Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021


UYGA VAZIFA TAKRORLASH UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/265
tarix26.02.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#101546
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   265
Informatika 11-sinf UZ

UYGA VAZIFA
TAKRORLASH UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
E’tiborli bo’ling!
Maydonlarga ma’lumot kiritishda ularni ma’lum bir formatga keltiring. Misol uchun sinflar haqidagi 
maydonga sinf raqami(1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11), chiziqcha(-) va sinf turi(a, b yoki c) ko’rinishida 
(“5-a” yoki “9-b”) ma’lumot kiritish foydalidir. Siz ayrim kataklarga “5-a” ko’rinishida, boshqa 
kataklarga “5-a sinf” ko’rinishida ma’lumot kirgizishingiz keyinchalik ularni saralashda xatoliklarga 
olib keladi.


4-DARS
MA’LUMOTLAR BILAN ISHLASH
29
Foydali ma’lumot
Ochiladigan ro‘yxat yaratish
Ochiladigan ro‘yxat “jinsi”, “sinfi” yoki “lavozimi” nomli maydonlarni ma’lumot bilan to‘ldirishda 
qo‘l keladi. Ro‘yxat “Конструктор” rejimidagi maydon ma’lumot turini tanlash vaqtida 
yaratiladi. Bunda jadvalga ma’lumot yozilmaydi, balki ro‘yxatdan tanlanadi. Uni quyidagicha 
yaratish mumkin:

1) birorta jadval tanlanadi va “Конструктор” rejimiga o‘tiladi;

2) ochiladigan ro‘yxat yaratish lozim bo‘lgan maydon (“jinsi”) tanlanadi va ma’lumot turi 
o‘rnatiladi. Deylik, “Короткий текст” tanlansin 
(1);

3) “Мастер подстановок” tanlanadi
 (2);

4) “Будет введен фиксированный набор значений” oldidagi aylana tanlanadi 
(3);

5) “Далее” tugmachasi bosiladi 
(4);

6) har bir qatorga qiymat kiritiladi. “jinsi” maydoni ikki xil qiymatni qabul qilishi mumkin. 
“Erkak” va “Ayol” 
(5);

7) “Готово” tugmachasi bosiladi 
(6);

8) Natijani ko‘rish uchun “Режим таблицы” tanlanadi;

9) ma’lumot kiritish uchun “jinsi” maydoniga bosiladi. Natijada, ro‘yxat paydo bo‘ladi. U 
yerdan mos qatorni tanlash bilan yozishni tugatish mumkin

Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə