Va terrorizmga


O‘zbekistonda bag‘rikenglik munosabatlari



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/68
tarix23.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#156398
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   68
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning manaviy-marifiy asoslari

O‘zbekistonda bag‘rikenglik munosabatlari. Tarixiy man­
balarning dalolat berishicha, zaminimizda madaniyat rivojining 
uch ming yildan ortiq buyuk tarixi bor. Markaziy Osiyoda, xusu­
san, O‘zbekistonning hozirgi hududida qadim davrlardan turli 
madaniyat, til, urf­odat, turmush tarziga ega bo‘lgan, xilma­xil 
dinlarga e’tiqod qilgan xalqlar yashab kelgan. O‘zbekistonning 
jug‘rofiy­siyosiy nuqtayi nazardan muhim savdo yo‘llari chorra­
hasida joylashgani, ko‘plab davlatlar bilan iqtisodiy, madaniy alo­
qalar qilgani diniy va madaniy hayotga katta ta’sir ko‘rsatgan. O‘z 
navbatida bu yerda yashagan tub aholining madaniyati ham ular­
ga ta’sir o‘tkazgan va o‘ziga xos turmush tarzini shakllantirishda 
muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qilgan.
Asrlar mobaynida o‘lkamizning shaharu qishloqlarida masjid, 
cherkov va sinagogalar emin­erkin faoliyat ko‘rsatib, turli millat 
va dinga mansub qavmlar hamjihatlikda o‘z diniy marosimlari­
ni ado etib kelganlar. Tariximizning eng murakkab, og‘ir davr­
larida ham ular o‘rtasida diniy asosda mojarolar bo‘lmagan. Bu 
esa, millati va diniy qarashidan qat’i nazar, insonni ardoqlash va 
o‘zgalarni qadrlash, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ko‘rsa­
tish kabi tuyg‘ular o‘lka aholisining qon­qoniga singib ketganidan 
dalolat beradi. Aynan shu sifatlar xalqimizga xos bo‘lgan diniy 
bag‘rikenglikning ma’naviy asosini tashkil qiladi. 
Ma’lumki, har bir dinning o‘ziga xos aqidalari mavjud. Ular 
ba’zan bir­biriga mutanosib bo‘lsa, ba’zan bir­biriga zid ham ke­
lishi mumkin. Diniy bag‘rikenglik ana shu xilma­xillik asosi­
da kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nizolarning oldini oladi, tur­
li e’tiqodlarning yonma­yon va bir paytda mavjud bo‘la olishi 
uchun xizmat qiladi.


56
Qadim zamonlardanoq o‘lkamizda zardushtiylik, buddaviy lik, 
yahudiylik, nasroniylik kabi dinlar mavjud bo‘lgan. Eng qadi­
miy va keng tarqalgan dinlardan biri bo‘lmish zardushtiylikning 
vatani ham bizning yurtimizdir. Zero, u qadimgi Xorazmda 
shakllanib, rivoj topgan.
Ilk o‘rta asrlarda Markaziy Osiyoda buddizm ham muhim o‘rin 
tutgan. Hattoki, Buxoro shahrining nomi ham «vaxara» – buddaviy­
lar ibodatxonasi nomidan kelib chiqqan, degan fikrlar ham bor. 
Markaziy Osiyoga islom dinining yoyilishi arafasida bu yerga 
Eron orqali Suriyadan kirib kelgan nestorian yo‘nalishidagi nas­
roniylik dini muhim mavqeni egallagan. VI asr boshlarida Sa­
marqandda nestorian yepiskopi, VIII asrda esa mitropoliti xizmat 
qilgan. Shuningdek, qadimda hozirgi Toshkent va Xorazm viloyat­
lari hududlarida nasroniy diniga mansub aholi ham yashagan.
VIII asrda Markaziy Osiyo arablar tomonidan zabt etilga­
nidan so‘ng mintaqaga islom dini kirib keldi. Aholining bu din­
ni qabul qilishi asta­sekinlik bilan, bir tekis bo‘lmagan hol­
da yuz berdi. Aholining bir qismi o‘zlarining qadimgi dinlariga 
e’tiqod qilishda davom etdi. Bu vaqtda islom va mahalliy din­
larning, ularga xos qadriyat va odatlarning qorishuvi yuz berdi. 
Movarounnahr xalqlarining islom diniga zid kelmaydigan ma’ri­
fiy­axloqiy g‘oyalari, huquqiy me’yor va urf­odatlari to‘la saqlanib 
qoldi hamda islom ta’limoti asosida yanada sayqallandi. Bu holat 
Movarounnahrda islomning o‘ziga xos xususiyatlar kasb etishiga 
sabab bo‘ldi. Bu ham yurtimizda uzoq yillar davomida shakllan­
gan diniy bag‘rikenglik samarasi edi.
O‘lkada tinchlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlashda 
islom ta’limotidagi o‘zga din vakillari bilan o‘zaro murosa yo‘lini 
tutish, ular bilan dunyoviy ishlarda hamkorlik qilish va hamji­
hatlikda yashashga chorlovchi tamoyillar ham o‘ziga xos aha­
miyat kasb etdi. Ayniqsa, islom ta’limotidagi dinni qabul qilish 
yoki qabul qilmaslik qalbga bog‘liq, insonning to‘liq ixtiyoridagi 
amal deb qaralishi mintaqada diniy bag‘rikenglik muhiti barqa­
ror bo‘lishi uchun asosiy omillardan bo‘ldi. 


57
Bu ta’limot Qur’oni Karim oyatlari va hadisi shariflarga taya­
nar edi. Jumladan, Qur’oni Karimning «Baqara» surasi 256­oya­
tida «La ikroha fid­din» ya’ni, «Dinda zo‘rlash yo‘q» degan qoida 
asosida dinni qabul qilish ixtiyoriy amal ekani va insonni zo‘rlab 
biror dinga kiritish mumkin emasligi, har bir inson dinga muno­
sabatini belgilashda erkin ekani qayd etiladi.
Bundan tashqari, yana bir oyatda: «Agar Rabbingiz xohla­
sa edi, Yer (yuzi)dagi barcha kishilar yoppasiga imon keltirgan 
bo‘lur edilar. Bas, Siz odamlarni mo‘min bo‘lishlariga majbur qi­
lasizmi?!» (

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə