Va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti



Yüklə 424,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix11.10.2023
ölçüsü424,88 Kb.
#127021
1   2   3   4   5   6   7   8
Konstrukt
– o‘lchanishi lozim bo‘lgan xususiyat.
Ta’lim jarayonida o‘quvchi biron- bir domenga tegishli bilim, ko‘nikma, 
malaka va kompetensiyalar qay darajada shakllanganliginibilish uchun qaysi bilim, 
ko‘nikma, malaka, kompetensiyalarni o‘z ichiga olishini hamda shu domenga xos 
qaysi konstruktlarni (xususiyatlarni) o‘lchash kerakligi aniqlab olinadi. Shundan 
keyin o‘quvchining qanday topshiriqlarni bajarishi orqali mazkur konstruktlarni 
kuzatib baho berish mumkin. 
Masalan, 9-sinf adabiyot darsida o‘quvchining doston haqidagi olgan 
bilimlarini bilish uchun bu domen qanday konstruktlarni o‘z ichiga olganligini 
aniqlash lozim bo‘ladi, ya’ni dostonning o‘ziga xos xususiyatlarini bilish, talqin 
qilish kabi. Shunday qilib, o‘quvchiga shu konstruktlarni bilish imkonini beruvchi 
topshiriqlarni bajarish orqali uning mazkur mavzuga tegishli bo‘lgan domenni qay 
darajada egallaganligi to‘g‘risida xulosa chiqarish mumkin bo‘ladi. 
PISA tadqiqotlarida kreativ fikrlashni baholash uchun qancha koʻp domenlar 
qamrab olinsa, konstruktning qamrab olishi shunchalik yaxshi boʻladi.

“Kreativ ifodalash” deganda shaxsning ichki dunyosini 
(kechinmalarini) oʻzgalarga yetkazib berish hollari tushuniladi. Ushbu 
mavzu mazmun sohasi, oʻz navbatida, “yozma ifodalash” va “vizual 
ifodalash” sohalariga (domenlari ga) boʻlinadi. 
PISA tadqiqotida kreativ fikrlashni baholash keng mavzudagi mazmun 
sohalariga e’tibor qaratadi: “kreativ ifodalash” va “bilim yaratish hamda 
muammoni kreativ hal qilish”. Ushbu sohadagi kreativ faollikka oʻziga xoslik 
(originallik), estetika, xayolot, emotsional mazmun va reaksiya xosdir. Aksincha, 
“bilim yaratish hamda muammoni kreativ hal qilish” sohasidagi ijodiy faollikka 
ochiq (yagona toʻgʻri javobi boʻlmagan) savol va muammolarni tadqiq etish bilan 
bogʻliq kreativ fikrlashning amaliy koʻrinishlari kiradi. Bu soha, oʻz navbatida, 
“ilmiy muammoni hal qilish” va “ijtimoiy muammoni hal qilish” sohalariga 
(domenlariga) boʻlinadi. Ushbu sohalarda, kreativ faollik afzalroq natijaga 
vositadir, shuning uchun oʻziga xos, innovatsion, taʼsirli va samarali yechimlarni 
taklif etish deb taʼriflanishi mumkin. Ushbu toʻrt baholash sohalari real hayot va 
kundalik ijodiy fikrlash mohiyatini aks ettirib, 15 yoshli oʻquvchilar, odatda, 
mashgʻul boʻlishi mumkin boʻlgan kreativ fikrlash faoliyatini nisbatan darajada 
qamrab oladi. 


Ular ijodiy fikrlashning maktabdagi barcha ehtimoliy ifodasini qamrab 
ololmasa ham, kreativ fikrlash konstruktini yetarli darajada qamrab oladi, 
shuningdek, PISA baholashining turli logistik va texnik cheklovlarini inobatga 
oladi.
3

Yüklə 424,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə