Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»


  Qishloq  xo‘jaiigi tarmog‘ining o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/181
tarix07.01.2022
ölçüsü10,95 Mb.
#82666
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   181
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov) (1)

1.2.  Qishloq  xo‘jaiigi tarmog‘ining o‘ziga xos xususiyatlari.
«Qishloq  xo'jaligi  iqtisodiyoti»  fanini  o‘rganishda  qishloq  xo‘jaligi 
tarmog'ining  o‘ziga  xos  xususiyatlarini  ham  e'tiborga  olish  lozim.  Qishloq 
xo‘jaligi  tarmog‘ining  quyidagi o‘ziga xos xususiyatlari mavjud:
a)  qishloq  xo‘jaligida  tabiiy  omillaming  ta'siri  kuchli.  Tarmoqda 
islilab  chiqarish  jarayoniga  harorat,  yog'ingarchilik,  shamol  va  boshqa  tabiiy 
omillar o‘z ta'sirini o‘tkazadi;
b)  qishloq  xo'jaligida 
yer 
asosiy 
ishlab  chiqarish  vositasi 
hisoblanadi.  Boshqa tarmoqlarga nisbatan  qishloq  xo‘jaligi  ishlab  chiqarishida 
yeming ahamiyati juda katta, chunki mazkur tarmoqda ishlab chiqarish jarayoni 
bevosita  yerda  amalga  oshadi.  Yerga  urug‘  sepiladi  va  yerda  mahsulot 
yetishtiriladi.  Yerdan  foydalanishning  o‘ziga  xos  xususiyatlari  mavjud,  ularni 
inkor etish yoki yetarlicha e'tibor bermaslik salbiy oqibatlarga olib keladi;
d) qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish juda keng maydonlarda  amalga 
oshiriladi.  Bu  esa  o‘z  navbatida  ishlab  chiqarishni  tashkil  etishda  ma’lum 
talablami keltirib chiqaradi;
e)  qishloq  xo‘jaligi 
tarmog‘ida  ishlab  chiqarish  mavsumiy 
xususiyatga  ega.  Mahsulot yetishtirishda o‘simliklar va chorva mollari maTum 
vegetatsion  davming  o‘tishini  taqozo  etadi.  Bu  holat  tarmoqda  xarajatlar  va 
faoliyat  natijasida  olinadigan  daromadlar  muddati  o'rtasidagi  farqning  katta 
boTishiga  olib  keladi.  Masalan,  paxta  yetishtirishda  ishlab  chiqarish jarayoni 
erta  bahorda  boshlanib,  kuzda  nihoyasiga  yetadi.  Bundan  tashqari  ishlab 
chiqarishning  mavsumiyligi  tarmoqda  mayjud  resurslardan  yil  davomida 
samarali  foydalanishni  tashkil  etishni  taqozo  etadi.  Qish  oylarida  mehnat 
resurslarini  ish  bilan  ta'minlash  uchun  tarmoqda  tadbirkorlikning  boshqa 
shakllarini ham rivojlantirish talab etiladi;
f)  ishlab 
chiqarish 
jarayonida  tirik 
organizmlar  ham  mehnat 
vositalari  sifatida  qatnashadi.  Qishloq xo‘jaligi  tarmog‘ida  mehnat qilayotgan 
mutaxassislar 
o'simlik 
va 
hayvonlaming 
biologik 
hamda 
zoologik 
xususiyatlarini  ham  bilishi,  ishlab  chiqarish  jarayonida  ulami  hisobga  olishi 
talab  qilinadi.  Qishloq  xo‘jaligida  sarflanayotgan  mehnatning  samarasi  ko‘p 
jihatdan o‘simlik va chorva mollarining biologik imkoniyatlariga bogTiq;
g)  qishloq  xo‘jaligida  yetishtirilgan  mahsulotning  bir  qismi 
tarmoqning  o‘zida  urugTik,  yem-xashak,  oziq-ovqat  va  boshqa  maqsadlarda 
ishlatiladi;
h)  qishloq  xo'jalik  mahsulotlarining  ayrim  turlarini  uzoq  muddat 
saqlash  imkoniyatlari  cheklangan  va  tashish  uchun  noqulaydir.  Bu  muammo 
qishloq  xo‘jalik  mahsulotlarining  deyarli  bir  vaqtda  pishib  yetilishi  oqibatida 
yanada  chuqurlashadi.  Bu  o‘z  navbatida  yetishtirilgan  mahsulotni  nobud 
qilmaslik uchun tayyorlovchi, saqlovchi va qayta ishlovchilaming bir me'yorda
11
www.ziyouz.com kutubxonasi


ishlashini,  ma’lum  davrda  katta  quvvatlarning  boiishini  talab  qiladi.  Yilning 
qolgan davrlarida esa bu quvvatlaming nisbatan bo‘sh qolishi kuzatiladi.
Qishloq  xo'jaligi  tarmogida  turli  xildagi  mahsulotlar  yetishtiriladi, 
ishlar,  xizmatlar  bajariladi  va 
ular  ehtiyojlami  qondirish  maqsadida 
taqsimlanadi,  sotiladi.  Mamlakatimiz  miqyosida  kechayotgan  bu  jarayonlar 
erkin  bozor  munosabatlari  asosida  amalga  oshirilmoqda.  Ularni  nazariy  va 
amaliy jihatdan talab  darajasida hal  etish uchun respublikamizda tub  islohotlar 
amalga oshirilmoqda.
Tovar-pul  munosabatlariga  asoslangan  erkin  bozor  iqtisodiyotiga 
bosqichma-bosqich  o‘tish  sharoitida  davlatning  ko‘magida  qishloq  xo'jaligida 
talabga  javob  beradigan,  samarali  huquqiy,  tashkiliy-iqtisodiy  va  ijtimoiy 
munosabatlar  tizimi  yaratilmoqda,  ya’ni  mulkchilikning  turli  shakllari  barpo 
etilmoqda. 
Natijada 
erkin 
mulkiy 
munosabat 
vujudga 
kelmoqda, 
tadbirkorlikning  turli  shakllariga keng y o i  ochib berish va ularni  rivojlantirish 
yoiidan borilmoqda.  Bundan tashqari yer-suv  islohotlari  amalga oshirilmoqda, 
tarmoqning  cheklangan  ishlab  chiqarish  resurslari  (moddiy,  kapital  va 
mehnatjdan  samarali  foydalanish,  ishlab  chiqarilgan  mahsulotlami  sotish 
jarayonini  takomillashtirish,  foyda  hajmini  oshirish,  investitsiyalami  keng jalb 
etish,  ulardan 
samarali  foydalanish,  tarmoq  ishlab  chiqarishini  maqsadga 
muvofiq  joylashtirish,  ixtisoslashtirish  hamda  agrosanoat  integratsiyasini 
rivojlantirish bilan  bogTiq boTgan iqtisodiy munosabatlar tizimi yaratilib,  ular 
takomillashtirilmoqda  va  rivojlantirilmoqda.  Yuqorida  ta'kidlangan  iqtisodiy 
munosabatlar  tizimini  yaratishda  xalqimiz  hamda  qishloq  xo'jaligining  o‘ziga 
xos xususiyatlarini  e'tiborga olgan holda tabiiy va iqtisodiy qonunlar,  iqtisodiy 
kategoriyalar talablaridan oqilona foydalanish taqozo etiladi.

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə