Va ijtimoiy geografiyasi



Yüklə 9,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/144
tarix28.04.2023
ölçüsü9,8 Mb.
#107562
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   144
Geografiya. 8-sinf (2014, P.Musayev, J.Musayev)

Rangli metallurgiya:
a) rangli metallarni qazib chiqarish; b) boyitish; 
d) eritish; e) qotishmalar ishlab chiqarishni o‘zida birlashtiradi. Rangli 
metallurgiya mamlakatni elektrlashtirish, uning mudofaa qudratini mustah-
kamlash, atom texnikasi, samolyotsozlik, raketasozlikni rivojlantirish, 
umuman, mashi nasozlik va kimyo sanoati uchun juda zarurdir. 
Rangli metallar bir qancha gu ruh larga bo‘linadi. Bu bo‘ linish asosida 
rangli me tallurgiya – og‘ir metallar me tallurgiyasi, yengil me tallar me tal-
lur giyasi va boshqalarga bo‘linadi (2-jadval). 
Ilgari O‘zbekistonda faqat qimmatbaho metallar qazib chiqarilgan. 
Endilikda og‘ir metallarni ham, qiyin eruvchi metallarni ham ishlab chiqa -
rish yo‘lga qo‘yilgan. Ularni olishda juda ko‘p elektr energiya sar
fl
anadi. 
Bunday ishlab chiqarishlar ko‘p energiya talab qiladigan ishlab chiqarish 
deyiladi. 
Mamlakatimizda oltin, mis, qo‘r g‘oshin, rux, volfram, molibden, xrom 
va boshqa rangli hamda nodir metall rudalarining zaxirasi ko‘p. Faqat mis 
konlarining o‘zi 15 tadan ortadi. 
Xaritadan mis konlarining o‘rnini aniqlang.
Angren–Olmaliq kon sanoati rayoni mamlakatimiz rangli metallurgiya 
sanoatida alohida ahamiyatga ega. 
Mis rudasi
tarkibida molibden, oltin, 
kumush kabilar birga uchraydi. Bu yerda mis eritish zavodi va Olmaliq 
kon-metallurgiya kombinati ishlab turibdi. Kombinat Qalmoqqirkon, 
Qo‘rg‘oshinkon konlari, qo‘rg‘oshin-rux 
boyitish fabrikasi,
elektr stansiyasi 
va bir qancha yordamchi korxonalardan iborat (31-rasm). Konchilarning obod 
shahri – Olmaliq kon o‘zlashtirilishi jarayonida barpo bo‘lgan. 
2- j a d v a l
Rangli metallarning guruhlarga bo‘linishi
Asosiy guruhlar
Boshqa guruhlar
Og‘ir
metallar
Yengil 
metallar
Qimmatbaho
metallar
Qiyin eruvchi
metallar
Mis, qa layi, qo‘r-
g‘o shin, ni kel, rux
Aluminiy, 
magniy, titan
Oltin, kumush, 
platina
Nodir
metallar
Volfram, 
molibden
Uran, germaniy 
va boshqalar


42
?

Yüklə 9,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə