|
Ustoz erkin vohidov haqida
|
səhifə | 3/3 | tarix | 27.12.2023 | ölçüsü | 188,07 Kb. | | #162441 |
| USTOZ ERKIN VOHIDOV HAQIDATanamiz – tuproqdan, samoviydir jon,
Gar o‘lsak, Yer va Ko‘k kelishib olar.
Fanoda saylimiz yakun topgan on,
Ikkovi o‘z mulkin bo‘lishib olar.
Tiriklar bosh egib soqov go‘r uzra,
Turarkan nigohin tuproqqa sayib;
Ziyofat sochgan payt Ilohiy Sura,
Marhum ruhi Ko‘kdan boqar jilmayib.
Fasllar almashaveradi; bahor ketidan yoz, kuz ketidan qish kelaveradi. Daryolar bir sayozlansa, bir toshqinlanadi. Bular, goho, odamzotning hayot tarzini eslatadi. Kim ko‘ribdiki, u yoki bu insonning umri bir tekisda kechgan bo‘lsa? Erkin aka ham ijod karvonsaroyida necha-necha o‘poq-so‘poq nusxalarga, ne-ne og‘ir-achchiq g‘alvalarga yo‘liqdi. Ammo, ustozning ba’zi birovimizdan farqi shunda ediki, ichidagi dardni o‘zgaga sezdirmaslikka, iztirobini birovga yuqtirmaslikka urinardi doim. Shu bois bo‘lsa kerak, u zotni o‘ylaganda, ko‘z o‘ngimizda nuqul bir xil qiyofa – sirli jilmayib turgan porpiroq chehra namoyon bo‘laveradi. Bu – juda taskinbaxsh surat. Bu – yaxshilikning alomati… yaxshilikdan darak bu…
E, chigalak dunyo, sakson yillik yo‘l namuncha yaqin bo‘lmasa?!
2016 yilning 27 noyabri.
Dostları ilə paylaş: |
|
|