Va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti


Ta’lim jarayoni uch asosiy komponentdan tashkil topadi



Yüklə 424,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix11.10.2023
ölçüsü424,88 Kb.
#127021
1   2   3   4   5   6   7   8
Ta’lim jarayoni uch asosiy komponentdan tashkil topadi: 

ta’lim 
standartlari, 
o‘quv 
dasturlari 
va 
rejalari 
(curriculum) 

o‘qitish metodikasi va o‘qitish materiallari (pedagogy) 

baholash usullari (assessment) 
O‘quv dasturlari va rejalari ta’lim maqsadlarini belgilaydi. 
Ushbu maqsadlarga mos ravishda o‘qitish metodikasi va o‘quv materiallari 
tanlanadi. Agar ushbu uch komponent bir- biriga uyg‘un bo‘lsa, ta’lim tizimi 
samarali ish olib borayotgan bo‘ladi. 
Baholash ta’limiy maqsadlarga qay darajada erishganligini namoyish qilish 
imkonini beradi. Baholash – o‘lchash jarayoni bo‘lib, bunda bilim, ko‘nikma, 
kompetensiyalar o‘lchanadi. 
“Baholash nazariyasi asoslari” nomli kitobda pedagogik o‘lchovlar 
nazariyasining konseptual apparati, ta’limda o‘lchov natijalarining ishonchliligi va 
validligi haqida hamda Pedagogik o‘lchovlarning ob’ektivligi, o‘lchov fazosi 
o‘lchami, o‘lchovlarning darajasi va shkalalari haqida ma’lumotlar keltirilgan. 
Shuningdek, xulosa, amaliy topshiriqlar va muhokama uchun savollar berilgan. 
Pedagogik o‘lchovlar- ta’lim oluvchilarda bilim, ko‘nikma, malaka, 
kompetensiyalarning shakllanganlik darajasini o‘lchash (aniqlash) usullari va 
vositalarini ishlab chiqish hamda qo‘llaydigan pedagogika sohasi.
2
Baholash – biron-bir domenning test topshiruvchilarda shakllanganlik 
darajasini o‘lchash bo‘lib, quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: 

bilvosita; 

maxsus yaratilgan topshiriqlar yordamida; 

cheklangan sondagi topshiriqlar yordamida. 
Pedagogikada o‘lchashning mohiyatini tushunish uchun domen va konstrukt 
tushunchalarini bilish kerak. 
Baholashning asosiy tushunchalari mavjud. 

Domen
– bilim, ko‘nikma, malaka, kompetensiyalar majmui. 
Masalan, 6- sinf ona tili darslarida so‘z turkumlaridan fe’l o‘tildi: harakat va 
holat fe’llari, o‘timli va o‘timsiz fe’llar, fe’l nisbatlari, aniq nisbat, o‘zlik nisbat, 
majhul nisbat, orttirma nisbat, orttirma nisbat qo‘shimchalarining ishlatilishi
birgalik nisbat, fe’lning vazifa shakllari, ko‘makchi fe’llar, fe’llarning tuzilishiga 
2
Komil Jalilov “Baholash nazariyasi asoslari”


ko‘ra turlari, fe’lning ma’noviy guruhlari, fe’llarning munosabat shakllari haqida 
ma’lumot berildi. Fe’llarni o‘g‘zaki va yozma nutqda to‘g‘ri qo‘llay olish 
ko‘nikmalari shakllantirildi. Ana shu 6-sinf uchun fe’l bilan bog‘liq bilim, 
ko‘nikma, malaka va kompetesiyalar yig‘indisi 
domen
hisoblanadi. 
Ta’limning har bir bosqichi uchun tegishli domen ta’lim standartlari va 
o‘quv darslarida belgilab beriladi. Davlat ta’lim standartlarida maktab o‘quvchilari 
egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalar majmui 
(domen) har bir fan bo‘yicha aniq qilib berilgan. 


Yüklə 424,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə