“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi



Yüklə 55,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix22.03.2024
ölçüsü55,17 Kb.
#184251
1   2   3   4   5
giAfxqzOtAii32YcSu1ALOcCDwhxjrTlEfq6BrZT

3.
 
Shaxsiy va qasbiy o‘sish uchun kerak bo'lgan ma’lumot va bilimlar
(Psixologik savodxonlik) 
O‘qituvchining shaxsiy rivojlanishi va kasbiy rivojlanishi uchun zarur 
bo‘lgan ma’lumotlar va bilimlar 

Psixologik savodxonlikning minimal paketi: Insonning psixologik portreti
samarali muloqot asoslari, nizolar va stressni boshqarish asoslari.

O‘z fani bo‘yicha kasbiy bilimlar (o‘z predmetini bilish)

Pedagogik texnologiyalar, metodlar, vositalar (guruh, auditoriya bilan ishlash 
asoslarini bilish). 

Shaxsning o‘sishi va rivojlanishi asoslari, mexanizmlari va vositalarini bilish 
(o‘zining ustida ishlash asoslari). 
4.
Sifat va vositalar tushunchalari 
VOSITA
(lotincha instrumentum - vosita) — ma’lum maqsadga erishish 
uchun foydalaniladigan vosita, mexanizm, mashina yoki algoritm. 
Psixologiya, sotsiologiya fanlari nuqtai nazaridan insonning o‘z maqsadiga 
erishishida yordam beradigan qobiliyatlarni ham inson vositasi deb atash mumkin. 
Qobiliyatlar – bu ma’lum bir faoliyat turini muvaffaqiyatli amalga oshirishda 
yordam beradian subyektiv imkoniyatlar, shaxsning individual xususiyatlari.
Masalan, vositaning yana bir xususiyati – u erkin almashuvda ishtirok etadigan har 
qanday narsa kabi tovar bo‘lishi mumkin. J-Rokfellerning so‘zlari yuqoridagilarni 
tasdiqlaydi: “Odamlar bilan muloqot qila olish qobiliyati – shakar yoki qahva kabi 
pulga sotib olingan mahsulotdir. Va men bu mahorat uchun bu dunyodagi boshqa 
tovarlardan ko‘ra ko‘proq pul to‘lashga tayyorman”. 


SHAXSIY SIFATLAR
- shaxsning murakkab ijtimoiy va biologik tarkibiy 
qismlari bo‘lib, ular o‘z ichiga psixik jarayonlar, xususiyatlar, shakllanishlar
barqaror holatlarni oladi va shaxsning ijtimoiy va tabiiy muhitdagi barqaror xatti-
harakatlarini oldindan belgilaydi: irodaviy, axloqiy, professional va boshqalar. 
Insoning sifatlari doimo shaxsiy, personal bo‘ladi. Boshqacha qilib 
aytganda, shahsning sifatlari - bu tugʻma xususiyatlar va shakllangan xarakter 
sifatlari boladi. Ba’zi shaxsiy parametrlar, sifatlar jamiyat, turli vaziyatlar ta’siri 
tufayli o‘zgarishi mumkin, ba’zilari o‘zgarmasdan qoladi.
Masalan, shaxsiy 
xususiyatlar professional sohani tanlashga ta’sir qiladi - tanlangan faoliyati, kasbiga
odamning xarakteri yoki sifatlari mos bo‘lmasa, uning shu kasbda muvaffaqiyatga 
erishishi qiyin bo'ladi, bunga uning ko‘p zahiralasi va kuchi ketadi.


Yüklə 55,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə