Узбекистон республикаси олий ва урта


Maqsadli segmentni tanlash va bozorni



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə42/76
tarix28.11.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#138595
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   76
Узбекистон республикаси олий ва урта

Maqsadli segmentni tanlash va bozorni
pozitsiyalashtirish

Bozor sig’imini o’rganish asosida ishlab chiqarish quvvatlarini shakllantirish uchun va tovar sotish bo’yicha taqsimlash tarmog’i tuzilishi uchun asos bo’lib hisoblanuvchi uning o’sish dinamikasi baholanadi. Shuni hisobga olish kerakki, ya’ni bozor faoliyati natijalari qo’llash, bozorda ishlash bog’liq xarajatlarni qo’lab, rejalashtirilgan foydani olishga kafolat berishi kerak.


Segmentni jalb etuvchanligi tuzilishni tadqiq etish raqobat darajasini o’rganishni, mavjud mahsulotlar raqobatbardoshligini, xaridorlarga munosabatini, taklif etilayotgan va mavjud tovarlarga bo’lgan segment ehiyojini barqarorligini, mavjud xaridor ehiyojlarini qondiruvchi mutlaqo yangi mahsulotni bozorga kiritish zarurligi va imkoniyatini o’z ichiga oladi.
O’zlashtirayotgan segment maqsadlariga erishish uchun zarur bo’lgan tashkilotning maqsad va resurslarini aniqlash strategik muhim ahamiyatga ega bo’lib, tashkilotni uzoq muddatli maqsadlariga mos holda joriy maqsadlari bilan amalga oshirish hamda Shunga mos holda maqsadli bozorda ishlash uchun potentsial imkoniyat resurslarini yetarlimi yoki yo’qligini o’rnatish uchun zarurdir. Buning uchun tavakkalchilikni hisoblash maqsadga muvofiq. Tashkilotning tavakkalchiligini hisoblash uchun maxsus marketing, konsalting kompaniyalarini taklif qilish mumkin.
Imkoniy bozor segmentlari sonini optimallashtirish uchun kontsentrlangan va Dispersli uslublarni ishlatish mumkin. Kontsentrlangan uslub kelgusidagi yaxshi segmentni axtarishga asoslangan. U uncha qimmat bo’lmagan, lekin katta vaqt xarajatlarini talab qiladi. Dispersli uslub bir vaqtning o’zida bir necha bozor segmentida ishlashni ko’zda tutadi, keyinchalik ma’lum davrdagi faoliyat natijalarini baholash yo’li bilan samaraliroq bozor segmentini tanlaydi.
Foydali bo’lgan segment joriy sotuvning yuqori darajasiga, yuqori o’sish sur’atiga, yuqori foyda normasiga, sotish kanali talablariga real va raqobatga chidamli bo’lishi kerak.
Bozordagi faoliyat strategiyalarini asoslashda uch turdagi strategiyalar ishlatilishi mumkin:

  1. differentsiallanmagan marketing

  2. differentsiallangan marketing

  3. kontsentrlangan marketing

Amaliyot Shuni ko’rsatadiki, bozor munosabatlarini tiklanishi va shakllanishi davrida tadbirkorlik tuzilishida ko’plab korxonalar differentsiallanmagan marketing strategiyasini ushlab turdi. Bu strategiya firmani xaridorlarni xarid jarayoni va tovarga bo’lgan munosabat hamda motivatsiyasidagi turli-tumanlikka emas, balki xaridor ehiyojlarida qiziqishni umumiyligiga mo’ljalni oladi.
Bunday tovarlar va marketing dasturlarini ishlab chiqish orqali firma o’z maqsadiga xaridorlarni o’rtacha massasini qondirib erishishi mumkin. Strategiyani ishlatuvchi firmalar muvaffaqiyatining muhim omili bo’lib standartlashtirishi va tovar ishlab chiqarishni umumiyligi hisoblanadi. Differentsiallanmagan marketing strategiyasi mahsulot ishlab chiqarish va sotishda kam xarajatlarni ta’minlaydi. Biroq X.Meffert ta’kidlaganidek, «bu strategiya zamonaviy marketing tamoyillariga qarama-qarshi turadi».
Marketingni zamonaviy konsepsiyasida ikkita strategiya ko’riladi: differentsiallangan va kontsentrlangan marketing.
Differentsiallangan marketing strategiyasida firmadan uning faoliyatini bir necha segmentda ular uchun maxsus ishlab chiqarilgan tovarlar va marketing dasturlari bo’lishini talab qiladi. Bu strategiya xaridorlarning motivlari va tushunchalariga mos keluvchi marketing dasturi va xaridorlarga mo’ljallangan marketingni asosiy tamoyiliga mos keladi. Bu strategiya xaridorni bozordagi holatini to’liq ifodalaydi, Shuning uchun, qoidaga ko’ra, yuqori sotish hajmini va kontsentrlangan marketing strategiyasiga nisbatan kichik tavakkalchilik darajasini ta’minlaydi.
Differentsiallangan marketing strategiyasi yuqori investitsiya, ishlab chiqarish va boshqarish xarajatlarini talab qiladi, Shuning uchun u yirik korxonalar uchun zarurdir.
Mahsulot differentsiatsiyasi - turli bozorga chiqishning keyingi imkoniyatidir. Bu birinchi navbatda tovar taqsimlashda diversifikatsiya strategiyasini olib borishga asoslanadi.
Kontsentrlangan marketing strategiyasi korxonalardan bozorning foydani segmentiga, ya’ni bitta yoki bir necha segmentiga e’tiborni qaratishni talab qiladi. Bu bozor segmentiga firma bitta yoki bir necha mahsulot bilan hamda maqsadli marketing dasturi bilan yondoshadi. O’z mazmuniga ko’ra bu strategiya bozor chuqurchasi konsepsiyasiga mos keladi, ya’ni Shunday bozor segmentida ishlash kerakki, tovar ushbu firma va uning yetkazib berish imkoniyatlari uchun ko’proq mos keluvchi bo’lib hisoblanadi. Kontsentrlangan marketing strategiyasi ko’proq kichik va o’rta korxonalar uchun mos keladi, Chunki bozorning barcha segmentlarida ishlash uchun hamda qayta yetarli moliyaviy vositalarni bo’lishi talab etilmaydi.
Bozorni pozitsiyalashtirish - bu alohida bozor segmentlarida mahsulot konsepsiyasini aniqlash texnologiyasidir. pozitsiyalashtirishning maqsadi - mavjud va shakllanayotgan fikrlarni tadqiq qilish, xaridorlar yoki ularning guruhini mahsulot parametrlariga bo’lgan munosabatini baholash tahlilidan, maqsadli bozorni ushbu segmentida mahsulotni raqobatli afzalligini ta’minlashda Shunday tovar pozitsiyasini marketing chora-tadbirlarini o’tkazish yo’li bilan tuzishdan iborat.
Mahsulotni samarali pozitsiyalashtirish uchun talab va taklifni muhim tavsifnomalarini, xarid to’g’risida qaror qabul qilishda mo’ljal bo’lib hisoblanuvchi omillar ta’sirini o’rnatish va o’rganish zarur. Aniqlovchi omillar esa mahsulot sifati, sifat darajasi, ishonchliligi, energohajmi, dizayni va tovarni raqobatbardoshligini boshqa ko’rsatkichlari bo’lishi mumkin.
Bozorni pozitsiyalashtirishni to’g’ri tashqil etilishi marketing rejasi va kompleksini samarali ishlab chiqarish Shart-sharoiti bo’lib hisoblanadi.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə