Uzbekiston respublikasi oliy va urta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti



Yüklə 234,5 Kb.
səhifə8/10
tarix15.04.2023
ölçüsü234,5 Kb.
#105791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
BadiiyBezash

Nazorat savollari:

1. Badiiy bezash ishlarida kanday asbob va uskunalardan foydalaniladi?


2. Badiiy bezash ishlari kanday tashkil kilinadi?
3. Badiiy bezash kanday dekorativ buyumlardan foydalaniladi?

Mavzu: MAKTAB INTERYERI VA EKSTERYERINI BEZASH.


R YE J A :

1. Interyer va fasadli buyashga kuyiladigan talablar.


2. Interyerdagi badiiy bezaklar.
3. Badiiy-bezash ishlarida dekorativ san’at va monumental kompozitsiyalar roli.
4. Bayram bezaklar. Kurgazmalar tashkil etish.


Tayanch suzlar:
Interyer, Eksteryer, Xaykaltaroshlik, issik rang, sovuk rang.
INTERYER VA FASADLARNI BUYASHGA KUYILADIGAN TALABLAR.

Maktab binosini devorlarini buyash ranglar turli yoshdagi ukuvchilarga turlicha ta’sir etishini xisobga oli amalga oshiriladi. Maktab devorlarini buyashda ranglar uz urnida kullash, ularning psixologik ta’siriga aloxida e’tibor berish lozim. Ranglarning uz urnida kullanilishi maktabdagi ta’lim tarbiya ishlari sifatini oshirishga karatilgan bulsa, psixologik ta’sirchanlik xam sinfda ukuvchi uchun maishiy va ma’naviy kulaylik yarata olish kerak. Sinf xonalarini buyashda ranglarning yoruglik kaytarish xususiyatlarini nazarda tutish lozim. Maktab devorlarini buyashda kullaniladigan asosiy ranglarning yoruglik kaytarish xususiyati kuyidagicha:


Ok - 85%, och sarik - 75%, och yashil - 65%, och kuk - 65%,


Kul rang - 55%, yashil - 52%, xavo rang - 35%, kizil - 13 %.
Sinf xonalarini buyashda deraza karshisidagi devor ranggini yoruglik kaytarish koeffitsenti - 60 %, doska urnatilgan devor - 50 %, deraza urnatilgan devor - 70 %, poli esa - 30 % bulishi optimal xisoblanadi, xona shifri ok rangga buyaladi.
Ranglarning issik sovuklik xususiyatlarini tugri kullagan xolda devorlarni buyash muxim axamiyat kasb etadi. Iklim issikligini nazarda tutgan xolda kuprok sovuk ranglardan foydalanish maksadga muvofikdir. Bu ranglar xonadagi xaroratni «psixologik» pasaytirish xususiyatiga ega.
Tabiiy yoruglik tushishini xisobga olgan xolda shimol, shimoli-shark, shim-garb tomonlarda derazasi bor xonalar ilik ranglar gammasiga, janub, janubiy-shakr, janubiy-garb tomonlarda oynasi bor xonalar sovuk ranglar gammasiga, buyash tavsiya etiladi. Kichik maktab yoshidagi ukuvchilar uchun muljallangan xonalarni turli ranglarga buyash mumkin, chunki ular zerikarli ranglarga buyalgan xonada tez tolikib koladilar.
Xarakatli dam olish uchun muljallangan xona va xoridorlar tuyinchokrok ranglarga buyaladi. Sinf xonalari esa och, xotirjam ranglarga buyalsa xonalarning yoritilganlik darajasi oshadi.
Ranglar spektoridagi sargish-yashil rang kuzni kamrok charchatadi. Bu ranglar asab sistemalariga nisbatan kamrok ta’sir kursatadi.
Xaykaltaroshlik turida turli xil materiallar sement, gips, gil va boshkalar ishlatiladi. Bu materiallar bilan ishlashda ularning funksional, ximiyaviy-fizik xususiyatlari bilan tanish bulish talab etiladi.
Maktabni bayramona bezatilishida uning atrofiga, tashki kurinishi va ichki xonalari, ayniksa majlislar zaliga maxsus zeb berish ishlari bajariladi. Bunda odatdagi bezatishdan farki-dekorativ elementlar mazmuni bayramona ruxda bulishi kerak. Maktab binosining tashki kiyofasi uning bayram kunlaridagi birinchi tantanavor nuktasidir. Binoni bezashda uning odamlar kuziga kuprok tashlanadigan tomonini nazarda tutishi kerak. Bezashda plakatlar bayroklar, lozunglar va boshka bezash vositalaridan foydalaniladi.
Bino ichkarisi bezashda bayram ruxiga mos bulgan bezak elementlari (chakirikla, tabriklar, devoriy gazetalar, xar xil plakatlar, shar, gul, yaltirok materiallar va boshkalar) kullaniladi. Bezash ishlarining umumiy maksadi shodlik, kuvnoklik kabi bayramona ruxni ifodalashga karatilgan bulishi kerak.
Maktablarda tashkil etiladigan kurgazmalar tematikasi xar xil bulishi kerak. Tashkil etish turt boskichda:

1. kurgazma temasini aniklash.


2. mavzuli -ekspozitsion reja tuzish.
3. eksponatlar yigish.
4. kurgazma uchun kulay joy tanlash.

Kurgazmalar rekreatsiyalarda, koridorlarda, zalda va boshka joylarda tashkil etilishi mumkin. Bundan tashkari doimiy kurgazmalar joyi tashkil etish xam mumkin. Kurgazmada kullaniladigan bezash vositalari uning tematikasiga mos, uni mazmuni tuldiriluvchi xarakterda bulishi lozim. Kurgazma elementlari, stendlari umumiy kompozitsion xosil kilishligi muxim axamiyatga ega. Stendlarni kurishni kulayligini ta’minlashda ukuvchilar buylari xam xisobga olinadi.


Kurgazma kurish (uning boshlanishi) ta’sirli, dikkatni jalb etadigan tantanavor kilib bezaladi. Ekspozitsiyalar kurinishligi yoritilganligi xisobga olinadi.
Ukuvchilar xonasi, direktor xonasi va boshka xonalar funksional xususiyatlaridan kelib chikib jixozlanadi.
Majlislar va tantanalar zalini bezatishda bezovchi rassom maxorati ayniksa muxim rol uynaydi. Majlislar zali funksional vazifa jixatdan keng kamrovi, ya’ni turli tadbirlar (yigilishlar, kechalar, kinofilm-teatr namoyishi, ritmik ginastika mashgulotlari) utkazishga muljallangan bulishi uni jixozlashga aloxida e’tibor berishni talab etadi. Zaldagi bezash elementlari ikki xil doimiy va vaktinchalik buladi. Vaktinchalik bezak elementlari utkaziladigan tadbirlar moxiyatiga va tematikasiga karab uzgartirilib turiladi.zalni bezashda ishlatiladigan elementlar xajmlilikni ta’minlanishi lozim. Bezak elementlari ta’sirchan tantanavor, original kurinishida bulishi kerak. Ma’lum bir tadbirga bagishlangan bezak elementlari anik bir maksadga, utkazilayotgan tadbirga karatilgan bulib, uning moxiyatini tulakonli ochib berishga kilmogi lozim.



Yüklə 234,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə