Uslublar tasnifi



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/30
tarix31.12.2021
ölçüsü0,61 Mb.
#81423
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30
uslublar tasnifi

So’zlashuv  uslubi

 

  Uyda,  ko„chada,  insonlarning  o„zaro  so„zlashuvida 

qo„llanadigan  uslub  so„zlashuv  uslubi  deb  ataladi.  Bu  uslubning  adabiy  til 

me‟yorlariga  rioya  qiladigan  ko„rinishi  adabiy  so„zlashuv  uslubi  deb  yuritilsa, 

bunday  me‟yorlariga  rioya  qilinmaydigan  ko„rinishi  oddiy  so„zlashuv  uslubi  deb 

ataladi.  So„zlashuv  uslubidagi  nutq  ko„pincha  dialogik  shaklda  bo„ladi.  Ikki  yoki 

undan ortiq shaxsning  luqmasidan tuzilgan  nutq dialogik  nutq deyiladi. 

So„zlashuv  uslubida  ko„pincha  turli  uslubiy  bo„yoqli  so„zlar,  grammatik 

vositalar,  tovushlar  tushib  qolishi,  orttirilishi  mumkin:  Kep  qoling!  Obbo,  hamma 

ishni  do„ndiribsiz-da. Mazza qildik.  Ketaqo-o-ol! 

So„zlashuv  uslubida  gapdagi  so„zlar  tartibi  ancha  erkin  bo„ladi,  piching, 

qochiriqlar,  kinoyalar  ko„plab  ishlatiladi.  Ko„proq  sodda  gaplar,  to„liqsiz  gaplar, 

undalmali  gaplardan  foydalaniladi.  Kishilarning  kundalik  rasmiy-norasmiy,  erkin 

muomalalari  doirasida  til  birliklarining  o‟ziga  xos  tarzda  amal  qilishidir.  Uni 

ma‟lum  ma‟noda tildagi  boshqa uslublarga qarama-qarshi  qo‟yish mumkin. 

Bu  uslubning  o‟ziga  xos  xususiyati  nutq  jarayonida  til  va  tildan  tashqari 

omillarning  uyg‟un  bo‟lishida  ko‟rinadi.  Ayni  paytda  bu  holat  so‟zlashuv 

uslubidagi  me‟yoriy  holatlarni  belgilashni  qiyinlashtiradi.  Chunki  tildan 




 

 

foydalanuvchining  shaxsi,  buning  ustiga,  nutqiy  vaziyat  yagona  bir  me‟yorni  tayin 



etishga  imkon bermaydi. 

Shunday  bo‟lsa-da,  so‟zlashuv  uslubining  o‟ziga  xos  me‟yorlari  haqida 

mulohaza  yuritish  uchun  ham  tilimizda  dalillar  yetarli.  Ammo  nima  bo‟lganda  ham 

bu  me‟yorlarni  so‟zlashuv  uslubi  uchun  muhim  bo‟lgan  til  va  tildan  tashqari 

omillarning  uyg‟unligidan  axtarish  bizni  asl maqsadga yaqinlashtiradi. 

Xo‟sh,  so‟zlashuv  uslubi  qanday  o‟ziga  xosliklarga  ega?  Birinchidan,  nutq 

elliptik  xarakterda  bo‟ladi.  Lekin  bunday  holatda  ham  tinglovchiga  fikr  tushunarli 

bo‟ladi.  Chunki  u  oldin  aytilgan  fikrning  mantiqiy  davomi  bo‟ladi. 

Masalan, 


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə