Узбекистон республикаси олий ва урта


Bozor segmentatsiyasining asosiy tamoyillari



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə41/76
tarix28.11.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#138595
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   76
Узбекистон республикаси олий ва урта

Bozor segmentatsiyasining asosiy tamoyillari

Bozor segmentatsiyasining tamoyillari quyidagilardir:



  1. Geografik tamoyil

  2. Psixografik tamoyil

  3. Demografik tamoyil

  4. Xulq-atvor tamoyili

Geografik tamoyil orqali bozorni joylashuvi, aholining soni va zichligi, tijorat faoliyatining tuzilishi, regionni rivojlanish dinamikasi, inflyatsiya darajasi, huquqiy cheklashlar hisobga olinadi.
psixografik tamoyil natijasida hayot tarzi, Shaxsning tipi, jamoat holati kabi hisobga olinib, turmush tarzi Shaxsning o’z faoliyatida, qiziqishlarida, qat’iyatida va e’tiqodlarida o’z aksini topadi. Shaxsning turi esa hayotdan mamnun, melanxolik, o’zgalardek ish ko’ruvchi, o’zbilarmon va boshqa hislatlarda bo’lishi mumkin.
Demografik tamoyillarda oilani soni va sifat tarkibi, oilaning hayotiylik tsikli bosqichi, daromadlilik darajasi, mashg’ulot turi, ma’lumoti, millati kabilar inobatga olinadi hamda bozor segmentatsiyasining asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi.
Xulq-atvor tamoyili orqali xarid qilishga yo’l, foydalanuvchi maqomi, iste’mol jadalligi, bog’lanib qolish darajasi, tovar haqida ma’lumot berish, tovarga bo’lgan munosabati hisobga olinadi.


Maqsadli bozor segmentlarini tanlash va tovarni bozordagi joylashish pozitsiyasi
Maqsadli bozor segmenti haqida tushuncha
l qilish uchun son va sifat ko’rsatkichlari, Shuningdek, raqobat holatining tavsifnomasi, tarmoqni tuzilishi va taqsimlashni tuzilishi ko’rsatkichlari ishlatilishi mumkin. Bozorni tahlil qilish uchun ko’rsatkichlar quyidagi jadvalda berilgan.
5-jadval

Bozorni tahlil qilish uchun ko’rsatkichlar


Ko’rsatkichlar

Tavsifnoma

Son ko’rsatkichlari

Bozor sig’imi, bozorni rivojlanish dinamikasi, firmaning bozordagi ulushi, bozor salohiyati va boshqalar

Sifat ko’rsatkichlari

Ehiyojni tuzilishi, xarid motivlari, ularning dinamikasi, xarid jarayoni, ehiyojlarni stabillash, axborotlashtirish

Raqobat muhiti

Raqobatchi firmalarning mahsulot sotish hajmi, foydalanayotgan marketing strategiyalari, moliyaviy qo’llab quvvatlash imkoniyatlari

Xaridorlar tuzilishi

Xaridorlar soni, xaridor turi, xaridorlar soni dinamikasi, xaridorlarni hududiy xususiyatlari

Tarmoq tuzilishi

O’xshash tovarlar taklif qilayotgan sotuvchilar soni, sotuvchilar turi, ularni ishlab chiqarishni tashqil etish darajasi, raqobatdagi potentsial imkoniyatlar, ishlab chiqarish quvvatlari hajmi

Taqsimlashning tuzilishi

Geografik xususiyatlar, sotish tarmoqlarining xususiyatlari, transport bilan ta’minlanganligi

Tahlildan tashqari bozor segmentini tanlashda segmentlashni rejalashtirish ko’zda tutiladi. Segmentlashni rejalashtirish jarayoni quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:



  1. Iste’molchilar talablari va tavsifnomalarini aniqlash

  2. Iste’molchilarning turli-tumanligi va o’xshashligi tahlili

  3. Iste’molchilar guruhlari sohasini ishlab chiqish

  4. Iste’mol segmentini tanlash

  5. Raqobat muhitida kompaniya o’rnini aniqlash

  6. Barcha marketing-miks kompleksi chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqish.

Bozorni segmentatsiyasining rejalashtirish jarayonini tashqil etishda quyidagi talablarga rioya qilish zarur:

  • segmentlar o’zaro bir-biri bilan farq qilishi zarur;

  • har bir segmentga faqat iste’molchi talabiga mos keluvchisini kiritish zarur;

  • iste’molchilarni tavsifnomalarini firma tomonidan o’lchash mumkin bo’lishi zarur;

  • har bir segment razmer bo’yicha bo’lishi, ya’ni sotish hajmi va xarajatlarni qo’lashni o’lchashi kerak;

  • har bir segment iste’molchilari axborotga ta’sir etish uchun va reklama kompaniyasini o’tkazish uchun oson va tushunarli bo’lishi zarur.

Segmentatsiya jarayonining muhim bosqichi bo’lib bozorni maqsadli segmentini tanlash hisoblanadi.
Maqsadli segmentni tanlash muammosi yetarli darajada murakkab bo’lib, uni yechish uchun quyidagi ketma-ketlikda turishi tavsiya etiladi:

  • segment o’lchamini va uni o’zgarish (o’sish, kamayish) tezligini o’rnatish;

  • segmentni jalb etuvchanlik tuzilishini tadqiq etish;

  • o’zlashtirayotgan segment maqsadini va tashkilot resurslarini aniqlash.

Segment o’lchami uning miqdoriy o’lchamlari va birinchi navbatda sig’imi bilan tavsiflanadi. Segment sig’imini aniqlash uchun tovarlar hajmini, ushbu segmentda ularni umumiy sotish qiymati, bozor joylashgan tumanda yashovchi ushbu tovarning potentsial iste’molchilari sonini aniqlash zarurdir.



Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə