Usmonov Sardorbek


(Izoh: 1914-yil avgust+2= 1916-yil avgust)



Yüklə 99,14 Kb.
səhifə9/16
tarix04.06.2022
ölçüsü99,14 Kb.
#88671
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Barcha Sinf attestatsiya 08.04.2021

(Izoh: 1914-yil avgust+2= 1916-yil avgust)

11.Quyidagi davlatlarga tegishli ma’lumotlar bilan to'g'ri joylashtiring.


1) Sudan; 2) Misr; 3)Marokash; 4) Efiopiya; 5) Zanzibar arab sultonligi.
a) fransuz vrachi o'ldirilishi bahonasida bu davlatga qarshi Fransiya zudlik bilan urush harakatlarini boshlab yuborgan edi; b) 1885-yilda mustaqil mahdiylar davlati tuzildi;
c) Milliy ozodlik uchun kurashning faol tarafdori bo'lgan «Vatan» partiyasi faoliyat yuritgan;
d) qul savdosiga qarshi kurash bahonasi bilan nemislar, fransuzlar va inglizlar tomonidan bo'lib olindi;
e) turli dinlar o'rtasida nizo tufayli Feodor II ga qarshi bo'lgan ruhoniylardan foydalanib, inglizlar bu davlat qo'shinlarini tor-mor qilishdi.
Javob: 1-b, 2-c, 3-a, 4-e, 5-d

12. XIX asrning oxiri-XX asming boshlarida Argentina sotsialistik partiyasi qanday maqsad yo'lida kurash olib bordi?


Javob: diniy ta'limni bekor qilish,yagona soliq joriy qilish, kasaba uyishmalarini birlashtirish va namoyishlar uchun ruxsat berish

13. Rossiyaning yer tanqisligi kuchli bo'lgan markaziy mintaqalardagi dehqonlarni imperiyaning chekka o'lkalariga ko'chirgan aholisi nima sababdan yana o'z joyiga qayta ko'chishga majbur bo'lgan edi?


Javob: ko'chirish moddiy jihatdan yetarli ta'minlanmadi

14. Turkiya inqilobi paytida kim «Yosh turklar«ni xudosizlikda aybladi?


Javob: “Ittihodi Muhammadi” partiyasi

15.1878-yilda bo'lib o'tgan Berlin kongressida qaysi davlatlarning mustaqilligi tan olindi?


1) Bolgariya; 2) Serbiya; 3) Ruminiya; 4) Gretsiya; 5) Albaniya; 6) Chernogoriya; 7) Bosniya Gersogovina.
Javob: 2) Serbiya, 3) Ruminiya, 6) Chernogoriya

16. XIX asrning oxirtarfda Xitoy hududining mustamlakachi davlatlar tomonidan egallab olinishidagi javoblarni to’g’ri qo'ying.


l) Buyuk Britaniya; 2) Germaniya; 3) Rossiya;
4) Yaponiya; 5) Fransiya.
a) Suamchjuvan ko'rfazi; b) Port-Artur;
c) Futsziyan viloyati: d) Szyaochjouvan va Shandun;
e) Yanszi daryosi havzasi va Veyxay.
Javob: 1-е, 2-d, 3-b, 4-c, 5-a

17. Germaniyaning qaysi siyosiy arbobi “Germaniyaning kelajagi dengizda” degan shiorni e’lon qilgan edi?


Javob: Germaniya imperatori Vilgelm II

18. „Yosh turklar“ 1902-yilda Parij shahrida o‘zlarining birinchi qurultoyini o‘tkazdilar. Unda qanday qaror qabul qilingan? Javob: Bekor qilingan konstitutsiyani tiklash haqida qaror qabul qilindi.



19. Quyidagi voqealarni yillari bilan to'g'ri joylashtiring.
1). Avstriya hukumati ham Bismarkdan o‘mak olib ishchilar harakatiga qarshi „favqulodda qonun“ joriy etdi;
2). Avstriya sotsial- demokratik partiyasi (ASDP) tuzildi.
3). Kongo havzasidagi yerlar Bel­giya mustamlakasi deb e’lon qilindi.
4). Praga universitetida o‘qitish ikki tilda (nemis va chex) olib boriladigan bo‘ldi.
Javob: 1-1884-yilda, 2-1889-yilda, 3-1883-yilda, 4-1882-yilda


20. Buyuk Britaniya bosh vaziri U.Gladston davrida amalga oshirilgan islohotlarni aniqlang.
1) davlatda pul islohoti o’tkazilib, funt-sterling qiymatining AQSh dollari qiymatiga tenglashtirilishi;
2) tred-yunionlarga o’z manfaatlarini sudda himoya qilish huquqining berilishi;
3) so’z va matbuot erkinligi berilishi;
4) ish tashlashlar o’tkazilishiga ruxsat etilishi;
5) parlamentga saylovlarni yashirin ovoz berish yo’li bilan o’tkazishning joriy etilishi;
6) parlamentga saylovlarni ochiq ovoz berish
yo’li bilan o’tkazishning joriy etilishi;
7) maktab islohoti o’tkazilishi
Javob: 2,4,5,7

21. Peterburgda 1905-yil 9-yanvar kuni 250 ming ishchi tinch namoyish uyushtirib-podshoga o’z iltimoslarini bildirishmoqchi bo’lganlar. Iltimosnomada qanday masalalar ilgari surilgan edi?


1) Ta’sis majlisi chaqirish; 2) Konstitutsiya qabul qilish; 3) ish haqini oshirish: 4) demokratik erkinliklar berish; 5) 8 soatlik ish kunini joriy etish.
Javob: 1,4,5

22. 1879-yilda Afg’oniston bilan Buyuk Britaniya o’rtasida Gandamak bitimini kim imzolagan?


Javob: Yoqubxon

23. „Havo sharida besh hafta“, „Yer markaziga sayohat“, „Kapitan Grant bolalari“, ,,O‘n besh yoshli kapitan“ asarlarining muallifi kim?


Javob: Jyul Vern

24. Italiyaga qo'shni bo'lgan davlatlarda italyanlar qisman yashaydigan hududlarni qo'shib olishni targ'ib qiluvchi millatchilik harakati bu …


Javob: Irredentizm


25. XIX asrda jamiyat hayotining muhim voqealaridan biri…
Javob: „o'rta qatlam"ning shakllanishi bo'ldi

26. XIX asrning 60-yillari ikkinchi yarmidan Napoleon III


mavqeyiga putur yetishiga nima sabab bo’lgan?
Javob: Bu­yuk Britaniya va Germaniyadan tobora orqada qolayotganligi

27. Avstriya Vengriya imperiyasini qaysi sulola boshqaragan? Javob: Gabsburglar




28. Dunyoni qayta bo'lib olish yo'lidagi birinchi urush tugagan yili nomiga mustaqillik olgan, amalda esa AQSHga qaram bo'libqolgan davlat qaysi?
Javob: Kuba

29. Efiopiyani 1876-yilda (a)va 1885- yilda(b) qaysi davlatlar bosib olishga harakat qilgan?


Javob: a-Buyuk Britaniya, b-Italiya(Efiopiya mustaqilligini saqlab qolgan)

30. 1878-yilning 13-iyunida ochilgan Berlin Kongressining qarorlari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?


Javob: 1)Buyuk Britaniya harbiy kemalari Qora dengizga kirish huquqiga ega bo'ldi, 2)Kipr oroli Buyuk Britaniyaga, Bosniya va Gersegovina Avstriya-Vengriyaga in'om etildi. 3)Bolgariya ikkiga bo'lib yuborildi. 4)Usmonli davlati to'lashi lozim bo'lgan tovonning katta qismi evaziga Rossiyaga Kavkazning Botumi, Kars va Ardagan hududlari berildi. 5)Chernogoriya, Serbiya va Ruminiyaning davlat mustaqilligi tan olindi (Izoh:Berlin kongressiga kirmaydigan javob ham so’ralgan)

31.Yaponiya tomonidan bosib olingan hududlar xranologik ketma-ketlikda berilgan javobni toping


Javob: Kuril orollari-1875-yil, Ryukyu oroli-1879-yil, Lyaodun, Tayvan, Penxu (Peskador) orollari­-1895-yil, Futsiyan-1897-1898-yillar, Port Artur-1905-yil

32. 1905-yilning 23-avgustida Yaponiya va Rossiya o’rtasidagi shart­noma shartlariga mos keladigan javobni aniqlang.


Javob: 1)Rossiya Koreyani Yaponiya ta'sir doirasi deb tan oldi.

Yüklə 99,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə