Ушбу дастур, касб психологияси фанининг еришган ютуқлари, долзарб муаммоларини ҳисобга олган ҳолда тузилди



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/119
tarix09.06.2022
ölçüsü0,58 Mb.
#89170
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   119
Ушбу дастур, касб психологияси фанининг еришган юту лари, долзар

Identiv o’quv maqsadlari.
1.Kasb psixologiyasi fanining tadqiqot metodlaridan biri bo’lgan praksimetrik
metodlar bilan tanishtiradi.
2. Topshiriqlar tahlilini ta’riflaydi.
3. Kasb psixologiyasining metodlarini ajratishni o’rgatadi.
4. Kuzatishning ijobiy va salbiy tomonlarini ko’rib chiqadi.
5. Kasbiy taxlilning muammolaridan biri kritik voqealar metodi haqida
tushuncha beradi.
Praksimetrik metodlar.
3-savolning bayoni
Praksimetrik metodlar faoliyat mahsulotlari va jarayonlarini tahlil etish yo’llari
bo’lib, bu metodga B.G.Ananev xronometriya, profesiografiya, bajarilgan
ishlar va buyumlar bahosini izohlashlarni kiritadi. Kasb psixologiyasining
bu guruxida quyidagi usullar muhim ahamiyatga ega.
Topshiriqlar tahlili
- bu metod kuzatilayotgan inson va uning yashirin kasb
xulkining yo’nalganligini psixologik jihatlarini tadqiq kiladi. Topshiriqlarni
tahlil etish metodini F.Teylor tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, tasvirlash va
tahlil etish maqsadida qo’llaniladi.
Topshiriklarni tahlil etish hamda bajarilgan ishlarni tahlil etish metodi xam
muxandislik psixologiyasida keng qo’llaniladi.
M: yozma topshiriqni ko’rsatmasiga asoslangan hollarda bajarish,
klaviaturadan foydalanish, konsultatsiyalarda qo’l ostidagi ishchilarning


16
16
mikdorini va boshkalar. Bundan tashqari bu metod ishchilarni tanlash
muammosini hal etishda qo’llaniladi.
Kasbiy taxlilning yana bir muammosi kritik voqealar metodidir. Uning
mohiyati shundaki, tadqiqotchi ishchining qoniqarsiz xulqini kuzatadi va
tasvirlaydi.
Hujjatlarni o’rganish metodi - mehnat jarayonida ishchilarning tarkibini
aniqlash ularning kasbiy tayyorgarligi va malakasi to’g’risidagi ob’ektiv
ma’lumotlarni yig’ish metodi xisoblanadi. Bu ma’lumotlar quyidagi
hujjatlardan olinadi:
♦ Ishchilarning harakatlarini tasvirlovchi texnologik kartalar, ishning
bajarilish usullarini sifatiga qo’yiladigan talablar;
Insonga psixofiziologik va psixologik ta’sir ko’rsatadigan asboblarning
texnik tavsifnomasi;
♦ Yoshi, staji, ma’lumoti, kasbiy tayyorgarligi, kadrlar qo’nimsizligining
sabablari va hokazolar hakidagi ma’lumotlar;
♦ Ishlab chiqarishdagi avariyalar va travmalar shuningdek, ishchilar
sog’lig’i ularning ish jarayonidagi holati to’g’risidagi ma’lumot.
Mehnat metodi - bu kasbiy faoliyatni to’g’ridan-to’g’ri ish joyida kuzatishga
qaratilgan tadqiqot metodidir. Bu usullarning afzalligi kasbiy reallikka
minimal darajada yaqin bo’lishidadir.
KUZATISh – ma’lumotlarni, psixik hodisalarning qayd etish yo’llarini
aniqlash va ularni gruppalashlashdan iborat. Kuzatish ikki turda bo’ladi:
formallashgan kuzatuv va erkin kuzatuv. Erkin kuzatuv tadqiqotning
boshlang’ich bosqichlarida o’tkaziladi, bu esa o’rganilayotgan masala
mohiyatiga chuqurrok kirib borish imkonini beradi.
formallashgan kuzatuv standart dastur asosida olib
boriladi hamda
unutilayotgan voqealar bayonnomada qayd etilgan xolda alohida elementlarga
bo’linadi.
Kuzatishning tadkikot metodi sifatidagi xususiyati shunda-ki,
ma’lumotlarni to’plash, turli sezgi organlari yordamida amalga oshiriladi,
masalan! ko’rish, eshitish, hid bilish va xokazo. Chunki kasbiy faoliyatda xidlar,
shovqinlar va shunga o’xshash holatlar tez kuzatiladi va ular sinovdagilarning
psixik holatiga hamda faoliyat maxsuldorligiga, mehnatdan qoniqishlariga
ta’sir etadi.
Kuzatilayotgan jarayonda tadkikotchining ishtirok etish darajasiga ko’ra,

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə