ChSo'd HDs
TDs
Bunda:
ChSo ‘d —
chorva hayvonlari sonining o‘zgarish dinamikasi;
HDs -
hisobot davridagi
chorva mollari bosh soni;
TDs —
taqqoslanayotgan davrdagi chorva mollari bosh soni.
Bu usuldan foydalangan holda yetishtirilayotgan chorvachilik
mahsulotlari miqdori o‘zgarishi dinamikasini ham aniqlash mumkin. Ushbu
ko'rsatkichlar koeffitsiyentda yoki foizda aniqlanishi mumkin.
Korxonadagi chorva mollarining barcha turlari bo‘yicha umumiy
sonini topish uchun turli chorva mollari sonini umumlashtirishda shartli
qoramol o‘lchov birligidan foydalaniladi. Chorva mollarini shartli qoramolga
aylantirishda quyidagi koeffitsiyentlardan foydalaniladi:
-
naslli buqa, sigir, ot, tu y a - 1,0;
- yosh o‘suvchi qoramollar - 0,6;
- qo‘y va echkilar -0 ,1 ;
- chochqalar - 0,3;
- parrandalar - 0,002.
b) chorva hayvonlarining mahsuldorligi. Bu ko‘rsatkich yetishtirilgan
mahsulot miqdorining (turlari bo‘yicha) shu mahsulotni bergan hayvonlar bosh
soniga nisbati bilan
aniqlanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalanish
mumkin:
ChHm -
Mm
ChHs
Bunda:
ChHm -
chorva hayvonlarining mahsuldorligi;
Mm -
yetishtirilgan mahsulot miqdori (sentner, ming dona);
ChHs
- chorva hayvonlarining bosh soni.
d)
chorva hayvonlarining sutkalik o‘rtacha o‘sish vazni. U chorva
hayvonlarining ma'lum muddatdagi o‘sgan vaznini shu o‘sishni ta'minlagan
muddatga nisbati bilan aniqlanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalanish
mumkin:
So'=
H O 'V
s v
Bunda:
So
- chorva hayvonlarining sutkalik o‘sishi (grammda);
HO ‘V
- hayvonlaming ma'lum muddatdagi o‘sgan vazni (kg);
S V —
vazn o‘sishi uchun sarflangan sutkalar soni.
e)
chorvachilik mahsulotlarining 1 sentnerini yetishtirish uchun
sarflangan ozuqa birligi. Uni aniqlash uchun sarflangan ozuqa birligi miqdorini
shu ozuqa evaziga yetishtirilgan mahsulot miqdoriga (turlari bo‘yicha)
taqsimlash lozim. Bunda quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
280
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bunda:
OBs -
chorvachilik mahsulotlarining 1 sentnerini yetishtirish
uchun sarflangan ozuqa birligi;
SOB -
sarflangan ozuqa birligi miqdori;
YM—
shu ozuqa evaziga yetishtirilgan mahsulot miqdori.
f)
chorvachilik
tarmoqlaridagi
mehnat
unumdorligi.
Ushbu
ko‘rsatkich mahsulot yetishtirish uchun sarflangan vaqt miqdorining shu vaqtda
yetishtirilgan mahsulotga nisbati bilan yoki aksincha aniqlanadi. Bunda
quyidagi formulalardan foydalanish mumkin:
Bimda:
MUch
- chorvachilik tarmog'idagi mehnat unumdorligi;
SV -
mahsulot yetishtirish uchun sarflangan vaqt;
Y M -
yetishtirilgan mahsulot miqdori.
g)
chorvachilik mahsulotlarining tannarxi. Ushbu ko‘rsatkichni
aniqlash uchun biror turdagi chorvachilik mahsulotini yetishtirish uchun
qilingan xarajatlar ushbu mahsulotning umumiy miqdoriga bo‘linadi. Bunda
quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
Bunda:
Tchm -
chorvachilik mahsulotlarining tannarxi;
X —
biror turdagi chorvachilik mahsulotini yetishtirish
uchun qilingan xarajatlar;
M M -
shu xarajat evaziga yetishtirilgan mahsulot miqdori.
h)
chorvachilik tarmog‘ining yoki turlari bo'yicha chorvachilik
mahsulotlarining rentabellik darajasi. Ushbu ko‘rsatkichni aniqlash uchun
tarmoq faoliyatidan olingan sof foydani mazkur tarmoq uchun qilingan jami
ishlab chiqarish xarajatlariga boiish va natijani 100 ga ko‘paytirish orqali yoki
biror chorvachilik mahsulotini yetishtirishdan olingan sof foydani ushbu
mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga b o iish va natijani 100 ga ko‘paytirish
orqali aniqlanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
Rch -
SF
Tchm
Bunda:
Rch
- chorvachilik tarmogining yoki turlari bo‘yicha
chorvachilik mahsulotlarining rentabellik darajasi;
SF -
tarmoq faoliyatidan olingan sof foyda;
Tchm -
mazkur tarmoq uchun qilingan jami ishlab chiqarish
xarajatlari.
Chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirishda yuqoridagi ko‘rsatkicblar
orqali tarmoqdagi mahsulot yetishtirish holati va samaradorligi tahlil qilinadi
hamda mavjud kamchiliklar o‘z vaqtida aniqlanib, ulami bartaraf etish bo‘yicha
choralar ko‘rib boriladi.
Dostları ilə paylaş: