“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi



Yüklə 55,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix22.03.2024
ölçüsü55,17 Kb.
#184251
1   2   3   4   5
giAfxqzOtAii32YcSu1ALOcCDwhxjrTlEfq6BrZT

PSIXOLOGIK SOG‘LOMLIK
– insonning o‘zi va atrofidagi olam bilan 
munosabat qurishi uchun yetarli psixologik fazilatlari va vositalarining borligi 
Lekin ba’zida ma’lumotga ega bo‘lgan taqdirimizda ham, biz ayrim 
sabablarga ko‘ra kerak bo‘lganidek, yoki rejalaganimizdek qila olmaymiz. Bunday 
muammolar insonning psixologik sogʻlomligi bilan bogʻliq muammolar deb ataladi. 
Bu vaziyatlarda ko‘proq quyidagi so‘z va ifodalar ishlatilishi mumkin:

Bilaman, lekin qila olmayman. 

Bilaman, lekin kerakli harakatni qila olmayman.

Menda ba’zi kerakli sifatlar, ko‘nikmalar va fazilatlar yo‘q. 

Kutib turishim kerakligini bilaman, lekin o‘zimni to‘xtatishni istamayman.

Munosabatlarda chegara qo‘yish kerak bo‘lgan joyda me’yorlarimni 
ko‘rsatishga qo‘rqaman va hokazo. 
Psixikaning sogʻlomligi va savodxonligi belgilari – bu o‘zingiz, boshqalar va
atrofdagi real dunyoni adekvat, savodli ko‘rish, idrok qilish va shunga asoslanib 
munosabatlar qurish. 
Shuning uchun bolaning shaxsini shakllantirish jarayonida savodli tarbiyalash 
(Psixologik sogʻlomlikni shakllantirish) va ta’lim berish (Psixologik savodxonlikni 
shakllantirish) masalasi katta ahamiyatga ega. Bunday tarbiyalangan shaxs 
quyidagilarni biladi va hisobga oladi: 
- jamiyatda turli rollar bor; 
- uning atrof olam bilan munosabatlari shu rollar orqali quriladi, shakllanadi; 
- bu rollarning barchasining o‘ziga xos jihatlari, me’yorlari, qoidalari bor; 
- jamiyatning o‘zida (oila, bolalar bogʻchasi, maktab, korxonalar va h.k.z) 
o‘zining me’yorlari,qonun-qoidalari bor va ular shu jamiyatdagi millat, muhit, 
munosabatlardan kelib chiqadi; 
- jamiyatda qandaydir umumlashtirilgan insoniy qonun va qoidalar bor va hkz. 
2.
 
Ma’lumot va bilimlar tushunchalari 
Bilim – bu dunyo haqidagi ma’lumotlar, faktlar va xulosalar qoidalari 
(shaxsda, jamiyatda ) to‘plami, shu jumladan obyektlarning xossalari, jarayonlar va 


hodisalar qonuniyatlari haqidagi ma’lumotlar, shuningdek, qaror qabul qilishda 
ushbu ma’lumotlardan foydalanish qoidalari.
Ma’lumot – Axborot - hayot va ish jarayonida inson tomonidan idrok 
etiladigan atrof muhit obyektlari va hodisalari, ularning parametrlari, xossalari va 
holati haqidagi ma’lumotlar.

Yüklə 55,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə