Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»


www.ziyouz.com kutubxonasi 2-BOB



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/181
tarix07.01.2022
ölçüsü10,95 Mb.
#82666
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   181
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov) (1)

18
www.ziyouz.com kutubxonasi


2-BOB
QISHLOQ XO‘JALIGIDA
 
MULK VA TADBIRKORLIK SHAKLLARI
•  Qishloq  xo‘jaligida  amalga  oshirilayotgan  agrar  iqtisodiy  islohotlarning 
asosiy yo‘nalishlari.
•  Qishloq  xo'jaligida  mavjud  mulk  shakllari  va  ulaming  o‘ziga  xos 
xususiyatlari.
• Qishloq xo‘jaligida mavjud tadbirkorlik shakllari va ulaming paydo boMishi.
2.1. 
Qishloq 
xo‘jaligida 
amaiga  oshirilayotgan 
agrar-iqtisodiy
islohotlarning asosiy yo‘naiishlari.
Mustaqillik  sharofati  bilan  0 ‘zbekiston  Respublikasi  iqtisodiyotining 
asosiy  tarmoqlaridan  biri  bo‘lgan  agrar  sohani  rivojlantirishda  qator  iqtisodiy 
islohotlar  amalga  oshirildi.  Qishloq  xo‘jaligida  turli  mulkchilikka  asoslangan 
erkin  tovar  ishlab  chiqaruvchi  subyektlar  shakllandi.  Dehqonlaming  mulkka 
egalik hissining ortishini,  erkin  iqtisodiy faoliyat yuritishini,  daromadlarini o‘z 
xohishiga  ko‘ra  mustaqil  taqsimlash  hamda  tasarmf  etish  imkoniyatini 
beradigan  xo‘jalik  yuritish  shakllarini  mazkur  tarmoqqa joriy  etishga  alohida 
e‘tibor qaratildi.
0 ‘zbekiston  Respublikasining 
Prezidenti  I.A.Karimov  «Agrar
sektorni  tubdan  isloh  qilish  va jadal  rivojlantirish  muammolari  islohotlarning 
dastlabki  bosqichida  hamda  0 ‘zbekistonning  bozorga  o‘tish  strategiyasida  hal 
qiluvchi  ahamiyat  kasb  etadi.  Biz  qishloqning  ustun  darajada  rivojlanishini 
ta'minlashni,  qishloq  xo‘jaligini  sifat jihatidan  yangi  asoslarda  qayta  tiklashni 
o‘z  oldimizga  vazifa  qilib  qo‘ydik»2  ,  -  deb  ta’kidlagan  edi.  Davlatning  bosh 
islohotchiligida  qishloq  xo‘jaligida  bozor  iqtisodiyoti  munosabatlarini  barpo 
etish  maqsadida  islohotlarning  huquqiy  asoslari  yaratildi  va  amalga 
oshiriladigan tadbirlar majmuasi ishlab chiqildi.
Mamlakatimizda 
davlat 
rahbarligida 
qishloq 
xo‘jaligini 
moliyalashtirish,  kreditlash  hamda  soliqlar  tizimlari  ishlab  chiqilib,  ular 
hayotga  bosqichma-bosqich  tatbiq  qilinmoqda.  Davlat,  shuningdek,  fan, 
texnika,  ilg‘or  va  samarali  texnologiyalar  tizimlarini  tarmoq miqyosida  ishlab
"  Karimov I.A. « 0 ‘zbekiston iqtisodiy islohotlami chuqurlashtirish yo‘lida», T.:  « 0 ‘zbekiston», 
1995,  59-60 betlar.
19
www.ziyouz.com kutubxonasi


chiqishga  ham,  qishloq  aholisini  ijtimoiy-iqtisodiy  himoya  qilishga  ham 
rahbarlikni amalga oshirmoqda.
Qishloq  xo‘jaligida  mustaqillikning  dastlabki  yillarida  davlatning 
bevosita  rahbarligida  agrar  islohotlaming  negizi  hisoblangan  yer  va  mulk 
islohotlari, 
mazmunan  yangi 
fermer,  dehqon  xo'jaliklari  va  qo'shma 
korxonalar tashkil etildi va bu jarayon takomillashtirib borilmoqda.
Davlat qishloq xo‘jaligi bilan bog'liq bo'lgan tarmoqlarni ham (xizmat 
ko‘rsatuvchi, qayta ishlovchi, sotuvchi) isloh qilishga alohida e’tibor bermoqda. 
Natijada bu tarmoqlardagi davlat korxonalari davlat aksiyadorlik korxonalariga, 
tashkilotlariga aylantirildi. Masalan, paxta zavodlari, un, non, yog‘-moy, go'sht 
kombinatlari, konserva zavodlari hissadorlik jamiyatlariga aylantirildi. Natijada 
shu tannoqlarda bozor munosabatlarini erkin amalga oshirish imkoniyatiga ega 
boigan  turli  shakldagi  mustaqil  korxonalar,  birlashmalar,  uyushmalar  tashkil 
etildi.  Ulaming  serqirra  faoliyatlarini  samarali  boshqarishni  ta'minlash 
qobiliyatiga  ega  boigan  tarmoq  tashkilotlari  ham  davlatning  bevosita 
rahbarligida tashkil etilib, takomillashtirilmoqda.
Shu 
bilan 
birgalikda 
« 0 ‘zpaxtasanoatsotish» 
uyushmasi, 
« 0 ‘zdonmahsulot» 
davlat-aksiyadorlik 
koiporatsiyasi, 
Yer 
resurslari, 
geodeziya, 
kartografiya 
va 
davlat 
kadastri 
qo‘mitasi, 
« 0 ‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish» 
davlat 
kooperativ 
kompaniyasi, 
« 0 ‘zqishloqxo‘jalikkimyo» davlat aksiyadorlik jamiyati, « 0 ‘zagromashservis» 
uyushmasi, 
« 0 ‘zagrosug‘urta» 
davlat 
aksiyadorlik 
kompaniyasi, 
« 0 ‘zqishloqxo‘jalikmashlizing» 
aksiyadorlik 
kompaniyasi, 
0 ‘zbekiston 
fermer  xo‘jaliklari  uyushmasi  va  boshqalar  tashkil  etildi. 
Islohotlar  faqat 
tarmoqlarda  yangi  vazirliklar,  konsemlar,  kompaniyalar  tashkil  etishgagina 
emas,  balki  qishloq  xo'jaligi  va  u  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  xo'jaliklar  va 
tarmoqlaming  boshqamv  tizimini  bozor  iqtisodi  talablariga  moslashtirishga 
qaratilmoqda.  Davlat  rahbarligida  amalga  oshirilayotgan  islohotlar  tarmoqqa 
ichki  hamda  chet  el  investitsiyalarini  jalb  etish  uchun  qulay  sharoitlar 
yaratmoqda. Bular pirovard natijada qishloq xo'jaligining yanada rivojlanishini, 
samaradorligi oshishini ta’minlaydi.
Respublikamiz  qishloq  xo'jaligida  amalga  oshirilgan  islohotlardan 
yana  biri  -   tarmoqda 
yer  va  suv  resurslaridan  unumli  foydalanish 
mexanizmlari  ishlab  chiqildi  va  hayotga  tatbiq  etildi.  Chunonchi,  yer  va  suv 
resurslaridan  foydalanishni  tartibga  soluvchi  me'yoriy  hujjatlar  qabul  qilindi. 
Ularda respublikamizda  yer va  suvga  egalik qilish,  ulardan maqsadga muvofiq 
hamda  samarali  foydalanish  borasidagi  munosabatlar  tizimi  va  ulami  amalga 
oshirish  tartibi  ko'rsatilgan.  Yer-suv  resurslariga  egalik  qilishning  huquqiy 
asosi  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  55-moddasida  «Yer,  yer 
osti  boyliklari,  suv,  o'simlik  va  hayvonot  dunyosi  hamda  boshqa  tabiiy
20
www.ziyouz.com kutubxonasi


zahiialar  umummilliy  boylikdir,  ulardan  oqilona  foydalanish  zarur  va  ular 
davlat muhofazasidadir»3 - deb belgilab qo‘yilgan.
Respublikamiz jami  yer maydoniga umummilliy boylik,  davlat  mulki 
sifatida  egalik  qilish  huquqi  0 ‘zbekiston  Oliy  Majlisi  zimmasiga  yuklatilgan. 
Oliy  Majlis  o‘z  vakolatidagi  yer  munosabatlarining  ayrim  masalalarini  xalq 
deputatlari qishloq, shahar, tuman hamda viloyat kengashlari va ulaming ijroiya 
qo'mitalari  zimmasiga  yuklagan.  Ular  yuqorida  keltirilgan  me'yoriy  hujjatlar 
lalablaridan  kelib chiqqan holda yerlarni ulardan oqilona, samarali foydalanish 
maqsadida  foydalanuvchilarga  ma'lum  muddatga  haq  to'lash  evaziga 
foydalanish  uchun  bermoqdalar.  Demak,  ular yer  islohotini  amalga  oshirishga 
mas'uldirlar.  Chunki  ular yerlami  samarali  foydalanish  uchun  haqiqiy  egasiga 
berish bilan bog‘liq boigan masalalami hal etadilar.
Shu  bilan  birgalikda  respublika  fuqarolariga  shaxsiy  yordamchi 
xo‘jaliklarini  yuritish  hamda  yakka  tartibdagi  uy-joy  qurilishi  va  uni 
obodonlashtirish  uchun  meros  qilib  qoldirish  sharti  va  umrbod  egalik  qilish 
huquqi  bilan  belgilangan  miqdorda  yer  berilmoqda.  Demak,  shu  qoidaga 
muvofiq yemi  avloddan-avlodga meros  qilib  qoldirish  ta'minlangan,  ya’ni  shu 
yerlarga  egalik  qilish  hamda  ulardan  foydalanish  huquqi  fuqarolarga umrbod 
berilgan.  Bu  respublikamiz  yer  islohotidagi  eng  muhim  yutuq  hisoblanadi.
I.ekin  fuqarolar  qonunlarda  ko'rsatilgan  shartlarai  buzsalar,  ulaming  yerga 
merosxo‘r sifatida egalik qilish huquqi yuqoridagi tashkilotlar tomonidan bekor 
etilishi  ham  ko‘rsatilgan.  Islohot  natijasida  respublika  qishloq  hududlarida 
yashayotgan  fuqarolarga  umrbod  foydalanish  uchun 
1990-2002-yillar 
davomida 600 ming gektarga yaqin qishloq xo‘jalik yerlari berildi.  Bu maydon 
Andijon  viloyatining  qishloq  xo'jalik  yerlariga  nisbatan  2,2  marta,  Farg'ona 
viloyatinikiga nisbatan  1,8  barobar ko‘pdir.  Yerlami berish natijasida 3,2  mln. 
dan ortiq oilaning yer bilan ta'minlanganlik darajasi hozirgi davrda qondirilgan. 
2001-yilning  boshiga  kelib  mamlakat  aholisi  ixtiyorida  625,8  ming  gektar 
tomorqa  yerlari  bor edi.  Aholi o‘zlariga berilgan  yerga qonun  doirasida egalik 
qilish  hamda  undan  samarali  foydalanish  natijasida yurtdoshlarimizni  qishloq 
xo'jalik mahsulotlari bilan ta’minlashga ulkan hissa qo'shmoqda.
Aholiga  yer  maydonlarining  berilishi  ulaming  uy-joyga  bo'lgan 
talabini qondirish, mahsulotlar yetishtirish orqali o‘z daromadlarini ko‘paytirish 
va  eng  asosiysi,  ulaming  ish  bilan  bandligini  ta'minlashga,  turmush 
farovonligini  oshirishga juda katta hissa qo'shdi.  Prezidentimiz Islom Karimov 
tomonidan  mazkur  islohotning  amalga  oshirilishi  nafaqat  iqtisodiy,  balki 
ijtimoiy jihatdan ham muhim ahamiyatga egadir.
Bozor  iqtisodiga  o‘tish  sharoitida  mulkchilikning  turli  shakllari  va 
crkin  mulk  munosabatlari  mavjud  bo'lishi,  bunda  xususiy  mulkchilikni
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, -T.:  « 0 ‘zbekiston», 2008
21
www.ziyouz.com kutubxonasi


rivojlantirishga alohida e'tibor berilishi lozimligini inobatga olib, hukumatimiz 
tomonidan  ulaming  huquqiy  asoslari  yaratildi:  «Mulk  to‘g‘risida»,  «Ijara 
to‘g‘risida»,  «Davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish  to‘g‘risida»gi 
qonunlar  va  ko‘pgina  qarorlar,  farmonlar  qabul  qilindi.  Shularga  asoslangan 
holda tarmoqda bosqichma-bosqich mulkchilikning turli shakllari tashkil etildi. 
Masalan,  Vazirlar  Mahkamasining  qaroriga  muvofiq  1992-yilda  224  ta  davlat 
xo'jaligi  iqtisodiy  ahvoli  nochor  bo‘lganligi  uchun  jamoa  xo‘jaliklariga, 
ulaming  mulki  esa  jamoa  mulkiga  aylantirildi.  Qishloq  xo‘jaligida  mulkni 
davlat  tasarrufdan  chiqarish  va  xususiylashtirish  jarayoniga  alohida  e'tibor 
qaratildi.  Xususiy  mulkchilikni  rivojlantirishga  alohida  e'tibor berildi.  Chunki 
haqiqiy  mulk  egasiga  aylangan  qishloq  ahli  undan  oqilona  hamda  samarali 
foydalanishi tabiiy.
Qishloq  xo'jaligida  erkin  bozor  munosabatlarini  shakllantirish 
maqsadida  moliya,  soliq,  kredit  hamda  baholar  tizimini  isloh  etishga  ham 
e'tibor  berildi.  Chunki  davlat  mulkchiligiga  asoslangan  lcorxonalaming 
faoliyati  davlat  tomomnidan  moliyalashtirilar,  yetishtirilayotgan  qishloq 
xo‘jalik  mahsulotlarining  xarid  baholari  davlat  tomonidan  rejali  tarzda 
belgilanar  edi.  Erkin  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  esa  korxonalar  ishlab 
chiqaiishi  uchun  zarur  bo‘lgan  mablag'larni  o‘zlari  ishlab  topishlari  kerak. 
Mablag‘  yetishmagan  hollarda  uni  chetdan  o'zaro  manfaatli  tarzda  qarzga 
olishi,  ishlab  chiqargan  mahsulotlarini  esa  bozor  talablari  asosida  sotishga 
harakat qilishlari lozim.
Bu  o'rinda  ta'kidlash  kerakki,  qishloq  xo‘jalik  yerlariga,  yirik 
imgatsiya-melioratsiya  inshootlariga  nisbatan  davlat  mulkchiligi  saqlanib 
qolishi 
maqsadga 
muvofiq. 
Yangi 
yerlami 
kompleks 
o‘zlashtirish, 
foydalanilayotgan  yerlarning  unumdorligini  oshirish  maqsadida  amalga 
oshirilayotgan  irrigatsiya  va  melioratsiya  tadbirlari,  yirik  irrigatsiya- 
melioratsiya  inshootlarini  qurish,  ta'mirlash  va  ulardan  foydalanish  uchun 
davlat  byudjetidan  mablag1  ajratilmoqda.  Qishloq  hududlarida  ekologik 
muhitni  sog‘lomlashtirish  bilan  bogiiq 
boigan  tadbirlarga,  qishloq 
xo'jaligidagi  urug‘chilik,  seleksiya,  naslchilik,  veterinariya  sohalariga  ham 
davlatning ko‘magi  zarur hisoblanadi.
0 ‘tish  davrining  dastlabki  bosqichida  davlat  ehtiyojlari  uchun  talab 
etiladigan paxta,  g‘alla,  sholi  yetishtirishni  moliyalashtirish  davlat byudjetidan 
maxsus transh mablag'lari  orqali  amalga oshirilar edi.  Lekin bu mablag‘lardan 
yanada  unumli  foydalanishni  ta'minlash  maqsadida  qishloq  xo‘jalik  ishlab 
chiqaruvchilariga  imtiyozli  kreditlar  berish  tizimi  y o ig a  qo'yildi  va  u  o‘zini 
oqlamoqda.
Qishloq  xo‘jaligida  soliqlar  tizimi  ham  takomillashtirib  borilmoqda. 
1999-yilgacha qishloq xo‘jalik korxonalari daromad, yer, suv, mulk  va boshqa 
turdagi  soliq  va  toiovlam i  to ia r  edilar.  1999-yilning  1-yanvaridan  boshlab
22
www.ziyouz.com kutubxonasi


qishloq  xo'jalik  korxonalari  yagona  yer  solig‘ini  to‘lamoqdalar.  2011-yil 
holatiga  yagona  yer  solig‘i  stavkasi  yeming  me'yoriy  qiymatining  6  foizi 
miqdorida belgilangan.  Yagona yer  solig'ining joriy  etilishi  xo'jaliklar uchun 
ancha  qulaylik  yaratmoqda.  Chunki  mazkur  holat  soliq  miqdorini  yerlarning 
holati,  unumdorligi  va  ekilgan  ekin  turiga  qarab  hisoblashga  imkon  yaiatdi 
hamda soliqlarni hisoblash va to‘lash jarayonlarini ancha soddalashtirdi.
Keyingi  yillarda  hukumatimiz  tomonidan  sug‘oriladigan  yerlarning 
meliorativ  holatini  yaxshilash  bo‘yicha  ham  ko'pgina  islohotlar  amalga 
oshirilmoqda.  Ushbu  sohaga taalluqli  2008-2012-yillarga mo‘ljallangan Davlat 
dasturi  qabul  qilindi,  maxsus jamg‘arma  va  ixtisoslashgan  lizing  kompaniyasi 
tashkil etildi hamda ko‘plab me'yoriy hujjatlar qabul qilindi.
Prezidentimiz tomonidan  2009-yil "Qishloq taraqqiyoti  va farovonligi 
yili”  deb  e'lon  qilindi  va maxsus  Davlat dasturi  ishlab  chiqilib,  hayotga tatbiq 
etilmoqda.  Ushbu  dasturda  qishloq  xo‘jaligini  yanada  rivojlantirish  bilan  bir 
qatorda  qishloqlarda  hayot  darajasini  oshirish,  ishlab  chiqarish  va  ijtimoiy 
inffatuzilmani rivojlantirish, qishloqlarimizning qiyofasini zamonaviylashtirish, 
qishloq  aholisi  uchun  munosib  turmush  sharoitlarini  yaratib  berishga  alohida 
e’tibor qaratilgan.

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə