Va terrorizmga



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/68
tarix23.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#156398
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   68
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning manaviy-marifiy asoslari

Tohir Qodiriy
Pokistonlik hanafiy ulamo,
 «Xalqaro Qur’on yo‘li» tashkilotining asoschisi.
* * *
2014­yil 22­aprelda qabul qilingan «O‘zini­o‘zi turli yo‘llar bi­
lan qasddan o‘ldirishning og‘ir gunohligi haqida»gi O‘zbekiston 
musulmonlari idorasi fatvosida shunday deyiladi: 
Keyingi vaqtda jamiyatimizda ayrim kishilar bilib­bilmay, 
ayniqsa xotin­qizlar o‘zlarining jonlariga qasd qilib, Alloh taolo 
ato qilgan hayot nurini bevaqt o‘chirishga, ikki dunyoda abadiy 
la’natga va do‘zax azobiga duchor bo‘lishdek og‘ir gunoh qilishga 
o‘tmoqdalar. Islom ta’limotida inson o‘z joniga qasd qilishi qat­
tiq qoralanadi, ushbu ishni qilgan osiy banda jahannam o‘ti bi­
lan azoblanishi ta’kidlanadi. Alloh taolo aytadi: «...o‘z qo‘llarin­
giz bilan o‘zlaringizni halokatga tashlamangiz! (Barcha ishlarni) 
chiroyli qilingiz. Albatta, Alloh chiroyli (ish) qiluvchilarni yaxshi 
ko‘radi» 
(Baqara, 195)
.
Rasululloh (s.a.v.) o‘z hadisi shariflarida bunday deydilar: «Kim 
tog‘ tepasidan tashlab, o‘zini­o‘zi o‘ldirsa, o‘lgandan so‘ng jahan­
namda ham shu xil azobga giriftor bo‘ladi. Agar zahar ichib o‘zini­
o‘zi o‘ldirsa, jahannamda ham abadiy shu azobga mubtalo bo‘ladi. 
Kim o‘zini temir parchasi bilan o‘ldirsa, o‘sha kimsa temir par­
chasini qorniga suqqan holda jahannam o‘tida abadiy qoladi».
Yana Imom Buxoriy rivoyat qilishlaricha, Hazrati Rasuli 
akram (s.a.v.) aytadilar: Alloh taolo hadisi qudsiyda marhamat 
qiladi: «Bandam o‘zini­o‘zi o‘ldirib, mening unga bergan umrim­
ga shukur qilmay, shoshildi. Shuning uchun unga jannatni abadiy 
harom qildim».
1
Tohir ul-Qadri. Fatwa on terrorism and suicide bombings. Printed by Biddles 
Book Printers, Norfolk UK, 2010. – P. 93–94.


134
Jahondagi nufuzli islom muassasalari va ulamolari o‘zini tur­
li portlovchi vosita bilan portlatish orqali begunoh odamlarning 
o‘limiga sabab bo‘lish shar’an harom amal ekanligini ta’kidlagan­
lar. Bu ishni Islomga hech bir aloqasi yo‘q. Bu gunoh ishni amal­
ga oshirganlar kim bo‘lishidan qat’i nazar Alloh taoloning azo­
biga uchraydi, deb alohida uqtirishgan.
* * *
2002­yilda bo‘lib o‘tgan «Islom Olami Robitasi qoshidagi Is­
lom Fiqhi Akademiyasining terrorizmga munosabati» haqidagi 
Makkai mukarrama bayonotida shunday deyiladi:
Ekstremizm, kuch ishlatish va terrorizmning islomga hech 
qan day aloqasi yo‘q. Bu ishlar xatarli ishlar bo‘lib, ular o‘ta sal­
biy oqibatlarga olib keladi. Ularda insonga tajovuz qilish, zulm 
qilish bor. Shariatning ikki manbayi Allohning Kitobi va Nabiy 
(a.s.) sunnatini o‘qigan kishi ularda o‘zgalarga nohaq tajovuz qi­
lish kabi ekstremizm, kuch ishlatish va terrorizmning hech qan­
day ma’nosini topmaydi.
Islom dinida shaxslar va guruhlarga mo‘tadil bo‘lish, eks­
tremizmni tag­tomiri bilan yo‘qotish, ularga olib boruvchi din­
da chuqur ketishga yo‘l qo‘ymaslikka ko‘rsatmalar bor. Chunki 
bularda aniq halokat bordir. Rasululloh (a.s.) aytganlar: «Din­
da chuqur ketmanglar. Sizlardan oldingilarni dinda chuqur ketish 
halok qilgan» 
(Imom Ahmad va Nasoiy rivoyati).
Islom qo‘rqitish, vahimaga, sarosimaga solish, nohaq o‘ldirish­
ga olib boruvchi yomon illatlarni davolagan. Rasululloh (a.s.): 
«Musulmonga boshqa musulmonni qo‘rquvga solish halol emas», 
deganlar 
(Abu Dovud rivoyati).
Yana Nabiy (s.a.v.): «Kim birodari­
ga bir temirni o‘qtalsa, o‘sha ishini to‘xtatmaguncha farishtalar 
uni la’natlab turadi. Agar u ota yoki ona bir aka yoki ukasi bo‘lsa 
ham», deganlar 
(Imom Muslim rivoyati).
Islomda jihod haqqa yordam, zulmni qaytarish, adolat, tinch­
lik va omonlikni qaror toptirish, Rasululloh (a.s.) olib kelgan rah­
matga yo‘l ochish uchun joriy qilingan. Bu rahmat odamlarni 
zulmatlardan nurga chiqarish uchundir. Bu esa terrorizmning 


135
barcha ko‘rinishlariga barham beradi. Zero, urush ma’nosidagi ji­
hod Vatan himoyasi uchun bosqinchilikka, boyliklarning o‘g‘ir­
lanishiga, odamlarni o‘z yurtlaridan chiqarishga yordam beradi­
ganlarga, ahdlarini buzadiganlarga, musulmonlarning dinlarida 
fitnalanishiga qarshi joriy qilingan.
Islomda jihodning o‘z odob va hukmlari bor. Ularga ko‘ra, 
urushmagan kishilar, keksalar, ayollar va bolalardan iborat be­
gunoh insonlarni o‘ldirish taqiqlanadi. Qochganlarni quvlash, 
taslim bo‘lganlarni o‘ldirish, asirlarga ozor berish, o‘lganlarning 
jasadidan a’zolarini kesish, urushga aloqasi yo‘q bino va inshoot­
larni vayron qilish man qilinadi. Yurtlarni talayotgan, muqad das 
narsalarni toptayotgan, boyliklarni o‘g‘irlayotgan zolimlarning 
zo‘ravonligi bilan zulm ko‘rganlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash 
yo‘lida qonuniy himoya huquqini amalga oshirishini tenglashtir­
maslik kerak. 
* * *
2002­yil 3­aprelda qabul qilingan «Xalqaro terrorizm haqida»­
gi Kuala Lumpur Deklaratsiyasida shunday deyiladi: 
«Biz, o‘zimizning asosiy qonunlarimizga sodiq ekanimizni, is­
lom ta’limoti odamlarni qirg‘in qilishdan nafratlanishini, tinch­
likni, matonatni va o‘zaro hurmatni qadrlashini, shu bilan birga, 
begunoh insonlarni o‘ldirishni taqiqlashini yana bir bor ta’kid­
laymiz. Biz, terrorizmga aloqador har bir holatni islom va musul­
monlarga bog‘lashni rad etamiz. Chunki terrorizm hech qaysi bir 
dinga, madaniyatga yoki millatga daxldor emasdir».
* * *
2005­yil 6­iyulda qabul qilingan «Islom haqiqati va uning 
zamonaviy jamiyatda tutgan o‘rni» haqidagi Amman (Iordaniya) 
Deklaratsiyasida shunday deyiladi:
«Ahli sunna val­jamoaning to‘rt mazhabi: hanafiy, molikiy, 
shofe’iy, hanbaliy, shuningdek ja’fariy, zaydiy, ibodiy va zohiriy 
mazhablariga ergashuvchi har bir shaxs musulmondir. Uni ko­
fir deyish, joniga qasd qilish, sha’ni va mol­mulkiga tajovuz qi­
lish mumkin emas. Umuman olganda, Allohga, Uning Rasuli­


136
ga imon keltirgan, din arkonlarini hurmat qiladigan va ularning 
birortasini inkor etmaydigan musulmonlarning har qanday toi­
fasini kofirga chiqarish joiz emas. Islomdagi mazhablar o‘rtasida 
umumiy jihatlar juda ham ko‘p. Sakkiz mazhab vakillari yagona 
Alloh taologa, muqaddas Qur’oni Karim (Alloh nozil qilgan Ka­
lom)ga va Payg‘ambar Muhammad (a.s.)ga imon keltirgan holda 
islom ta’limotiga rioya qiladilar. Ayni paytda, ular imon, namoz, 
zakot, ramazon ro‘zasi va haj qilish kabi islomning besh arkoni­
ga hamda imon arkonlari: Allohga, Uning farishtalariga, muqad­
das kitoblariga, payg‘ambarlariga, qiyomat kuniga va qazoyi qa­
darga ishonadilar».

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə