Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021


SUN’IY INTELLEKT TUSHUNCHASI VA UNING RIVOJLANISH TARIXI



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/265
tarix26.02.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#101546
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   265
Informatika 11-sinf UZ

SUN’IY INTELLEKT TUSHUNCHASI VA UNING RIVOJLANISH TARIXI
SUN’IY INTELLEKT TUSHUNCHASI VA UNING RIVOJLANISH TARIXI
I BOB. 
BIG DATA VA DATA MINING
70
Saralangan ma’lumotlar asosida foydali axborotlarni yaratish 
Bu bosqich ko‘proq inson intellekti bilan bog‘liq. Ma’lumotlarni saralash foydalanuvchiga bir 
qancha muhim ma’lumotlarni taqdim etadi. Foydalanuvchi esa shu ma’lumotlar asosida o‘z 
faoliyatini amalga oshiradi va samaradorlikka erishadi. 
Misollar
1. Facebook ( va boshqa Internet gigantlari) foydalanuvchilar shaxsiy 
ma’lumotlarini to‘playdi. To‘planayotgan ma’lumotlar hajmi vaqt 
o‘tgan sayin ko‘payib boradi. Ma’lumot qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha 
ko‘p foydali ma’lumotni saralash mumkin. Ushbu ma’lumotlardan 
foydalanish huquqiga ega bo‘lgan kompaniyalar, jismoniy shaxslar 
va Facebook ma’lumotlar to‘plamidan foydalilarini ajratadi. Ajratilgan ma’lumotlarni kichikroq 
ma’lumotlar bazasida saqlaydi. Saqlangan ma’lumotlarni tahlil qilish orqali foydalanuvchilarning 
do‘stlari va do‘stlarining do‘stlari, yashash manzili, yozishmalar tahlili, tarmoqdagi harakatlari 
kabilarni tahlil qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu ma’lumotlar keyinchalik profil egasining 
hozirgi emotsional holatini aniqlashi, uning holatidan kelib chiqib, xabarlarni lentaga saralashi, 
do‘stlarni taklif qilishi, reklama yoki tijoriy takliflarni berishi mumkin. 
2. Data Mining orqali telekanal faoliyatini tahlil qilish quyidagi ma’lumotlarni taqdim etadi: 

tomoshabinlar soni;

kanalni kunning qaysi vaqtida ko‘proq foydalanuvchi ko‘rishi;

tomoshabinlarning demografik joylashuvi.
Bu ma’lumotlar televideniye rahbariyatiga kelajakda qaysi film yoki ko‘rsatuvni qaysi vaqtda 
qo‘yishi, reklama narxlarini vaqtga qarab belgilashida yordam beradi. Bu orqali kelajakda 
televideniye kanali muxlislarining soni oshishiga erishish mumkin.
Bugungi kunda Data Mining texnologiyasidan Google, Instagram, Facebook, Uber, Netflix kabi 
gigant kompaniyalar faol foydalanishmoqda.

Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə