Va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti



Yüklə 424,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix11.10.2023
ölçüsü424,88 Kb.
#127021
1   2   3   4   5   6   7   8
Validlik dalillari: 

testning mazmuni bilan bog‘liq dalillar; 

test topshiriqlarini bajarish jarayoni bilan bog‘liq dalillar; 

testning ichki strukturasi bilan bog‘liq dalillar; 

testning boshqa o‘zgaruvchilar bilan bog‘liqligi asosidagi 
dalillar; 

testning oqibatlari bilan bog‘liq dalillar. 
(Standards, 1999, 2014.) 
VALIDLIK – 
(ing. “haqiqiy deb tan olish”, “tasdiqlash”) test natijalarini 
baholashdagi asosiy mezon. Validlik tushunchasi progmatik g‘oyaning asosiy 
amali deb biladi, shaxsning psixologik xususiyatlarini tekshira oladi. Ilgari validlik 
so‘zining ma’nosi “testning sifati” tushinilgan bo‘lsa, hozirgi paytda “test 
natijalarini interpretatsiya qilmoq” bo‘lib, asosiy tushuncha borligi va test 
natijalarini qo‘llash tushiniladi. Validlik tushunchasi testning sifatini emas, balki 
testning natijalari bilan o‘xshash taraflarini ko‘rsatadi. 
Amerikalik olima A.Anastazining mulohazalariga qaraganda TEST ning 
VALIDLIGI – “testni o‘lchovchi” va “ o‘zgartiruvchi” degan ma’noni beradi. 
Validlik bizga metodikaning qo‘llanishiga yaroqli yoki yaroqsizligini aniqlab 
beradi. Validlikni nazariy jihatlarini o‘rganuvchi eng keng qo‘laniladigan usul bu 
konvergent validlik hisoblanadi. Boshqa metodikalar bilan taqqoslash diskreminant 
validlik hisoblanadi. Keyingi validlik bu progmatik validlik hisoblanadi. Bu 
metodikaning amaliy jihatdan qanchalik yaroqli ekanligini tekshiradi. 
Validlikning bir necha turlari mavjud. Ular quyidagilar: 
5
https://uz.larafornm.com/validity-9#menu-1 
6
Baholash nazariyasi asoslari. Komil Jalilov 


1) konkurent validlik; 
2) prognostik validlik; 
3) konseptual validlik; 
4) ichki validlik; 
5) differensial validlik. 
1. Konkurent validlikbu – validlik turi baholash korrelyatsiyasi yig‘indisini 
testlardagi boshqa validlik turlarini o‘rganishni yanada soddalashtirib beradi. 
2. Prognostik validlik – testlarning darajasini, axborotini, xarakter darjasini 
aniqlik ko‘rsatkich asosida belgilab beradi. Bu validlik turida vaqtni 
o‘lchanganligini ko‘rsatadi. 
3. Konseptual validlik – bunda operatsional validlik tushinaladi
interpretatsiya usulining adekvatliligi, u termin va atamalarning to‘g‘ri 
qo‘llanishini ta’minlaydi. Konseptual validlik 1955- yili L. Kronbax tomonidan 
tasdiqlangan, nazariy tuzilgan testni o‘zgaruvchanligi bilan bog‘liq. Bir mezonni 
topish qiyin bo‘lganda gipotezaga nazar tashlanadi. Bu gipotezalarning tasdig‘i 
nazariy asoslanish bilan ko‘riladi. Konseptual validlik validliklarning ichida eng 
murakkab deb tan olinadi. Bunda bir natija o‘rniga ko‘plab natijalarni qayd etish 
lozim. 
4. Ichki validlik – bu validlik turi ham boshqalarini bir- biri bilan bog‘lashni 
ta’minlaydi. Bu validlik turi alohida muolajadan iborat bo‘lib belgilash, aniqlash 
bir necha ko‘rinishlar asosida tajribada to‘liq amalga oshadi. 
5. Differensial validlik – validlikning bu turi testlardagi qiziqish 
darajalarining taqqoslanishiga sabab bo‘ladi. Misol uchun, ikkita masalaga doir 
yechimni olaylik. Bunda uning sababini aniqlashga harakat qilinadi. Yechimni 
topish usullari ko‘riladi. Topilmaning yechimlari o‘zaro solishtirilib bir- biri bilan 
taqqoslanadi. Validlikning bu turi ham psixik umumiylikni o‘zaro taqqoslaydi.
7

Yüklə 424,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə