“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi



Yüklə 67,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix30.12.2023
ölçüsü67,63 Kb.
#164423
  1   2   3   4   5   6
bE0MMZKEqSXQzg9E7azb8m07x38s18leFhkpuo0V (1)



A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI 
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT 
INSTITUTI 
 
 
 
 
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi 
 
 
 
Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari
 
 
“O‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini baholashda xalqaro dasturlar va 
taqqiqotlar” 
o‘quv kursining 
“Mitoz va meyoz bo‘yicha masalalar yechish metodikasi” mavzusidan 
ma’ruza matni 
 
 
 
 
 
 
 
Ma’ruzachi: Ikromova Sh
 
Toshkent 
 
 


2-Mavzu: Mitoz va meyoz bo‘yicha masalalar yechish metodikasi. 
 
Reja: 
1. Mitoz va meyoz bo‘linishi haqida. 
2. Mitoz va meyozbo‘linishdagi xromosoma(n) va DNK(xromatid c) 
nabori (to‘plami). 
3. Mitoz va meyoz bo‘yicha masalalar yechish metodikasi. 
Eukariot hujayralar asosan ikki hil usulda ko‘payadi: 1-mitoz somatik 
hujayralarning bo‘linishi, 2-meyoz jinsiy hujayralaming bo‘linish usuli. Eukariot 
hujayralar asosan mitoz usulida bo‘linadi. 
Mitoz natijasida hujayralaming soni ortadi, organizm o‘sadi, nobud bo‘lgan 
hujayralami o‘mi tiklanadi. Mitoz natijasida hosil bo‘lgan har bir yangi hujayra bir 
xil xromosoma to‘plami va bir xil genlarga ega. Mitoz bo‘linish genetik materialni 
yangi hujayralarda bir xil taqsimlanishi bilan tavsiflanadi. Mitoz natijasida hosil 
bo‘lgan ikkala yangi hujayra diploid to‘plamga ega bo‘ladi. Mitoz bo‘linishsiz ko‘p 
hujayrali organizmlarning to‘qima va organlaridagi ko‘p sonli hujayralaming 
tuzilishi va funksiyasining doimiyligini, irsiy materialning bir xil bo‘lishini 
ta’minlashning iloji bo‘lmas edi. 
Jinsiy usulda ko‘payadigan organizmlarda o‘ziga xos bo‘linish usuli meyoz 
kuzatiladi. Meyoz natijasida xromosomalarning diploid to‘plamiga ega bo‘lgan 
hujayralardan gaploid to‘plamli jinsiy hujayralar hosil bo‘ladi. Meyoz jinsiy 
hujayralaming rivojlanishi (gemetogenez) jarayonida kechadi. Meyoz ketma-ket 
keladigan ikki, ya’ni birinchi va ikkinchi meyoz bo‘linishlaridan iborat. Ulami farq 
qilish maqsadida birinchi bo‘linish fazalari oldiga I, ikkinchibo‘linish fazalari 
oldiga II raqami yoziladi. Meyoz o‘simliklar gulida, hayvonlarda jinsiy bezlarda 
kuzatiladi. Meyozda gomologik xromosomalarning juda ko‘p xilma-xil variantlari 
amalga oshadi. Meyoz tufayli avlodlar almashinuvi davomida xromosomalar 
soniningdoimiyligi o‘zgarmaydi. Agar gametogenezda xromosomalar soni 
kamaymaganda, har bir yangi avlodda xromosomalarning soni tinmasdan ikki 
hissadan ortib boraverar, xromosomalar sonining doimiyligi buzilar edi. 
Meyozda xromosomalarning juda ko‘p xilma-xil kombinasiyalar hosil 
bo‘ladi. Ota yoki ona xromosomalari meyozda har xil gametalarga tarqalishi 
natijasida xromosomalarning yangi to‘plami hosil bo‘ladi. Xromosomalarning 
konyugasiyalanishi, o‘xshash qismlari bilan almashinishi irsiy axborotning yangi 
to‘plami hosil bo‘lishi va irsiy o‘zgaruvchanlikka sabab bo‘ladi. Irsiy 
o‘zgaruvchanlikorganizmlar evolutsiyasining asosiy omillaridan biridir. Ba’zi 
holatlarda meyoz jarayonida xromosomalarning gametalarga taqsimlanishi buziladi. 


Natijada organizm rivojlanishi buzilishi, odamlarda har xil irsiy kasalliklaming kelib 
chiqishi mumkin.

Yüklə 67,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə