Va terrorizmga


cha mushriklarga qarshi jang qilingiz»



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/68
tarix23.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#156398
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   68
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning manaviy-marifiy asoslari

cha mushriklarga qarshi jang qilingiz» tarzida tarjima qilinib, da­
lil sifatida keltirilgan. Vaholanki, ushbu oyat to‘liq holida tarji­
ma qilinsa, umuman boshqa ma’no chiqishini ko‘rish mumkin. 
«Albatta, Allohning nazdida oylarning adadi – Allohning osmon-
lar va Yerni yaratgan kunidagi bitigiga muvofiq – o‘n ikki oy-
dir. Ulardan to‘rttasi (urush) taqiqlangan oylardir. Ana shu to‘g‘ri 
dindir. Bas, o‘sha (oy)larda (jang qilib) o‘zingizga zulm qilmangiz! 


128
Mushriklar (mazkur to‘rt oy asnosida) sizlarga yoppasiga urush 
ochsalar, (sizlar ham) ularga yoppasiga urush ochingiz! Yana, bilib 
qo‘yingizki, Alloh taqvolilar bilan birgadir!» Mazkur oyatning 
sharhida bunday deyiladi: «Ushbu oyat dalolat qiladiki, islom­
da mushriklar bilan jang qi lish, balki umuman urushishga faqat 
zarurat taqozosi bilan ruxsat etiladi va shunda ham musulmon­
larni taqvoni qo‘ldan bermaslik va tajovuzkorlikka o‘tmaslikka 
buyuriladi». Bunda birinchidan, ushbu oyatning oxirida keltiril­
gan ma’no mushriklarga qarshi qaratilgan. Lekin terrorchi gu­
ruhlar buni musulmonlarni kofirlikda ayblab ularga qarshi da lil 
sifatida keltirmoqda; ikkinchidan, oyatda «Mushriklar (mazkur 
to‘rt oy asnosida) sizlarga yoppasiga urush ochsalar...» ma’nosi­
da shart qo‘yilmoqda. Agar ular urush ochmasalar, urushishga 
hojat yo‘q! 
Shuningdek, ba’zi toifalar mansux bo‘lgan hadislardan ham 
keng foydalanishga urinayotganini ta’kidlash lozim. Jumladan, 
ayrim ashaddiy «salafiylik»ka mansub guruhlar qabrlarni ziyo­
rat qilishni mutlaq shirkka chiqarmoqda. Ularning da’volari­
ga ko‘ra, qabrlarni ziyorat qilgan odam musulmonchilikdan 
chiqar ekan. Shu bilan bir qatorda, ba’zi «fatvochilar» tomo­
nidan Rasululloh (a.s.)ning qabrlari ustiga qurilgan gumbaz­
ni buzib tashlash kerakligi haqida ham fatvolar chiqarilgan. 
Bu ning natijasida ba’zi toifalar o‘z davrida Madinai munav­
varadagi sahobiylar 
ning qabrlarini buzish bilan kifoyalanib 
qolmay, hatto Payg‘ambar (a.s.)ning qabrlarini vayron qilishga 
ham yaqin kelgan edilar. Vaholanki, qabrlarni ziyorat qilish is­
lom dinida mandub (mustahab) amal hisoblanib, uning o‘ziga 
xos odobi mavjud. O‘tganlar xotirasini yodga olish dunyoning 
o‘tkinchi ekanini his etish, shu orqali kishini boshqalarga zarar 
yetkazadigan, gunoh ishlarni qilishdan saqlanish va ezgu amal­
larni ko‘proq qilishga undaydi. Demak, qabr ziyorati insonlar 
o‘rtasidagi o‘zaro mehr­muruv vat fazilatlarini kuchaytiruvchi 
vositadir. Ziyoratchining duo­fotihasidan esa, qabrda yotganlar 
bahramand bo‘ladi.


129
Ma’lumki, islomdan avvalgi johiliyat davrida qabrlarni 
ulug‘lash, ularga sig‘inish avj olgan edi. Shuning uchun ham
Muhammad (a.s.) dastlab – musulmonlar butparastlik va shirk 
asoratlaridan batamom poklanib ulgurmagan, tavhid to‘liq qa­
ror topmagan bir paytda kishilarni mazkur amaldan qaytargan 
edilar. Islom butunlay qaror topgandan so‘ng, Payg‘ambarimiz 
(a.s.) oxiratni eslatishini inobatga olib, qabrlarni ziyorat qilishga 
izn berdilar. Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisda: 
«Men siz larni 
qabrlarni ziyorat qilishdan qaytargan edim. Endi qabrlarni ziyorat 
qilaveringlar. Chunki u qalbni yumshatadi, ko‘zni yoshlatadi va oxi-
ratni eslatadi»
, deb marhamat qilingan.
Yana shunga o‘xshash holatlardan biri sifatida misrlik soxta 
salafiy oqimining namoyandalaridan biri, taksi xodimlari xristian 
ruhoniylarini taksida olib yurish og‘ir gunoh ekani hamda bu ish­
ni qilish spirtli ichimliklarni ichish bilan barobarligi to‘g‘risida 
fatvo berganini keltirib o‘tish mumkin. Shuningdek, qizlarning 
ta’lim dargohlarida tahsil olishini ham qoralab, ularning matema­
tika, geografiya kabi zamonaviy fanlarni o‘qishlaridan hech bir 
foyda yo‘qligi, bu narsa og‘ir musibat ekani to‘g‘risida va qizlarni 
maktablarga borishlarini taqiqlovchi fatvolar ham chiqarilgan. Bu 
esa, o‘z navbatida, bir qator davlatlarda qizlarning maktablariga 
hujumlar uyushtirilishiga va ko‘plab talafotlar yetkazilishiga sa­
bab bo‘lgan.
Soxta salafiylar tomonidan chiqarilayotgan bu kabi fatvolar 
jamiyatni parokanda bo‘lishiga, insonlarning qoni to‘kilishiga, 
fitnalarning ko‘payishiga olib kelayotgani, uning islom ta’limot­
lariga zid ekanini namoyon etadi. Zero Rasululloh (a.s.): «Fitna 
uyqudadir. Uni uyg‘otganni Alloh la’natlasin», deb marhamat qil­
ganlar (
Rofe’iy rivoyati
).
Fatvo masalasidagi yana muhim jihatlardan biri bu – bu­
gungi kunda ommaviy axborot vositalari, sputnik kanallar 
orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri berib borilayotgan fatvolardir. Bu holat­
da fatvo beruv chi shaxs fatvo so‘rovchining na xoli va na vazi­
yati to‘g‘risida bilimga ega bo‘lmaydi. Bularning barchasidan 


130
bexabar fatvolarni berib yuboraveradi. Buning salbiy oqibat­
laridan yana biri, bu be rilayotgan fatvolarni bir yoki o‘n ki­
shi emas, balki butun dunyo bo‘ylab, millionlab turli mazhab­
da bo‘lgan musulmonlar eshitadi. Vaholanki, fiqhiy kitoblarda 
qayd etilishicha, muftiy yuksak ilm sohibi bo‘lish bilan bir qa­
torda, o‘zi yashab turgan vaqtning voqeligini, insonlarning ho­
latini yaxshi bilishi kerak. Bu borada Xatib Bog‘dodiy o‘zlari­
ning «Al­faqih va­l­mutaffaqih» asarida: «Faqih kishi dunyoviy 
va diniy masalalarga taalluqli bo‘lgan barcha narsalarni bilishi 
shartdir», deb ta’kidlaydi.
Shu o‘rinda, so‘nggi yillarda Internet tizimi orqali ham 
ko‘plab buzg‘unchi fatvolar berib borilayotganini ta’kidlash 
lozim. Xatarli tarafi shundaki, bu kabi fatvolar islom olami­
da ko‘zga ko‘ringan ulamolarga nisbat berilmoqda. Shunday 
fatvolardan biri, «Nikoh jihodi» deb atalib, unga ko‘ra, hozir­
gi kunda Suriya yoki Iroqda o‘zlaricha «jihod qilyapmiz» deb 
iddao qilayotgan «jihodchilar»ga nikohlanish, ularning jinsiy 
ehtiyojini qondirishlari uchun boshqa davlatlardan ayollar va 
qizlarning u yerlarga hijrat qilishlari lozimligini ta’kidlaydi. 
Odatda bunday soxta fatvoga uchgan qizlarga jihodchilarning 
lagerlarida joriyalarga qilinadigan munosabat ko‘rsatiladi. Hat­
to bir yoki undan ortiq «mujohid»ga nikohlanib chiqishiga ham 
izn berilgan. 
Bundan tashqari, hozirgi kunda jahonda ba’zi harakatlar to­
monidan buzg‘unchilik amaliyotlarini islom diniga bog‘lab amal­
ga oshirishda «buyurtma fatvolar»dan samarali foydalanayotgani 
hech kimga sir emas. Aslida islomda ilm­ma’rifatli bo‘lishga, 
Yaratgan tomonidan insonlarga berilgan ne’matlar haqida bi­
lim orqali tadabbur qilishga targ‘ib qilingan. Hasan Basriy (r.a.) 
rivoyat qilgan hadisda shunday deyiladi: 
«Insonlar ilm o‘rganib 
amalni tark qilganlarida, tillari ila sevishib, qalblari ila adovatda 
bo‘lsalar va silai rahmni uzsalar, Alloh ularni la’natlab, quloqlari ni 
kar va ko‘zlarini ko‘r qilib qo‘yadi».
Darhaqiqat, islom olami ning 
e’tiborli ulamolari tomonidan mo‘tabar manbalar asosida beri­


131
layotgan fatvolar yoki raddiyalarni tan olmayotgan turli firqa va 
oqim tarafdorlarini ham yuqoridagi oyat va hadislarda keltirilgan 
kimsalarga qiyoslash mumkin.
Shunday ekan, fatvo musulmonlar hayotida muhim ahami­
yat kasb etadi. Fatvo berishga, faqatgina, ilmda muayyan daraja­
ga yetishgan hamda ulamolar tomonidan e’tirof etilgan kishigina 
haqlidir. Aks holda, bu kabi holatlar qanchadan qancha begunoh 
insonlarning qoni to‘kilishiga hamda asl ta’limoti tinchlik bo‘lgan 
islom dinini «urush» dini sifatida ko‘rsatishga, o‘zaro adovat va 
nafrat urug‘ini sochishga, musulmonlar o‘rtasida turli xil fitna­
larning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Fatvo oladigan odam ham
albatta, o‘z navbatida ishonchli, hamma e’tirof etgan ulamoga 
murojaat qilishi bilan o‘zini ham, atrofdagilarni ham turli musi­
batlardan asragan bo‘ladi.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə