Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»


  Fanning predmeti, maqsadi va tadqiqot usullari



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/181
tarix07.01.2022
ölçüsü10,95 Mb.
#82666
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   181
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov) (1)

1.3.  Fanning predmeti, maqsadi va tadqiqot usullari.
«Qishloq  xo'jaligi  iqtisodiyoti»  fanining  predmeti  -   qishloq 
xo'jaligida obyektiv iqtisodiy qonunlarning amal qilish xususiyatlari,  tarmoqda 
iqtisodiy  munosabatlami  ishlab  chiqarish  kuchlari  bilan  bogTagan  holda 
oTganishdir.  Qishloq  xo‘jaligining  barqaror  iqtisodiy  asosini,  takror  ishlab 
chiqarish  jarayoni  rivojlantirilishini  ta'minlaydigan  iqtisodiy  munosabatlar 
tizimini  yaratish  va  ulami  hayotga joriy  etish  masalalarini,  tarmoqda  mavjud 
resurslardan  oqilona  foydalanish,  xarajatlami  tejash  hamda  samaradorlikni 
oshirish  yoTlarini  oYgatish  «Qishloq  xo‘jaligi  iqtisodiyoti»  fanining  maqsadi 
hisoblanadi.  «Qishloq  xo‘jaligi  iqtisodiyoti»  fani 
o‘z  oldiga  qo‘ygan 
maqsadidan  kelib  chiqqan  holda 
quyidagi  asosiy  vazifalar  yechimining 
nazariy va uslubiy asoslarini o‘rgatishi lozim:
• 
qishloq  xo'jaligining  respublika  iqtisodiyotidagi  o‘mi,  ahamiyati, 
uning bosqichma-bosqich rivojlanish qonuniyatlarini;
12
www.ziyouz.com kutubxonasi


• 
tarmoqqa  davlat  rahbarligini,  unda  amalga  oshirilayotgan  agrar- 
iqtisodiy  islohotlar  mazmuni  va  mohiyatining  holatini,  ulami  rivojlantirish 
yo'llarini;
• 
qishloq  xo‘jaligida  faoliyat  ko‘rsatayotgan  tadbirkorlik  turlari, 
ularning faoliyatiga baho berish va takomillashtirish yoilari;
• 
tarmoqning  cheklangan  yer-suv,  mehnat  resurslari,  investitsiyalar  va 
ulardan tadbirkorlik bilan samarali foydalanish darajasiga iqtisodiy baho berish 
lartibini  o'rganish,  ulami  takomillashtirish  va  rivojlantirish  yo‘llarini  asoslab 
berish;
• 
qishloq  xo'jaligida  qilinadigan  doimiy  va  o‘zgamvchan,  o‘rtacha 
xarajatlarni,  ulaming  tarkibi  va  kamaytirish  yo‘llarini,  yetishtirilgan 
mahsulotning  hajmini,  sifatini,  samarali  taqsimlanishini  hamda  pul  oqimlarini 
o'rgatish;
• 
tarmoqda 
iqtisodiy 
munosabatlami 
amalga 
oshirishda 
l'oydalanilayotgan baholar tizimini, daromad va foydani aniqlash, ulami oqilona 
laqsimlash yo‘llarini ko‘rsatish;
• 
qishloq 
xo‘jaligi 
ishlab 
chiqarishining 
qay 
darajada 
ixtisoslashganligini, 
joylashganligini 
hamda 
ichki 
va 
tashqi 
integratsiyalashganligini  va  boshqa 
masalalarini 
o‘rganish.
«Qishloq  xo‘jaligi  iqtisodiyoti»  fani  o‘z  predmetini  o‘rganishda 
quyidagi usullardan foydalanadi:
a)  dialektika  usuli.  «Qishloq  xo‘jaligi  iqtisodiyoti»  fani  o‘zining 
maqsad  va  asosiy  vazifalarini  hal  etishda  barcha  iqtisodiy  munosabatlarni 
dialektika  qonuniga  asoslangan  holda  tadqiq  etadi.  Bunda  barcha  iqtisodiy 
jarayonlar o‘zaro bogiiqlikda va doimiy rivojlanishda deb qaraladi.
b)  deduksiya  usuli.  Iqtisodiy  jarayonlar  to‘g‘risidagi  nazariy 
g‘oyalarga  asoslangan  holda  ulami  amaliyotga  tatbiq  qilish  mexanizmini 
o‘rganish deduksiya usulining mohiyatidir.
d) 
induksiya  usuli.  Iqtisodiy  jarayonlar  to‘g‘risidagi  ma'lumotlami 
o‘rganib,  shular  asosida  nazariy  g'oyalami  yaratish  jarayoni  induksiya 
usulining mohiyatidir.
Demak,  qishloq  xo'jaligida  har  qanday  iqtisodiy  muammoni  avval 
uning  nazariyasidan,  ya’ni  g‘oyasidan  amal  qilishiga  qarab  o‘rganish  yoki  bu 
muammoning  amaliyotga  joriy  etilishidan,  ya’ni  amaliyotdagi  holatiga 
asoslangan holda g‘oya yoki nazariyasini yaratishga qarab tadqiqot olib  borish 
mumkin.  Ikkala  holatda  ham  iqtisodiy  muammolaming  yechimi  samarali 
aniqlanishi  kerak.  Yuqorida  ta’kidlangan  tadqiq  qilish,  o‘rganish  usullari 
qo‘llangan  holda  muammoni  hal  etishning  iqtisodiy  strategiyasi  belgilanadi. 
Tanlab  olingan  tadqiqot  strategiyasini  joriy  etish  mexanizmlari  va  ulami 
amalga  oshirish  usullarini  iqtisodchilar  mukammal  o‘rganishlari  lozim. 
Masalan,  respublika  qishloq xo‘jaligida  mulkning  turli  shakllarini  barpo  etish
13
www.ziyouz.com kutubxonasi


g‘oyasi  bozor  iqtisodiyoti  rivojlangan  davlatlardagi  nazariy  g‘oyalarga  va 
ularning amaliyotda hal etilishiga asoslangan. Muammoni tarmoqda hal etishda 
respublika  qishloq xo‘jaligi amaliyotidagi holat,  ma'lumotlar asos  qilib  olinib, 
bu jarayon tobora rivojantirilmoqda.
e)  analiz  usuli.  Ko'zlangan  maqsadga  erishish  maqsadida  biror 
iqtisodiy jarayon to‘g‘risidagi ma’lumotni qismlarga ajratib o‘rganish usulidir.
f)  sintez  usuli.  Iqtisodiy  jarayonlar  to‘g‘risidagi  ma'lumotlami 
umumlashtirib, tegishli xulosalar chiqarish usulidir.
g)  iqtisodiy-statistik  usul.  Ushbu  usul  qishloq  xo'jaligidagi  keng 
ko'lamli  iqtisodiy jarayonlami  o'rganishda  qo‘llaniladi.  Iqtisodiy-statistik  usul 
tegishli  xulosalar  chiqarish  maqsadida  ma'lum  yo‘nalishdagi  ma'lumotlami 
to‘plash, gumhlash, tahlil qilish va ulardan foydalanishni anglatadi.
h)  monografik  usul.  O'rganilayotgan  mavzu  bo‘yicha  umumiy 
xulosalar  chiqarish  maqsadida  mazkur  yo'nalishdagi  ilg‘or  mintaqalar  va 
xo‘jaliklar  faoliyatini  chuqur  o'rganish  va  taqqoslash  mazkur  usulning 
mohiyatidir.
i)  iqtisodiy-matematik  usul.  Mazkur  usul  bir  qancha  omillar  ta'sir 
etuvchi  murakkab  iqtisodiy  jarayonlarai  o‘rganishda  qo‘llaniladi.  Ma'lum 
ishlab  chiqarish  omillari  mavjud  bo'lganda  biror  natijaga  erishish  uchun  turli 
muqobil  variantlarni  o'zaro  taqqoslab,  ular  orasidan  eng  ma'qulini  tanlab 
olishda  iqtisodiy-matematik  usullaming  ahamiyati  kattadir.  Bunda  kompyuter 
texnologiyalaridan ham keng foydalaniladi.
«Qishloq xo‘jaligi  iqtisodiyoti»  fani tarmoqda amalga oshirilayotgan 
tashkiliy,  iqtisodiy,  ijtimoiy  munosabatlar  majmuasining  nazariy  asoslarini, 
yo‘nalishlarini,  samaradorligini  mavjud  tadqiqot  usullari  yordamida  o‘rgatish 
orqali  talabalarda tarmoq iqtisodiyoti  bo‘yicha iqtisodiy mushohada qilish,  uni 
rivojlantirishga  oid  muammolami  qo‘yish  va  uni  hal  etish,  samaradorligini 
oshirish  yo‘nalishlarini  belgilab  berish  qobiliyatini  shakllantirib,  bozor 
iqtisodiyoti  talablariga  javob  bera  oladigan  mutaxassislar  tayyorlashga 
ko‘maklashadi.
«Qishloq  xo‘jaligi  iqtisodiyoti»  fanini  o‘rganishda  barcha  iqtisodiy 
fanlar, 
shu 
jumladan 
«Iqtisodiyot 
nazariyasi», 
«Makroiqtisodiyot», 
«Mikroiqtisodiyot», 
«Mehnat  iqtisodiyoti  va  sotsiologiyasi»,  «Statistika», 
«Marketing»,  «Menejment»,  «Iqtisodiy tahlil»  kabi  fanlardan  olingan  nazariy 
va  amaliy  bilimlarga  asoslanish  maqsadga  muvofiqdir.  Masalan,  «Iqtisodiyot 
nazariyasi»  fanini  o‘rganmasdan  qishloq  xo'jaligi  iqtisodiyotini,  unda  amalga 
oshirilayotgan  iqtisodiy  o‘zgarishlar,  ulaming  ahamiyatini  baholab  bo'lmaydi. 
Iqtisodiy qonunlar, kategoriyalar, ulaming har birining mazmunini, amal  qilish 
mexanizmini  o'zlashtirmasdan  qishloq  xo'jaligidagi  iqtisodiy  munosabatlar 
tizimini  to‘g‘ri  va  samarali  amalga  oshirish,  mehnatni  tejash  va  uning 
unumdorligi rivojlantirilishini belgilash qiyin. «Mikroiqtisodiyot» fanidan  talab
14
www.ziyouz.com kutubxonasi


vti  taldif kabi iqtisodiy qonunlaming korxonalarda amal qilishini o'rganmasdan 
t|ishloq  xo'jaligida  qanday  mahsulotni,  qayerda,  qancha  miqdorda  yetishtirish 
/.arurligmi to‘g‘ri belgilab bo‘lmaydi.

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə