Va terrorizmga



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/68
tarix23.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#156398
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   68
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning manaviy-marifiy asoslari

Yunus, 99
) deyiladi. 
Shuningdek, ijtimoiy masalalarda ham musulmonlarning 
o‘zga e’tiqod vakillari bilan hamkorlik qilish, ular bilan ham­
jihatlik asosida munosabatga kirishishga chaqiriladi. Jumladan
boshqa din vakillari (ahli kitoblar)ning taomlaridan yeyish, ular 
bilan quda­andachilik qilish, ulardan uylanishga ruxsat berilgan.
Bu haqida «Moida» surasida shunday deyilgan: «Bugun siz­
lar uchun pokiza narsalar halol qilindi. Shuningdek, Ahli Ki­
toblarning taomi sizlar uchun halol va taomingiz ular uchun 
haloldir. Zinokorlik va maxfiy o‘ynash qilib olish uchun emas
balki mahrlarini bersangiz, mo‘mina ayollarning iffatlilari va siz­
lardan oldin Kitob berilganlarning iffatli ayollari (ham haloldir) 
(5­oyat). 
Quda­andachilik insonlarni o‘zaro bog‘lab turuvchi aso­
siy rishtalarning biridir. Musulmon insonning ahli kitob (xris­
tian va yahudiylar)ga uylanishi natijasida o‘zga din vakillari bilan 
qarindoshlik rishtalari bog‘lanadi va ular o‘rtasida o‘zaro mehr­
muruv vat tuyg‘ulari paydo bo‘ladi. Islom ta’limoti esa ana shun­
day hamkorlik va hamjihatlikka chorlaydi.
Shuningdek, zarur bo‘lsa, o‘zga din vakillarining ibodatla rini­
da, hurmat qilish, ularni bajarib olish uchun imkoniyat yara tib 
berishga islom dini da’vat qiladi. Jumladan, Muhammad (a.s.) 
huzurlarida Najrondan kelgan nasroniy dini vakillari masjidda 
o‘z diniy ibodatlarini bajarishga chog‘lanib turganlarida sahobiy­
lar ularni qaytarishmoqchi bo‘ladilar. Shunda Rasululloh (a.s.): 


58
«Qo‘yinglar, ibodat qilaverishsin», deganlari yuqoridagi fikrning 
yaqqol isboti hisoblanadi. 
Shu bilan birga, islom dinida kishi qaysi din vakili bo‘lishidan 
qat’i nazar uni inson sifatida qadrlash, unga hurmat ko‘rsatishga 
da’vat etiladi. Imom Buxoriydan rivoyat qilingan quyidagi hadis­
da bunga ishorat bor: «Nabiy (s.a.v.) oldidan bir janoza olib o‘til­
di. Shunda u zot o‘rinlaridan turdilar. Odamlar: «Yo Rasululloh, 
bu yahudiyning janozasi», deyishdi. U kishi: «U inson emasmi?!» 
dedilar». Demak, islom dinida millati va dinidan qat’i nazar har 
bir inson hurmat va qadru qimmatga ega. 
Ming yillar davomida islom dini tamoyillarga sodiq holda ya­
shab kelayotgan xalqimiz ham bu kabi go‘zal fazilatlarni to‘laligicha 
hayoti, urf­odat va an’analariga singdirib olganini ko‘rish mumkin. 
Boy tarixiy tajribaning davomi sifatida bugungi kunda ham 
yurtimizda bir yuz o‘ttizdan ortiq millat va elat vakillari va 
o‘ndan ortiq diniy konfessiyaga e’tiqod qiluvchi shaxslar bir oila 
farzandlaridek ahil­inoq bo‘lib yashab kelmoqdalar. Ularning 
urf­odatlari, an’ana va qadriyatlarining rivojlanishi, ta’lim olishi, 
kasb­hunar egallashi, jamiyat hayotining barcha jabhalarida faoli­
yat ko‘rsatishida mamlakatimizdagi tinchlik va barqarorlik, mil­
latlararo totuvlik, ayniqsa, tinchliksevar xalqimizning bag‘rikeng­
ligi muhim omil bo‘lmoqda.
Bu borada yurtimizda istiqomat qilayotgan turli din va­
killari uchun teng imkoniyatlarning yaratilishi, ayniqsa, diniy 
bag‘rikenglikka doir qoidalarning qonuniy asoslarda mustah­
kamlanishi tahsinga sazovor. Bu borada eng avvalo, Konstitut­
siyamizning 31­moddasida mustahkamlangan «Hamma uchun 
vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga 
e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqi­
ga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yil­
maydi», degan qoida diniy bag‘rikenglik uchun dasturulamal 
bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu tamoyilga ko‘ra, har kim o‘z dini va 
e’tiqodiga amal qilishda erkindir va har kim bu huquqqa bosh­
qalar ham ega ekanligini tan olmog‘i lozim. Bir kishining din 


59
borasidagi qarashlari boshqalarga majburan singdirilishi mum­
kin emas. 
Bundan tashqari, Konstitutsiyamizning 18­moddasida ham 
«O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va 
erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy ke­
lib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, 
qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib 
qo‘yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart», 
degan norma asosida turli diniy e’tiqoddagi insonlarning dini va 
e’tiqodidan qat’i nazar qonun oldida teng ekanligi e’tirof etilgan. 
Konstitutsiyamizning 61­moddasida esa, respublikamizda 
faoliyat olib boruvchi diniy tashkilotlar va birlashmalarning dav­
latdan ajratilgani haqidagi qoida mustahkamlangan. Unda ayti­
lishicha, «Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan 
hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalar­
ning faoliyatiga aralashmaydi». Bu qoidaning mohiyati shunda­
ki, O‘zbekistonda har qanday din va diniy tashkilotlar davlatdan 
ajratilgan va barcha diniy konfessiyalar qonun oldida barobardir. 
Davlat diniy konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni 
qo‘llab­quvvatlaydi hamda ular o‘rtasida o‘zaro murosa va hur­
mat o‘rnatilishiga ko‘maklashadi. 
Hukumatimiz tomonidan turli diniy tashkilotlarning o‘z faoli­
yatlarini amalga oshirish va mamlakat hayotida faol ishtirok 
etishlari uchun barcha shart­sharoitlar yaratib berildi. Jumladan, 
markaziy televideniye orqali O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
ma’naviy­ma’rifiy ko‘rsatuvlarni berib borishi, Buxoriy, Termiziy, 
Moturidiy kabi mashhur allomalarning tavalludiga bag‘ishlangan 
anjumanlarning keng ko‘lamda nishonlanishi kabi tadbirlarni ay­
tib o‘tish o‘rinlidir. Ayniqsa, haj ibodatini to‘la­to‘kis va hamji­
hat holda ado etish uchun barcha sharoitlar yaratilgani tahsinga 
sazovor. 
O‘z navbatida pravoslavlar uchun Isroil, Gretsiya va Rossi­
ya, katoliklar uchun Isroil va Italiya, armanlar uchun Isroil va 
Armaniston, yahudiylar va bahoiylar uchun Isroil, krishnachi­


60
lar uchun Hindiston va buddaviylar uchun Koreyada joylashgan 
muqaddas joylarga ziyoratlar tashkil qilinmoqda.
Bu esa, yurtimizda yashayotgan barcha din vakillarining 
o‘z diniy e’tiqodlarini emin­erkin amalga oshirishlari va diniy 
bag‘rikenglikni ta’minlashga qaratilayotgan tadbirlar jumlasiga 
kiradi. Quvonarli jihati shundaki, bu tadbirlar diniy barqarorlik, 
konfessiyalararo samimiy va do‘stona muhitning vujudga kelishi 
va eng asosiysi yurtimizdagi tinchlikning barqaror bo‘lishiga sa­
bab bo‘lmoqda.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə