqirozga  qarshi  choralar  dasturi  va  ”Qishloq 
taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturlaridan ham foydalanish maqsadga 
muvofiqdir.  Bundan tashqari  mazkur  o‘quv qoilanmada qishloq xo‘jaligidagi 
iqtisodiy  munosabatlaming  mazmun  va  mohiyatini  Qishloq  va  suv  xo'jaligi 
vazirligi,  Iqtisodiyot vazirligi,  Davlat statistika  qo‘mitasi,  fermerlar uyushmasi 
va  qishloq xo‘jaligi  ishlab  chiqarishi  bilan  shug'ullanuvchi  alohida korxonalar 
ma'lumotlaridan  foydalanib,  jadvallar,  diagrammalar,  grafiklar  yordamida 
yoritishga e’tibor  berildi. Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi talablari va Oliy va 
o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy dastur asosida 
tayyorlangan mazkur  o‘quv  qoilanmada  o‘qitishning  zamonaviy,  innovatsion 
texnologik  xususiyatlarini  hisobga  olib,  har  bir  bobning  qisqacha  mazmuni 
bayon  etilgan,  nazorat  va  muhokama  uchun  savollar,  mavzu  bo‘yicha  tavsiya 
etiladigan  asosiy  adabiyotlar  ro‘yxati  hamda  har  bir  bobdan  keyin  shu 
mavzudagi ma'ruza darsining texnologik xaritasi keltirilgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə