В данной выпускной квалификционной работе исследованы вопросы внедрение gprs технологий в стандарте gsm


Harakatdagi sotali aloqa tizimining raqamli standartlari



Yüklə 324,79 Kb.
səhifə3/4
tarix30.04.2018
ölçüsü324,79 Kb.
#40553
1   2   3   4

2.3. Harakatdagi sotali aloqa tizimining raqamli standartlari
1982 yilda konferensiyasining Yevropa Pochta va Elektron aloqa Ma’muriyati (SERT - Conference of European Posts and Telegraphs) Yevropaning yagona raqamli sotali aloqi standartini ishlab chiqish maqsadida 900 MGs chastota diapazoni ajratildi, 26 davlatni birlashtirib turuvchi bu tashkilot maxsus guruhni Groupe Special Mobile (GSM) yig‘di. GSM qisqartma yangi standartga nom berdi (keyinchalik, bu standart Dunyo bo‘yicha keng tarqalgandan so‘ng, GSM qisqartmani Global System for Mobile Communications – Mobil Aloqa uchun Global Tizim deb o‘qishadigan bo‘ldi). Bu guruh ishining natijalari 1990 yilda chop etildi, bunda GSM standartidagi sotali aloqa tizimiga qo‘yilgan talablarida yetakchi ilmiy-texnik markazlarining eng zamonaviy texnikalari qo‘llanilgan. Ularga kanallarni vaqt bo‘yicha taqsimlanishi, xabarlarni shifrlash, abonent ma’lumotlarini himoyalash, yig‘ish kodlashlarni qo‘llashda, modulyatsiyani GMSK (Gaussian Minimum Shift Keying – Gaussning minimal siljitishi) yangi turi kiradi.

1989 yilda, GSM standartining texnik asoslanishi chiqishdan bir yil oldin, Buyuk Britaniyaning savdo va ishlab chiqarish Departamenti (DTI - Department of Trade and Industry) «Harakatlanuvchi telefon» konsepsiyasini chop etdi, u keyinchalik qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng «Shaxsiy aloqa tarmog‘i» - PCN (Personal Communication Networks) nomini oldi. Bu konsepsiyani amalga kiritilishining maqsadi harakatdagi radio aloqa bozoridagi asosiy qatnashuvchilar orasida raqobatni yaratish edi.

Yevropadan Amerika ham qolishmasdi, «Shaxsiy aloqa xizmatlari» (PCS - Personal Communication Services) o‘z konsepsiyasini taqdim qildi. Bu konsepsiyaning maqsadi 2000 yilda davlat aholisini 50% ni o‘z ichiga olish edi. Bu konsepsiyani amalga oshirish uchun AQSh ning Federal aloqa komissiyasi 1,9 – 2,0 GGS diapazonida keng polosali PCS uchun uchta chastota polosasini va 900 MGs diapazonida tor polosali PCS uchun bitta chastota polosasini ajratdi.

1990 yilda AQSh da TIA (Telecommunications Industry Association) Amerikaning aloqa sohasidagi ishlab chiqarish Assotsiatsiyasi (TIA - Telecommunications Industry Association) raqamli sotali aloqaning IS-54 milliy standartini tasdiqladi. Bu standart D-AMPS yoki ADC qisqartmalar bilan kengroq ma’lum bo‘ldi. AQSh da Yevropadan farqi, shu bo‘ldiki, yangi chastota diapazonlari ajratilmadi, shuning uchun tizim oddiy AMPS umumiy chastota polosasida ishlashi lozim edi.

Qualcomm Amerika kompaniyasi bir xil vaqtda shovqinsimon signallarni va kanallarni kod bo‘yicha taqsimlanish (CDMA - Code Division Multiple Access) texnologiyasiga asoslangan, sotali aloqaning yangi standartini ishlab chiqarishni boshlagan.

1991 yilda Yevropada GSM standartining asosida DCS-1800 (Digital Cellular System 1800 MGs) standarti ishlab chiqildi. Buyuk Britaniya bu standartni aytib o‘tilgan PCN konsepsiyasidagi ishlab chiqarish uchun asos sifatida qabul qildi, bu esa yer shari bo‘yicha g‘olibona yurishining boshlanishi bo‘ldi.

Sotali aloqani rivojlanishi bo‘yicha AQSh va Yevropadan Yaponiya ham qolishmasdi. Bu davlatda D-AMPS Amerika standartining ko‘rsatgichlariga yaqin bo‘lgan, o‘zining JDC (Japanese Digital Cellular) sotali aloqa standartini ishlab chiqdi. JDC standarti 1991 yilda Yaponiya pochta va aloqa vazirligi tomonidan tasdiqlangan.

1992 yilda Germaniyada GSM standartidagi birinchi sotali aloqa tizimi foydalanishga topshirildi.

1993 yilda AQSh da aloqa bo‘yicha ishlab chiqarish Assotsiatsiyasining bir qator muvaffaqiyatli sinovlaridan so‘ng, CDMA standartini IS-95 deb nomlab, ichki raqamli sotali aloqa standarti sifatida qabul qilindi. 1995 yil sentyabrda Gonkongda IS-95 standartining birinchi tarmog‘i foydalanishga topshirildi.

Keng polosali CDMA texnologiyasi 5 MGs yoki undan katta bo‘lgan chastota polosasini ishlatadi. Bunday polosa tanlanishining bir necha sabablari mavjud. Birinchisi uchinchi avlod sotali aloqa tizimini yaratishga qaratilgan, bunda uning uzatish tezligini 144 va 384 kbit/s gacha ko‘tarish mumkin. Bu tezliklar 5 MGs polosada va tarmoq sig‘imi yetarlicha bo‘lganda erishish mumkin. 2 Mbit/s tezlik ham bir necha qo‘shimcha chegaralashlar kiritilganda erishish mumkin. Ikkinchi sababi shundan iboratki, radio spektrdagi bo‘sh polosalar taqchilligini hisobga olish zarur va bu tizimni ikkinchi avlod tizimi ishlaydigan diapazonlar ishlaganda chastota polosasini kichikroq olishga to‘g‘ri keladi. Uchinchi sabab, bu 5 MGs chastota polasasida boshqa tor polosaga nisbatan ko‘p sonli nur tashkil etuvchilarini hosil qilish imkoni bo‘ladi, buning natijasida uzatish sifati yaxshilanadi. Bundan ham yuqoriroq chastota polosalarida ya’ni (10, 15 va 20 MGs) yuqoriroq uzatish tezliklarini ta’minlashda samarali ishlatish tavsiya etiladi.

CDMA texnologiyasiga asoslangan uchinchi avlod tizimining radio interfeysini standartlashtirish asosan ikki xil turdagi keng polosali CDMA uchun keltiriladi: asinxron va sinxron tarmoqlar. Asinxron tarmoqda BS lar sinxronlashtirilmagan bo‘ladi. Sinxron tarmoqda BS lar bir necha mikrosekundlarga aniqlik bilan sinxronlashtirilgan bo‘ladi. Asinxron tarmoqlarni, ya’ni WCDMA qurish bo‘yicha Yaponiya va Koreya tomonidan ikkita tavsiyanomalar qabul qilingan. Keng polosali CDMA ning sinxron tarmog‘ini, ya’ni cdma2000 standartini AQSh tomonidan tavsiya qilindi.

Yuqorida keltirilgan standartlarning asosiy texnik parametrlari 2.4-jadvalda keltirilgan.

2.4-jadvavl

Standartlarining asosiy texnik parametrlari



GSM-900, DCS-1800

D-AMPS 800 MGs (a) 1,8 GGs (b)

CDMA 800 MGs (a) 1,8 GGs (b)

WCDMA

BS larni uzatuvchi chastota polosasi, MGs

935... 960 (GSM)

1805... 1880 (DCS)


869...894 1930... 1990


869... 894

1930... 1990

1930... 1990



AS larni uzatuvchi chastota polosasi, MGs

890...915 (GSM) 1710...1785 (DCS)

824... 849 1850...1910


824... 849 1850...1910


1850...1910



Dupleks radio chastota kanallarning chastotalari farqi, MGs

45 (GSM)

95 (DCS)


45(a)

80(6)


45(a)

80(6)


80

Tashuvchi chastotalar orasidagi farq, kGs

200

30

1250

5000

Dupleks radio chastotali kanallarning umumiy soni

124 (GSM) 374 (DCS)

823 (a) 1985(6)

20 (a)

47(b)

12


BS ni maksimal EINQ, Vt; tashuvchi cho‘qqisi

300 (GSM)

30 (DCS)


300 (a) 1000(6)

(a)aniqlanmagan 1034 (b)

Aniqlanmagan

AS ni nominal uzatish quvvati, Vt

8; 1 (GSM)

1; 0,125 (DCS)


9,3; 0,0004


0,2; 0,01


0,25


Sota radiusi, km

minimal


maksimal

0,5


35

0,5


20

Aniqlanmagan

50

Aniqlanmagan

20


Ko‘p stansiyali ruxsat usuli

VTKSR

VTKSR

KTKSR

KTKSR

Bitta tashuvchiga trafikdagi kanallar soni: dastlabki loyihada

8

16


3

6


61

122


125

253


Modulyatsiya

MSGM

/4 4FM

KFMN NFMN 64-ortogonalli

KFMN NFMN

Nutqni kodlash algoritmi

RPE-LPT

VSELP

o‘zgaruvchan tezlikli CELP

ADIKM

ma’lumotlar uzatish tezligi, kbit/s

9,6 gacha

2,4; 4,8; 9,6; 28,8 gacha

13,3gacha

64 gacha

Tarqalish kechikishini tekislash imkoniyati, MKS

20

60 (a)

41,2(6)


Kod bilan chegaralangan

Kod bilan chegaralangan

Mavjud bo‘lgan analog tizimi bog‘lana olish imkoniyati

Yo‘q

bor AMPS bilan

bor AMPS bilan

Yo‘q



2.4. Raqamli GSM standarti
XX asrning 80-yillarida endigina mobil aloqa rivojlanishida Yevropa har xil standartdagi analog tarmoqlar bilan qoplangan edi – Skandinaviya o‘zining tizimini, 1982 yilda Telekommunikatsiya bo‘yicha Yevropa Komissiyasi - CEPT (Conference of European Posts and Telegraphs) tomonidan Yevropada yagona umumiy foydalanish harakatdagi sotali aloqaning raqamli tizimini yaratish g‘oyasi qabul qilindi. Raqamli standart quyidagi talablarga javob berishi lozim edi:

  • nutq xabarini uzatishda yuqori sifat;

  • uskuna va xizmat ko‘rsatish narxi past bo‘lishi;

  • abonent stansiyasi kichik o‘lchamli bo‘lishi;

  • bir qator yangi xizmatlar va uskunalar bilan ishlay olishi;

  • Spektrni ishlatish bo‘yicha samarali bo‘lishi;

  • IXRT bilan moslanuvchanligi;

  • xalqaro roumingda ishlay olishi, ya’ni GSM standartidagi boshqa tarmog‘ida abonent o‘zini AS dan foydalanishi mumkinligi.

Yana shuni aytib o‘tish lozimki, GSM standarti zamonaviy raqamli tarmoq standartlari, birinchi navbatda IXRT (Integrallashtirilgan xizmatlar raqamli tarmog‘i - ISDN Integrated Services Digital Network) va IT (intellektual tarmoq - IN Intelligent Network) bilan bog‘liq, GSM standartining asosiy tashkil etuvchi elementlari, ishlab chiqilayotgan xalqaro global harakatdagi aloqa tizimi UMTS (Universal Mobile Telecommunications System) ga kiradi. 1989 yilda GSM standartini ishlab chiqish Yevropa Aloqa Standartlashtirish Instituti ETSI (European Telecommunication Standards Institute) ga o‘tdi. 1991 yilda GSM standarti xizmat ko‘rsatish faoliyatini boshladi. 1993 yilga kelib GSM standartini 36 tarmog‘i 22 davlatda faoliyat ko‘rsata boshladi, hamda 25 davlat GSM yo‘nalishini tanladi. 1994 yil boshida GSM standartining abonentlari 1,3 millionga yetdi, 1995 yil oxirida esa abonentlar soni 10 milliongacha ko‘paydi. Haqiqatdan GSM standarti keng qo‘llaniladigan standart bo‘ldi, sotali aloqa tizimi bo‘lgan har qanday davlatda GSM tarmoqlari mavjud desa ham bo‘ladi.
2.5. GSM standartida TDMA kadrlar tuzilishi va signallar shakllanishi
GSM standartida vaqt bo‘yicha taqsimlangan ruhsat (TDMA) qabul qilingan. Vaqt kadrlarining umumiy tuzilishi 4-rasmda ko‘rsatilgan.

TDMA da ketma-ketlikning davr uzunligi giperkadr deyiladi va u Tg = 3 soat 28 min. 53 s 760 ms (12533,76 s) ga teng.

Giperkadr davomiyligi Ts = 12533,76/2048 = 6,12 s 2048 ta superkadrga bo‘linadi.

Superkadr multikadrlarga bo‘linadi, ya’ni GSM standartida ikki xil turdagi multikadrlar qo‘llaniladi:



2.4-rasm. Vaqt kadrining umumiy tuzilishi.

1) multikadrni 26-pozisiyali TDMA kadr;

2) multikadrni 51-pozisiyali TDMA kadr.

Multikadrlar davomiyligi quyidagilarga teng:

1) Tm = 6120/26 = 235,385 ms;

2) Tm = 6120/51 = 120 ms.

Har bir TDMA kadrning davomiyligi quyidagiga teng:

Tk = 120/26 = 235,385 /51 = 4,615 (60/13 ms).

TDMA da har bir kadr 0 dan Nfmax gacha o‘zining tartib raqamiga ega, bunda Nfmax = (26512048) -1 = 2715647 kadr.


Giperkadr davomiyligini kattaligi (2715647 kadr) qo‘llanilayotgan jarayon, kadr raqami NF kirish parametri sifatida ishlatilayotgan kriptografik himoya talabi bilan tushuntiriladi.

O‘z navbatida har bir TDMA kadr 8 ta vaqt pozisiyalariga bo‘linadi, ularning davomiyligi quyidagiga teng:

To = 60/13 : 8 = 576,9 mks (15/26 ms).

Har bir vaqt pozisiyasi TN 0 dan 7 gacha raqam bilan belgilanadi. Bu vaqt pozisiyalari davomida nutq xabariga yoki ma’lumotga mos keladigan raqamli axborot oqimi bilan tashuvchining modulyatsiyasi amalga oshiriladi.

GSM standartida raqamli oqimi vaqt pozisiyalarida joylashtiriladigan paketlar ketma-ketliklaridan iborat. Paketlar davomiyligi 0,546 ms ga teng. Bu tarqalish kanalida vaqt dispersiyasi borligida xabarni qabul qilish uchun zarur.

Xabar radio kanal bo‘yicha 270,833 kbit/s tezlik bilan uzatiladi, ya’ni TDMA kadrini vaqt intervali axborot bitining davomiyligi 576,9 /156,25 mks = 3,69 mks teng bo‘lgan 156,25 bitdan iborat. Har bir bit BN 0 dan 155 gacha raqam bilan belgilanadi, davomiyligi 1/4 bitga teng bo‘lgan oxirgisiga 156 raqami berilgan.

Har xil turdagi axborotni aloqa kanali bo‘yicha uzatish va boshqarish uchun to‘rt turdagi vaqt intervallari mavjud:

1. NB (Normal Burst) - normal vaqt intervali;

2. FB (Frequency Correction Burst) - chastotani sozlash vaqt intervali;

3. SB (Synehronization Burst) - o‘rnatish intervali;

4. AB (Access Burst) – ruxsat intervali.

Normal vaqt intervali NB aloqa kanallari bo‘yicha axborot uzatish va boshqarish uchun xizmat qiladi. NB 114 bit shifrlangan axborot va 30,46 mks davomiylikka ega bo‘lgan 8,25 bitli himoya intervali (GP) dan iborat. 114 bitli blok mazkur vaqtda qabul qilgichning aloqa kanali xarakteristikalariga mos keluvchi ekvalayzerni o‘rnatish uchun qo‘llaniladigan 28 bitli o‘rganish ketma-ketligi bilan bo‘lingan. Bular 57 bitli ikkita axborot blokiga bo‘linadi. Bundan tashqari NB uzatilayotgan guruhda nutq axboroti yoki signalizatsiya axboroti mavjudligini aks etuvchi ikkita nazorat bitlarni o‘z ichiga oladi. Agar nazorat bitlari uzatilayotgan guruhda signalizatsiya axboroti uzatilayotganligi haqida xabar bersa, unda axborot kanali signalizatsiyani ta’minlash uchun olingan bo‘ladi.

Shifrlangan bitlarning ikki guruhi orasidagi qolgan 26 ta bit, qabul qilgich uchun ma’lum bo‘lgan o‘rganuvchi ketma-ketlik hisoblanadi. U quyidagilarni ta’minlaydi:

- qabul qilingan va etalon ketma-ketliklarni solishtirish bilan ikkilik razryadlarida xatolar paydo bo‘lish chastotasini baholaydi. Solishtirish jarayonida aloqa sifatini baholash uchun xizmat qiladigan parametr hisoblab chiqiladi. Bu parametr faqat kanal sifatini baholaydi, hamda «tezkor uzatish» jarayoni bajarilganda va radio aloqa bilan qoplangan hududni baholashda aloqaga kirish uchun qo‘llaniladi;

- qabul qilish traktida moslanuvchan (adaptiv) ekvalayzerni qo‘llash hisobiga signal qabul qilish traktini keyinchalik korreksiyalash uchun NB uzatish intervalida radio kanalning impuls xarakteristikasini baholaydi;

- tashkil qilinayotgan aloqa uzoqligini baholash uchun BS va AS orasidagi signal tarqalish vaqtini hisoblaydi. Bu o‘lchashlar natijasi BS ma’lumotlar qabul qilayotganda bir-biriga qo‘shilmasligi uchun har xil AS dan ma’lumotlar paketini mos ravishda uzatishni ta’minlaydi.

Chastotani sozlash vaqt intervali (FB) AS ni chastota bo‘yicha sinronlash uchun qo‘llaniladi. Bu vaqt intervalida 142 bit bor va ularning hammasi noldir, bu esa tashuvchi chastota nominal qiymatidan katta bo‘lgan 1625/24 kGs chastota siljishli modulyatsiyalanmagan tashuvchiga mos keladi. Bunday ketma-ketlik kanallari katta bo‘lmagan chastota siljishidagi (200 kGs) uzatgich va qabul qilgichlarini ishlashini tekshirish uchun zarur, bu esa 900 MGs chastota polasasini nominal qiymatini tahminan 0,022 % tashkil qiladi. FB da 8,25 bit davomiylikli himoya intervali mavjud. Takrorlanuvchi FB chastota o‘rnatish kanalini hosil qiladi.

Vaqt sinxronlash intervali (SB) BS va AS ni vaqt bo‘yicha sinxronlashtirish uchun qo‘llaniladi. SB 64 bitdan iborat bo‘lgan sinxron ketma-ketlikdan iborat, hamda TDMA kadr raqami haqida axborot va BS ni identifikasion kodini tashiydi. Takrorlanuvchi SB intervallar sinxronlash kanalini hosil qiladi.

O‘rnatish intervali DB aloqa kanalini o‘rnanatish va testlashni (tekshirishni) ta’minlaydi. DB intervali tuzilishi NB bilan mos keluvchi 26 bitli o‘rnatish ketma-ketligidan iborat. NB intervalida nazorat bitlari bo‘lmaydi va hech qanday ma’lumot uzatilmaydi, faqat uzatgich ishlayotgani haqida axborot berib turiladi.

Ruhsat intervali (AV) AS ni yangi BS ga ulanishga ruhsat berishni ta’minlaydi. Ruhsat so‘ralganda sinxronizatsiya kanalidan keluvchi bu vaqt intervali AS tomonidan ajratib olinadi. Signal uzatilish vaqti o‘lchanmaganligi sababli, boshida 8 bitdan iborat bo‘lgan tugallash kombinatsiyasi, keyin esa BS uchun 41 bitli sinxronlash ketma-ketligi uzatiladi. Bunday uzatilayotgan ketma-ketlikning tuzilishi BS ni 36 shifrlangan bitlarni to‘g‘ri qabul qilinishini ta’minlaydi. Bundan tashqari AV interval 68,25 bit davomiylikka ega bo‘lgan katta himoya intervaliga mavjud, bu (signal uzatilish vaqtidan qat’iy nazar) boshqa AS lar uzatish paketlaridan yetarlicha vaqt siljishini ta’minlaydi.

Himoya intervalini davomiyligi bitta sotada signali uncha katta bo‘lmagan ushlanib qolishni ikkilangan qiymatiga mos keladi va sotani maksimal ruhsat etilgan o‘lchamini aniqlaydi. GSM standartida sota radiusi tahminan 35 km ni tashkil qiladi, radio signalni to‘g‘ri va qaytish yo‘nalishidagi tarqalish vaqti 233,3 mks ni tashkil qiladi.

GSM standartida signalni shakllash xususiyatlaridan biri, aloqa seansi davomida signallarni chastotasini asta sakrashlari (SFH - Slow Frequency Hopping) qo‘llanishi hisoblanadi. Bunday sakrashlar radio to‘lqinlarni ko‘p nurli tarqalish sharoitida radio kanallarda chastota farqini ta’minlash uchun zarur. Chastota sakrashlari SFH hamma harakatdagi tarmoqlarda kodlash samaraligini oshirish qo‘llaniladi. SFH qo‘llanilganda xabarni TDMA kadrda abonent uchun ajratilgan vaqt intervalida (577 mks) uzatilganda, keyingi kadrlar belgilangan yangi chastotada uzatiladi (qabul qilinadi). Chastotani qayta sozlash uchun 1 ms vaqt ajratiladi. Bu chastota bo‘yicha sakrashlar jarayonida qabul qilish va uzatish kanallari orasidagi farq 45 MGs saqlanadi.

GSM standartida qabul qilingan TDMA kadr tuzilishi va signallarni shakllash prinsiplari kanaldagi kodlash usullari bilan birgalikda qabul qilish uchun zarur bo‘lgan signal-shovqin nisbatini 9 dB gacha kamaytirishga imkon berdi, analog sotali aloqa tizim standartlarida esa bu ko‘rsatgich 17-18 dB ni tashkil qiladi.
2.6. Radio signal modulyatsiyasi
GSM standartida zamonaviy spektral-effektiv minimal chastota siljishli Gauss chastota manipulyatsiyasi (GMSK) qo‘llaniladi. Bunday modulyatsiya turida, nurlanayotgan radio signalni chastota polosasini kamaytirish maqsadida, signal modulyatorigacha Gauss xarakteristikasiga ega bo‘lgan past chastotali filtrdan o‘tkaziladi. GMSK modulyatorida radiosignalni shakllantirishda bitta axborot biti intervalida tashuvchini fazasini 90 ga o‘zgartirish yo‘li bilan radiosignalni shakllanadi. Bu modulyatsiya usulida signallarni ajratishda, fazani bunday o‘zgarishi mumkin bo‘lgan eng kichik qiymati hisoblanadi.

GMSK modulyatorini tuzilish sxemasi 4.5-rasmda ko‘rsatilgan.



2.5-rasm. GMSK modulyatorini tuzilish sxemasi.
O‘z navbatida sinusoidal signalni fazasini uzluksiz o‘zgarishi natijasida chastotasi diskret o‘zgaradigan chastota modulyatsiyasini beradi, Gauss filtrini qo‘llash esa chastotani diskret o‘zgarishini o‘tishlarni silliqlaydi.

GSM standartida me’yorlashtirilgan polosa tushunchasi ishlatiladi, u quyidagicha aniqlanadi: VT, bunda V – minus 3 dB sath bo‘yicha filtrni polosa kengligi; T – xabarni bitta axborot bitining davomiyligi. GSM standartida GMSK ni bu parametr VT = 0,3 teng bo‘ladi.

GMSK signalini shakillashda asosiy qism bo‘lib, bitta qo‘shuvchi va ikkita ko‘paytirgichdan iborat bo‘lgan 1/Q kvadratur modulyator hisoblanadi. Kvadratur modulyator vazifasiga uzluksiz va aniq faza modulyatsiyasini olish kiradi. Bu sxemada kirish signali avval “sin” va “cos” deb belgilangan bloklarga keluvchi ikkita kvadratur tashkil etuvchilariga bo‘linadi. Keyin ko‘paytirgichlarda sinusoidal va kosinusoidal tebranishlarning amplituda o‘zgarishi bajariladi. Keyinchalik bu signallar qo‘shiladi va GMSK signal olinadi.

GMSK signalini shakllanish prinsipini tushuntiruvchi diagrammalar 2.6-rasmda keltirilgan.


2.6-rasm. GMSK signalini shakllanish prinsipini tushuntiruvchi diagrammalar.


GSM standartida GMSK modulyatsiyasini tanlanilishiga sabab bo‘lgan avzalliklari:

  • GMSK signalini sathi doimiy, bu esa uzatgichning chiqish quvvatini samarali ishlatish imkonini beradi;

  • polosadan tashqaridagi nurlanishlar sathi past bo‘lganda GMSK signalining spektri nisbatan ixcham bo‘lishi;

  • yetarlicha katta halaqitga chidamliligi hisoblanadi.

3. GSM SOTALI ALOQA TARMOG‘IDA MA’LUMOTLARNI UZATISh TEZLIGINI OShIRISh TEXNOLOGIYASI
3.1. GPRS texnologiyasi
GPRS (General Packet Radio Service) kanallar kommutatsiyasi bilan birgalikda GSM radiointerfesining umumiy fizik resursini ishlatadi. GPRSni GSM tarmog‘iga qurilgan texnologiya sifatida ko‘rish mumkin. Bu sotali bitta fizik muhit kanallarni kommutatsiya qilish bilan nutq uzatish uchun ham, paketlarni kommutatsiya qilish bilan ma’lumotlarni uzatish uchun ham ishlatishga imkon beradi. GPRS resurslar kanallari kommutatsiya qilish bilan axborot (nutq yoki GSM kanal orqali ma’lumot) uzatish seansi yo‘q bo‘lgan davrlarda ma’lumot uzatish uchun dinamik ravishda ajratilishi mumkin.

GPRS uchun xuddi o‘sha fizik kanallar mo‘ljallangan, lekin ananaviy kanallar kommutatsiya qilinadigan GSM bilan solishtirilsa ularni ishlatish samaradorligi ancha yuqoridir, chunki bir necha GPRS fodalanuvchilarni bitta taymslotni (vaqt kanalini) ishlatishi mumkin. Bu kanallardan foydalanish imkonini oshirib beradi. Bundan tashqari GPRS resurslarni faqat ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish davrida foydalaniladi.


3.2. GPRS tarmog‘i arxitekturasi
GPRS bu GSM tarmog‘ining yagona texnologiyasi hisoblanadi, uning uchun ba’zi modifikatsiyalar bilan mavjud bo‘lgan GSM infrastrukturasi ishlatiladi. GPRS tizimi uchun yechimi tarmoqqa GPRSni tez va katta bo‘lmagan sarf-xarajatlar bilan ishga tushirish imkoni bilan ishlab chiqilgan.

GPRSni amalga kiritish uchun mavjud bo‘lgan GSM tarmog‘ining elementlari dasturiy ta’minotini moderizatsiya qilish zarur, baza stansiyalar kontrolleridan (BSC) tashqari, chunki uning uchun apparat vositalarini moderizatsiya qilish lozim.(1-rasm).

GSM tarmog‘ida ikkita yangi bog‘lanma paydo bo‘ladi:


  • Serving GPRS Support Node (SGSN) – GPRSni yordam berish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish bog‘lanmasi.

  • Gateway GPRS Support Node (GGSN) – GPRSni yordam berish bo‘yicha bog‘lanma shlyuzi.

3.1-rasm. GPRS tarmog‘ini arxitekturasi

Bu ikki bog‘lanma fizik holda bitta uskuna asosida amalga oshirish mumkin. GPRSni tez amalga kiritish imkoni bor, masalan, o‘z ichiga SGSN va GGSN bog‘lanmalarni kombinatsiyasi sifatidagi GPRSni kombinasion bog‘lanmasini o‘rnatish mumkin. Keyingi bosqichda esa ularni SGSN va GGSN bog‘lanmalarga ajratish mumkin.

SGSN interfeyslari G interfeyslar (Gh, Gr va h.z) deyiladi, ular ETSI standartlari bilan aniqlangan. Standartlashtirish turli xil ishlab chiqaruvchilarning uskunalari bir-biriga ulash imkonini beradi. UMTS tarmog‘ining bog‘lanmalariga interfeyslar I interfeyslar (Iu, Iur va h.z) deyiladi.


3.3. GPRS terminallari
GPRS bilan ishlashi mumkin bo‘lgan uch sinfdagi abonent terminallari (MS) mavjud.

A sinf: A sinfdagi MS bir vaqtni o‘zida GPRS tarmog‘i va GSM tarmog‘ida ro‘yhatga olinishi mumkin. A sinfdagi MS bir vaqtni o‘zida nutq axboroti va paketlar kommutatsiyali ma’lumotlarni uzatush qabul qilishi mumkin.

B sinf: B sinfdagi MS bir vaqtning o‘zida GPRS tarmog‘i va GSM tarmog‘ida ro‘yxatga olinishi mumkin, lekin har vaqt mobaynida faqat kanallar kommutatsiyali xizmat yoki faqat paketlar kommutatsiya xizmat axborotlari uzatish va qabul qilishi mumkin.

C sinf: C sinfdagi MS bir vaqt mobaynida faqat GPRS tarmog‘ida yoki faqat GSM tarmog‘ida ro‘yxatga olishi mumkin.


3.4. Baza stansiya tizimi (BSS)
GPRS tizimi radiointerfeys bo‘yicha MS bilan o‘zaro ta’sir qiladi, BSS tizimi orqali radiosignallarni uzatadi va qabul qiladi. BSS hamma turdagi xabar uchun radiosignallarni uzatish va qabul qilishni boshqaradi: kanallar kommutatsiya qilish va paketlarni kommutatsiya qilish rejimlarida nutq va ma’lumotlar uzatiladi. GPRSni amalga kiritish baza stansiyalari (BTS) uchun qo‘shimcha dasturiy ma’lumotni talab qiladi.

BSS kanallar kommutatsiya rejimida va paketlar kommutatsiya rejimida uzatilayotgan ma’lumotlarni taqsimlash uchun ishlatiladi, chunki faqat kanallar kommutatsiya rejimida uzatilayotgan xabarlar kommutatsiya markaziga (MSC) yo‘naltiradi. Paketlar GPRSni paketlar kommutatsiya ya’ni bog‘lanmasiga qayta yo‘naltiradi.


3.5. Kommutatsiya tizimi kanallari (CSS)
CSS GSM tarmog‘idagi ananaviy kommutatsiya tizimini (SS) o‘zini namoyon qiladi, u autentifikatsiya markazi (AVC), abonent qurilmalar ma’lumotlar bazasi (EIR), “uy” abonentlar ma’lumotlar bazasi (HLR), o‘zini xizmat ko‘rsatish xududida turgan abonentlar ma’lumotlar bazasi (VLR) va kommutatsiya markazi (MSC) kabi bog‘lanmalarni o‘z ichiga oladi.

GPRS ni amalga kiritishda MSC ning dasturiy ma’lumotini moderizatsiya qilish zarur, bunda kombinatsiyalangan jarayonlarni GSM/ GPRS bajarish imkonini beradi, masalan, MS ni kombinasion ulanish jarayoni IMSI/ GPRS amalga oshirish.

GPRS ni amalga kiritish shlyuzli kommutatsiya markaziga (GSMC) ta’sir ko‘rsatmaydi.

HLR hamma abonentlar ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazasi hisoblanadi, shu bilan birga GPRS xizmatlariga kiruvchi ma’lumotlarni ham o‘z ichiga olgan. Shunday qilib, HLRda kanallar kommutatsiya xizmati uchun ham, paketlar kommutatsiya xizmati uchun ham, ma’lumotlar saqlanadi. Bu axborotlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: GPRS abonentga xizmatlardan foydalanishga ruxsat yoki taqiqlanish, ruxsat nuqtasining matnli ismi (Access Point Name - APN), hamda MS uchun biriktirilgan IP adress ajratilganligi haqida ko‘rsatmalar.

GPRS haqida axborot HLR da PDP (Paket Data Protocol) matn yozilma ko‘rinishda saqlanadi. HLR da bitta abonent uchun 5 PDP matn saqlanishi mumkin. HLR dagi saqlanayotgan axborotlardan foydalanish uchun ruxsat SGSN da amalga oshiriladi. Rouming paytida axborotga murojaat HLR ga amalga oshiriladi, u o‘zining SGSN bog‘lanmasi bilan bog‘lanmagan bo‘ladi.

HLR ni GPRS tarmog‘ida ishlashi uchun uning dasturiy ta’minotini modernizatsiya qilish lozim. AVC GPRS ishlayotganda hech qanday o‘zgartirish talab qilinmaydi. AVC ni GPRS tarmog‘idagi yangi xususiyat nuqtai nazaridan, shifrlash jarayonini SGSN ning o‘zi amalga oshirishi hisoblanadi.

SMS-IW-MSC GPRS funksiyalari bilan MS SMS larni GPRS radiokanallar orqali uzatish va qabul qilishga imkon beradi. SMS-IW-MSC GPRS ishga tushirilayotganda o‘zgartirilmaydi.

Billing shlyuzi

Billing shlyuzi (Biling Gateway - BGW) GPRS ni mobil aloqa tarmog‘iga ishga tushirishga funksiyani amalga tushirish yo‘li bilan yengillashtiradi, billing tizimi GPRS uchun to‘lovlarni hisoblashda boshqarishni yengillashtiradi.

GPRS xizmatlaridan foydalanishga to‘lovlarni hisoblash omili kanallar kommutatsiyali xizmatlar uchun qo‘llaniladigan omillardan tubdan farq qiladi. Asosan ular uzatilgan va qabul qilingan axborotni hajmiga asoslangan, kanallar bandlik vaqtiga bog‘liq emas. GPRS seansi vaqtini uzoq davr davomida aktiv holatda bo‘lishi mumkin, aslida real ma’lumotlar uzatish qisqa vaqt oralig‘ida radioresurslar mavjudligida amalga oshiriladi.

Bu holda radioresurslarni bandlik vaqti ma’lumot hajmi bilan solishtirilganda to‘lov yozish uchun muhim bo‘lmagan omil hisoblanadi.

To‘lov yozish haqidagi axborot SGSN va GGSN lardan olinishi mumkin, ular ishlatadigan interfeys MSC interfeysdan farq qiladi va bu axborot yangi turdagi CDR hisobotlar yartiladi. CDR ning ba’zi bir yangi turlari quyidagilar hisoblanadi:


  • S-CDR, radiotarmoqni ishlatilishi bilan bog‘liq va SGSN dan uzatilgan ma’lumotlar;

  • G-CDR, ma’lumotlar uzatish tashqi tarmoqlar bilan bog‘liq va GGSN dan uzatilgan ma’lumotlar;

  • CDR, GPRSasoslangan qisqa xabarlar xizmatini ishlatilishi bilan bog‘liq ma’lumotlar;

GPRSning bitta seansi vaqt davomida bir necha S-CDR va G-CDR lar generatsiya qilinishi mumkin.

BGW mavjud billing tizimga minimal ta’sir bilan ma’lumotlar uzatish xizmatiga to‘lov yozish imkonini beradi. BGW ma’lumotlarni mavjud billin tizimi tushinadigan formatga aylantirishi mumkin yoki hajmga to‘lov yozish uchun maxsus lashtirilgan yangi billing ilovasini yaratish uchun qo‘llanishi mumkin.

Bu ma’lumot uzatish xizmatini juda tez ishga tushirish imkonini beradi va real vaqt rejimida o‘sha vaqtning o‘zida xizmatlardan foydalanganlik uchun to‘lov yozishni amalga oshirish mumkin.

3.6. Paketlar kommutatsiya tizimi (PSS)

PSS GPRS uchun maxsus ishlab chiqarilgan yangi tizimi hisoblanadi. Bu tizim Internet protokoliga(IP) asoslangan. U paketli kommutatsiya GSN (GPRS Support Node) nomli yangi bog‘lanmalarni o‘z ichiga oladi. Hozirgi paytda GPRS bog‘lanmalarni ikki turi mavjud: GPRSni yordan berish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish bog‘lanmasi (SGSN ) va GPRS ni yordam berish bo‘yicha bog‘lanma shlyuzi (GGSN ). SGSN ning interfeyslari GSM tarmog‘ining standart bog‘lanmalari (elementlari) MSC/BSC kabilar bilan bog‘laydi, GGSN ning interfeyslari esa Internet tarmog‘i yoki koporotiv Internet tarmog‘i kabi ma’lumotlarni paketli uzatish tashqi tarmoqlari bilan bu bog‘lanmani bog‘lab turadi.


3.7. GPRS ni yordam berish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish bog‘lanmasi (SGSN)

SGSN GPRS tarmog‘ida joylashgan (3.2-rasm). Bu bog‘lanma BSC, MSCNLR, SMS- G va HLR bilan o‘zaro ta’sir qiladi. Bu bog‘lanma GGSN va boshqa SGSN lar bilan aloqalarini tashkil qilish uchun ma’lumotlar uzatishning ichki tarmog‘iga (back bone network) ulanadi.



3.2-rasm. SGSN interfeyslari

SGSN ning xizmat ko‘rsatish hududi chegarasida joylashgan hamma GPRS abonentlariga xizmat ko‘rsatadi. SGSN GPRS tarmog‘ida GSM tarmog‘idagi MSC bajaradigan funksiyaga o‘xshash vazifalarni bajaradi. Ya’ni bu bog‘lanma MS ni ulash, o‘chirish (uzish), joylashuv to‘g‘ridagi ma’lumotlarni yangilash va hakozo funksiyalarni boshqaradi. GPRS abonentlari ularni joylashuviga bog‘liq ravishda tarmoqdagi ixtiyoriy SGSN bog‘lanmasi bilan xizmat ko‘rsatilishi mumkin.

SGSN funksiyalari - GPRS tarmoq tarkibida SGSN bog‘lanmasi quyidagi funksiyalarni bajaradi:

MS harakatini boshqaradi (MM-Mobility Management). MM jarayonlari bu interfeys bo‘yicha ishlaydigan, GPRS chaqiriqlari uchun ham, kanallar kommutatsiyali chaqiriqlari uchun ham IMSI ulanish hisoblanadi, joylashuv hududi yangilanishi, GSM va GPRS uchun joylashuv hududi kombinasion yangilanishi, peydjing signallarini uzatish.

MM jarayonlari tarmoqda abonentlarni harakatlanishlarini nazorat qilish imkonini beradi. MM MS ga bir sotadan boshqasiga ko‘chishga, SGSN bir mashurutlashtirish hududidan boshqasiga, GPRS tarmog‘i ichidagi SGSN bog‘lanmalar orasida ko‘chib yurish imkonini beradi.

Seanslarni boshqarish - GPRS ga paketli uzatishli aloqa seansini yaratish PDP kontekstni aktivatsiya qilish deyiladi.

Seanslarni boshqarish (Session Management-SM) ma’lumotlarni paketli uzatish prujinali kontekstini aktivatsiya qilish, bu kontekstni deaktivatsiya qilish va uni modifikatsiyalash ( takomillashtirish) kabilarni o‘z ichiga oladi.

PDP kontekst MS va GGSN larga ulangan terminal orasidagi ma’lumotlar uzatish virtual kanalini ulanish va uzilishi uchun qo‘llaniladi.

So‘ngra SGSN quyidagilarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlarni saqlaydi:



  • PDP kontekst identifikatori – indeks, u aniq bir PDP kontekstni ko‘rsatish qo‘llaniladi.

  • PDP turi. Bu turdagi PDP kontekst maskur paytda IPv7 bilan ulab turiladi.

  • PDP adresi. MS uchun biriktirilgan yoki dinamik beriladigan IP adres.

  • APN (Access Point Name). Nuqtalar bilan taqsimlangan xizmatlar servering nomi, masalan: Wap.mts.uz, wap.beeline.uz va h.z

  • QoS(Quality of sevice) – xizmat ko‘rsatish sifati QoS ga odatda, tezlik va ma’lumotlarni uztish sifati (qabul qilishdagi tekshirishlar soni) kabi larni tasvirlovchi ko‘p sonli parametrlar kiradi.

PDV (ma’lumotlar paketi) MS ga uztilishi yoki MS da olinishidan oldin PDP kontekst SGSN da aktivatsiya qilingan bo‘lishi zarur.

SGSN ga PDP kontekstni aktivatsiya qilish so‘rovi haqida xabar kelganda u ulanishga ruxsat boshqarish funksiyasini so‘raydi. Bu funksiya bitta SGSN bog‘larni chegarasida ro‘yxatga olingan foydalanuvchilar sonini chegaralaydi va har bir hududdagi sifatni nazorat qiladi. Keyin SGSN aniq bir ISP (Internet Service Provider) tarmog‘i yoki ma’lumotlar uzatish korporativ tarmog‘iga (ruxsat etilgan APN ro‘yxatini tekshirish yo‘li orqali) abonentni ulashga ruxsat bor - yo‘qligi tekshiriladi.



Marshrutlashtirish - funksiyasi SGSN va GGSN ikki bog‘lanmaga integrallashtirish tirilgan. Bu IP marshrutizatorning standart funksiyalarni hamda foydali uchun ham va boshqarish trafiki uchun ham ichki yuklanishni taqsimlash uchun qo‘shimcha funksiyalar. Marshrutizator shunday qilib umumiy IP trafikni ham, maxsus GPRS protakolini ham qayta ishlay oladi.

Marshrutlashtirish funksiyalari, jiddiy qilib aytganda GPRS standarti tashkil qiluvchisi hisoblanmaydi, lekin ular GPRS tarmog‘ining muhim qismini tashkil qiladi. GPRS quyidagi marshrutlashtirish bilan ishlash mumkin: RIP v2, OSPF v2, BGP v7.

Hozirgi paytda bog‘lanmalarda sitatistik marshrutlashtirish va OSPF v2 kombinatsiyasini qo‘llash tafsiya qilinadi.

Tarifikasion ma’lumotlarni tayyorlash.

Bu funksiya operatorni abonent harakatlari va uzatilgan axborot hajmi ( uzatilgan ma’lumotlar xajmi SMS) asosida hisob tuzish imkonini, hamda ma’lumotlar uzatish seansining davomiyligi (ulanish, ro‘yxatga olish vaqti, PDR kontekst aktib holatining davomiyligi) haqida yetarlicha ma’lumotlar bilan taminlaydi.

GPRSning imkoniyatlari S-CDR ( SGSN ), G-SDR ( GGSN ) va CDR ( SMS ) uchun to‘lov yozish bo‘yicha ETSI spesifikatsiyalariga to‘laligicha mos keladi.

CDR GPRS bog‘lanmalarida avval vaqtincha saqlash buferiga tushadi unda tahminan 15 minut saqlanadi, keyin ular qattiq diskga yoziladi. Tarifikasion ma’lumotlarni saqlash uchun diskning hajmini 72 soatgacha CDR larni saqlash uchun mo‘ljallangan.

Operator quyidagi parametrlarni shakllashi ( boshqarishi ) mumkin:

- mo‘ljal punkti ( masalan, billing tizim )

- CDR larni saqlash uchun diskdagi maksimal xotira hajmi

- CDR larni maksimal saqlash vaqti

- operativ ( tezkor ) xotiralarni ( RAM ) buferlash taymeri

- operativ xotirani buferlash hajmi

GGSN ni tanlash.

GGSN PDP kontenet, APN va tarmoq konfiguratsiyasi haqidagi ma’lumotlar asosida GGSN ni ( ruxsat berish serverini ham ) tanlaydi.

3.3-rasm. GGSN ni tanlash

U APN ni so‘rovchi abonentga GGSN ni aniqlash uchun ichki tarmoqda uy serverini ( Domain Name Server-DNS ) ishlatadi. So‘ngra GGSN keyinchalik axborotni qayta ishlashga GGSN ni tayyorlash uchun GTP ( GPRS tunneling protocol ) protokoli yordamida tonnelni o‘rgatadi.

GPRS ni birinchi yordam berish bo‘yicha shlyuz bog‘lamasi (GGSN)

GGSN ma’lumotlarni paketli uzatish tashqi IP tarmog‘i yo‘nalishida interfeysni ta’mirlaydi GGSN ISP marshrutizatorlari va xavfsizlik funksiyasini ta’mirlovchi RADIUS serverlari kabi tashqi qurilmalar uchun ruxsat berish funksiyasini ta’minlaydi. Tashqi IP tarmoq nuqtai nazaridan GGSN GPRS tarmog‘i xizmat ko‘rsatayotgan hamma abonentlar IP adreslari uchun mashrutizator kabi ishlaydi. Paketlarni kerakli GGSN ga yo‘naltirish va protakollarni o‘zgartirish ham GGSN bog‘lamasi tomonidan ta’minlanadi.



GGSN funksiyalari - GPRS tarmoq tarkibida GGSN bog‘lamasi quyidagi funksiyalarni bajaradi:

- IP tarmog‘iga ulanish;

- IP pratokoli bo‘yicha ma’lumotlarni uzatish xafsizligini ta’minlash;

- mashrutlashtirish;

- seanslarni boshqarish;

- to‘lov yozish funksiyasiga yordam berish.

IP tarmog‘iga ulanish.

GGSN ruhsat brish serveri yordamida tashqi IP tarmoq bilan bog‘lanishni ushlab turadi. Ruxsat berish serveri foydalanuvchilarni aniqlash uchun RADIUS serverini va IP adreslarni dinamik ravishda tayinlash uchun DHCP serverini ishlatadi.

IP tarmog‘i bo‘yicha ma’lumotlarni uzatish xavfsizligini ta’minlash.

Bu funksiya IP protokolli hamma interfeyslardagi uzatish xavfsizligini ta’minlaydi. Bu funksiya GPRS abonentlarni o‘z korporativ tarmog‘iga (VPN) ulanishda zarur bo‘ladi. IP protokol xavfsizligi funksiyasi uzatilayotgan hamma ma’lumotlarni shirflash imkonini beradi. Bu noqonuniy ulanishdan himoya va kafolatini ta’minlash, ma’lumotlar butunligi va ma’lumotlar manbasini autentifikatsiyasi hisoblanadi. Xavfsizlikni taminlash mexanizmi filtrlash, autentifikatsiya va IP sathida shifrlashga asoslangan.

Seanslarni boshqarish va ma’lumotlar kiritish.

GGSN seanslarni boshqarish jarayonini ushlab turadi (ya’ni aktivizsiya va PDR kontestni modifikatsiyalaydi). Seanslarni boshqarish GGSN bog‘lanmasi to‘g‘risida yoritilganda aytib o‘tilgan.

Marshrutlashtirish ham GGSN bog‘lanmasi uchun tasvirlangandek yuz beradi.

To‘lov yozish funksiyasiga yordam berish.

GGSN har bir xizmat ko‘rsatilayotgan MS uchun XDR lar generatsiya ham qiladi. CDR uztilgan axborot hajmini hisobga olgan fayl va hisoblangan vaqt asosidgi to‘lovni yozish rejimini qo‘llagan holda seanslarni boshqarish jarayoni uchun vaqt belgili ro‘yxatga olish faylini o‘z ichiga oladi.

GPRS ning qo‘shimcha imkoniyatlari - GGSN SMS-GMSC va SMS-IW-MSC yo‘nalishidagi standart interfeysda ishlaydi. Bu SMS ni MSV/VLR o‘rniga GGSN orqali GPRS yordamida uzatish imkonini beradi.

SMS ni GPRS radiokanallar bo‘yicha yetkazish yo‘li bilan operator kanallar kommunikatsiya tarmog‘i orqali SMS ni uzaatish uchun qo‘llaniladigan ajratilgan signalizatsiya kanallarini tejashi mumkin.

GPRS tarmog‘ini ishlatish uchun ro‘yxatga olingan MS lar GPRS radiokanallar orqali SMS larni qabul qilishi va uzatishi mumkin. GPR tarmog‘ida ishlash uchun ro‘yxatga olingan, lekin GSM tarmog‘ida ro‘yxatga olinmagan MS lar faqqat GRS radiokanallar bo‘yicha SMS lar olishi va uzatishi mumkin. GPRS va GSM tarmog‘ining ikkisida ham ro‘yxatga olingan MS lar SMS larni uzatish va qabul qilish uchun GPRS radiokanallari ham, GSM tarmoq radiokanallari ham ishlatishi mumkin. Agar SMS ni uzatish uchun GPRS tarmog‘ining kanali ishlatilsa MS uchun peydjing xabar kelganligidagi haqidagi SMS GGSN orqali uzatilishi mumkin.

3.8. GPRS dagi kanallar

Fizik kanallar - GPRS ni ishlashiuchun uyada kanallar kommunikatsiya ( PS ) ulanishlar uchun kanallar guruhi tayinlangan bo‘lishi kerak. GPRS uchun tayinlangan kanallar ma’lumolarni paketli uzatish yoki PDCh kanallari deyiladi.

Agar taymslot paketli ma’lumotlarni uzatish uchun qo‘llanilsa, unda u paketli kanallar ( PSD – Packet Switch Domain ) umumiy resursga kiradi. Agar taymslotlar kanallar kommunikatsiya uchun ishlatilsa, unda u CSD ga ( Circuit Switch Domain ) kiradi.

SOTALI PDCh kanallar CSD lar uchun trafikka xizmat ko‘rsatuvchi kanallar bilan birga mavjud bo‘ladi. PDCh kanallarni tayinlashga ma’sul paketli uzatishni boshqarish bloki PCU ( Packet Control Unit) hisoblanadi.

Bitta PdCh kanalni o‘zini birgalikda bir nechta GPRS foydalanuvchilar ishlatishlari mumkin. Paketlarni uzatish qabul qilish bo‘yicha TBF-Temporary Block Flow deyiladi.

MS bir vaqtni o‘zida ikkita TBF ga ega bo‘lishi mumkin, bittasi uplink yo‘nalishda, ikkinchisi downlink yo‘nalishda qo‘llaniladi. Har bir TBF raqamlariga ega bo‘ladi, u vaqtinchalik identifikator TFI – Temporary Flow Identity deyiladi.

MS uchun TBF biriktirilganda bitta yoki bir necha PDCh zahiralanadi. GPHS da bir necha PDCh larni birlashtirish imkoniyati mavjud va bu birlashtirish PSET deyiladi, hamda bitta yoki bir necha MSlar bilan ishlatilishi mumkin. Bitta chastotada PDChga bir necha taymslotlar birlashtirilishi mumkin. Kanalni zahiralashdan oldin tizim PSD da bitta yoki bir necha PDCh bo‘sh kanallar borligi haqida ishonch hosil qilish kerak.



Mantiqiy kanallar - GSM tizimida mantiqiy kanallar 10 tadan ko‘p. Bu kanallar turli xil ko‘rinishdagi axborotlar uzatish uchun qo‘llaniladi. Masalan peydjing kanal PCh chaqiriq xabarni uzatish uchun qo‘llaniladi, boshqarish keng uzatishli kanal BCCh bo‘yicha tizim haqida axborot uzatiladi.

GPRS uchun yangi mantiqiy kanallar to‘plamini aniqladi. Ularda ko‘pchiligining nomlari GSMdagi kanallar nomlanishlariga o‘xshash va mos keladi. Mantiqiy kanallarning qisqartma nomlarida “Packet” so‘zini bildiruvchi “P” harfi mavjud, u boshqa harflarni oldida joylashgan, bu GPRS kanali ekanligini ko‘rsatadi. Masalan, GPRSni peydjing kanalini PPCh – Packet paging channel kabi belglanadi.

PBCCh - Packet Broadcast Control Channel GSMdagi BCCh kanal kabi keng polasali uzatishli boshqarish kanali hisoblanaladi va ma’lumotlarni paketli uzatish axborot tizimida ishlatiladi. Agar operator tizimda PBCCh kanalni kirilisa, GPRS tarmog‘ining parametrlari haqidagi axborotlar BCCh orqali uzatiladi.

PPCh - Packet Paging Channel – bu peydjing kanali, va u faqat downlink yo‘nalishida paketli uzatish boshlanishidan oldin MS ga chaqiriq signalini uzatish uchun qo‘llaniladi. PPCh ni paketli kommutatsiyada ham, kanallar kommutatsiyasida ham ulanish o‘rnatish uchun qo‘llanilishi mumkin.

Kanallar kommutatsiyasi rejimi uchun PPCh kanallar ishlatish faqat A va B sinfdagi GPRS terminallari uchun tarmoqda I (NOM q 1) ishlash rejimida mumkin.

PRACh - Packet Random Access Channel faqat uplink yo‘nalishida. PRACh MS da uplink yo‘nalishda uzatish inisializatsiya qilish uchun ma’lumotlarni uzatish yoki signalizatsiya uchun qo‘llaniladi.

PAGCh - Packet Access Granted Channel faqat downlink yo‘nalishida resursni biriktirish haqidagi axborotni uzatish uchun ulanish o‘rnatish fazasida (vaqtida) ishlatiladi. MS ga paketlar uzatilishidan oldin uzatiladi.

PACCh - Packet Associated Control Channel ma’lum bir MS uchun paketli uzatish seansi vaqtida signalizsiya axborotini ko‘chiradi. Signalizatsiya axboroti terminalini chiqish quvvatini boshqarish uchun ko‘rsatmalarni o‘z ichiga oladi. PACCh kanali bo‘yicha resursni tayinlash yoki qayta tayinlanishi haqida xabarlar ham uzatiladi. Bu kanal PDTCh kanallar bilan birgalikda MS tayinlangan resurslarni ishlatishadi. Bundan tashqari, bu kanal bo‘yicha MS paketli kommutatsiya ulanish holatida bo‘lganda kanallar kommutatsiya ulanish o‘rnatilishi uchun mazkur MS peydjing xabar uzatilganligi uchun chaqirishi mumkin.

PTCCh/V - Packet Timing advance Control Channel faqat uplink yo‘nalishda paketli uzatish rejimida bo‘lgan MS dan axborotni yetkazib berish vaqt kechikishiga baho berish uchun Access Burst (ruxsat paketi) uzatish uchun ishlatiladi.

PTCCh/D - Packet Timing advance Control Channel faqat downlink yo‘nalishida bir necha MS lar uchun TA (vaqt kechikishi) qiymatini yangilanish to‘g‘risidagi axborotni uzatish uchun ishlatiladi. Bitta PTCCh/D bir nechta PTCCh/V lar bilan birgalikda qo‘llaniladi.

PDTCh - Bu kanal bo‘yicha ma’lumotlar paketi uzatiladi. Agar bitta taymslotni bir necha MS ishlasa, unda guruhdagi bitta MS uchun bu taymslot vaqtincha biriktiriladi. Agar tizim mul’tislot rejimda ishlasa, bitta MS paketli parallel bo‘ladi.

4. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI
4.1. Baxtsiz xodisalar va ularni tergov qilish
Ishlab chiqarishda sodir bo‘ladigan barcha baxtsiz xodisalarni tekshirish va hisobga olish O‘z.Res.Vazirlar Maxkamasining 1997 yil 6 iyundagi 286 sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomiga asosan olib boriladi.

Baxtsiz xodisa ish boshlanishdan oldin ish davomida ish vaqtidan keyin ish joyida yoki undan tashqarida yuz bersa ham uni tekshirish lozim. O‘tkir zaxarlanish, issiq urish, tananing ba’zi joylarini muzlashi baxtsiz xodisaga kiradi va uni tekshiriladi.

Kamida bir ish kuni yo‘qotilgan baxtsiz xodisa 24 soat davomida tekshiriladi va maxsus forma bo‘yicha (N-1) 3 nusxadan akt tuzilinadi.

Aktda baxtsiz xodisaga uchragan kishi xaqidagi ma’lumotdan tashqari aniqlangan baxtsiz xodisaning sababini va bunday vokea qaytarilmaslik uchun qanday chora tadbirlar ko‘rilganligi haqida axborat beriladi.

Aktni korxona bosh muxandisi tasdiqlab beradi. Aktning bir nusxasi sex boshlig‘iga va u bosh muxandisning belgilagan muddat davomida aktda ko‘rsatilgan masalalarni amalga oshirish kerak. Ikkinchi nusxasi kasaba uyushmalar kumitasiga, uchunchi nusxasi mexnatni muxofaza qilish bo‘limiga nazoratni o‘rnatish uchun yuboriladi. Aktlar 45 yil saqlaniladi.

Ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisa to‘g‘risidagi xabar berish sxemasida

1. Korxona nomi

2. Xodisa yuz bergan sana, vaqt, joy, bajarilayotgan ish va baxtsiz xodisa yuz berilganligi xolatining qisqacha tavsifi

3. Jarohatlanuvchilar soni

4. Jaroxatlanganning ism sharifi

5. Xabar yuborilgan sana, vaqt, xabarni imzolagan shaxsning ismi va lavozimi.

Baxtsiz xodisa tekshirilgandan so‘ng yo‘l ko‘yilgan xatoliklar kaytarilmasligini ta’minlash uchun buyruk e’lon qilinadi.

Baxtsiz xodisa o‘lim bilan tugasa yoki og‘ir jarohatlanish bo‘lgan bo‘lsa, bunda maxsus komissiya tuziladi. Komissiya tarkibida kasaba uyushmasining texnik nazoratchisi, yuqori xo‘jalik tashkilotining xodimlari, davlat nozorat organlari xodimlari va umumiy baxtsiz xodisani tekshirishda ishtirok etadigan xolimlar qatnashadilar.

Tekshirish tez kunlarda o‘tkazilib, 7 kun ichida tayyor bo‘lishi kerak. Aktga baxtsiz xodisani ko‘rgan guvoxlarning ko‘rsatmalari, tibbiy ekspert xulosasi, baxtsiz xodisa yuz bergan joyning fotosur’ati va komissiya chiqargan xulosasini tasdiqlovchi boshqa materiallar bo‘lishi kerak. Aktda baxtsiz xodisaga javobgar shaxsning ism sharifi va lavozimi yozib qo‘yiladi.

O‘z.Res.sida kasbiy zaharlanish va kasb kasalliklarining oldini olish uchun kerakli konun va tavsiyanomalarni ishlab chiqarish va tasdiqlash, shuningdek va kasb kaslligi vujudga kelganda ularni xisobga olish va tekshirish ishlari O‘z.Res.si Sog‘liqni saqlash vazirligi tashkilotlariga topshirilgan.

Jaroxatlanish va kasb kasalliklarini urganish usullari. Baxtsiz xodisalar sababini o‘rgnish va taxlil qilishda statistik, topografik, monografik, erganomik, iqtisodiy va boshqa usullar qo‘llaniladi.

Statistik usuli N-1 shakildagi dalolatnomadagi baxtsiz xodisalarni tavsiflovchi ma’lumotlarga asoslangan Bu usul orqali jarohatlanishning quyidagi asosiy nisbiy ko‘rsatgichlar: tez-tez -takrorlanish koeffisenti Kt va og‘irlik koeffisenti K ish vaqtini yo‘qotish, o‘lim sonini ko‘rsatish koeffisenti Kp va jarohatlanish darajasini aniqlash Ku.

Jarohatlanishning tez-tez takrorlanish koeffisenti

Kt=1000 T1/R

bu yerda: T1- tekshirilayotgan davr ichida jarohatlanganlar soni: R-shu davr oraligida ishlagan ishchilarning o‘rtacha soni.

Jarohatlanishning og‘irlik koeffisenti Kog xisobot davridagi ishga yaroqsiz kunlar sonini tekshirilayotgan davr ichida jarohatlanganlar soniga nisbati bilan aniqlanadi.

Kog=Dya/t1

bu yerda Dya –hisobot davridagi ishga yaroqsiz kunlar soni.

Ish vaqtini yo‘qotish koeffisenti Ky 1000 kishi hisobiga hisob kitob qilinadi va quyidagicha aniqlanadi:

Ka =1000DYa/R

O‘lim miqdorini ko‘rsatuvchi koeffisent Ku o‘zicha o‘lim bilan tugagan xodisalarning Iu sonini 10 darajasi 4 ga ko‘paytmasini o‘rtacha ishchilar soniga nisbatidir:



Ku=10Iu/R

Topografik usulda baxtsiz xodisa sodir bo‘lgan joy aniqlaniladi. Buning korxona bosh rejasida baxtsiz xodisa bo‘lgan joy shartli belgi bilan belgilaniladi. Bunda baxtsiz xodisalar tez-tez takrorlanadigan joylar yaqqol ko‘rinadi, bu esa ularning sodir bo‘lish sabablarini yo‘qatishga doir shoshilinch choralar ko‘rishga imkon beradi.

Monografik usulda anik ish joyi texnik jarayonda yuzga kelgan zararli yoki xavfli omillar taxlil kilinadi Bu usuldan foydalangan xolda,baxtsiz xodis sodir bo‘lagan barcha xolatlarni chuqur o‘rganiladi.

Ergonomik usulda mexnat turlarining o‘ziga xos tomonlari ergonomik omillarning mexnat xavfsizligiga ta’sir darajasi baxolanadi.

Iqtisodiy usullarida ishlab chiqarishdagi jarohatlanishdan keltirilgan iqtisodiy zarar, shuningdek mexnat xavfsizligiga sarflangan mablag‘ning to‘g‘ri taqsimlanishi baxtsiz voqeani oldini olishga ketgan xarajatlarni samaradorligini aniqlaniladi. Bu usul qo‘shimcha usul bqlib xisoblaniladi chunki u baxtsiz xodisalarni aniqlashga imkon bermaydi.

4.2. Aloqa korxonalari va tashkilotlarida mehnat  muxofazaci bo‘yicha ishlarni tashkil qilish va ularning bajarilishi uctidan nazorat
Aloqa xodimlari kacaba uyushmalari yoki viloyat kacaba uyushmalari kengashining texnik nazoratchici ictalgan vaqtda mashina uckunalari, mexanizmlar muvofiqligini, Texnika Xavfcizligi qoidalari talablari, ishlab chiqarish va yordamchi binolarning canitar axvolini, canitariya me’yorlari talablari, mehnat va dam olish rejimiga amal qilishni, maxcuc kiyim-bosh, maxcuc poyafzal, maxcuc oziq-ovqat va ximoya vocitalarining o‘z vaqtida berilishini tekshirish uchun aloqa korxonacini ko‘zdan kechirish xuquqiga ega.

Xar bir korxonada kacaba uyushma raici caylanadi, uning qoshida jamoa shartnomacini bajarilishini nazorat etuvchi katta jamoat nazoratchici boshchiligidagi mehnatni muxofaza qilish komicciyasi ishlaydi, baxtciz xodicalarni tekshirishda, shuningdek, TX qoidalarini bilishlarini tekshirishda ishtirok etadi.

Sexlar va bo‘limlarda kacaba uyushmalari a’zolaridan apparaturalar, acboblarning yaroqligini, ishchi joylarda to‘ciqlarni, blokirovkalarni, xicoblash qurilmalari va icitish tizimlari ishini, yoritilish axvolini nazorat qiluvchi va tozalik xamda tartibga rioya etuvchi mehnat  muxofazaci jamoat nazoratchici tanlanadi. U ishchi joyida inctruktaj (yo‘l-yo‘riq) o‘tqazilishi, sexning barcha xodimlari tomonidan Texnika Xavfcizligi yuriqnomalarini o‘rganish, ish vaqti va tartibi rejimi, ta’tillar berilishi, xordiq kunlari, ishchilarni ximoya vocitalari bilan ta’minlashni nazorat etadi. Butun aniqlagan kamchilik va nuqconlar xaqida jamoat nazoratchici sex uctaci yoki boshlig‘iga xabar qilishi va uni ishlab chiqishi lozim. Mehnat  muxofazaci bo‘yicha barcha komicciya a’zolari jamoa shartnomaciga kiruvchi MM bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqishda ishtirok etadilar.


Yüklə 324,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə