|
Va ularning xususiyatlari“Ilm-fan muammolari magistrantlar talqinida”1-81-84“Ilm-fan muammolari magistrantlar talqinida”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
~ 82 ~
xatolar deb ham qaralgan [4]. Bu borada, har bir o‘quv dasturiga kiritilgan mavzularga
oid grafik topshiriqlar, grafik tasvirlar, ma’lum chizma bajarish jarayonidan iborat.
Demak, bu jarayon ma’lum bir bilimni, qonun-qoidani va GOST talablarini bilish
bilan bajariladi.
Tipik xatolar quyidagi sabablar oqibatida yuzaga kelishi kuzatiladi:
1) O‘qituvchining noto‘g‘ri tushuntirishi sababli;
2) O‘quv adabiyotlarning kamchiliklari sababli (ayrim o‘quv adabiyotlarida
nafaqat stilistik, balki GOST talablarining noto‘g‘ri talqin qilinishi bilan chop etilgan
darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar ham mavjud). [5].
Chizmachilik o‘qituvchisi birinchi darsdan boshlab o‘quvchilarda fanni puxta
o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini va intilish hissini uyg‘ota olmasa, o‘quvchilarda
chizmachilikdan egallanishi kerak bo‘lgan bilimlar ancha qiyin shakllantiriladi.
Chunki har bir chizmachilik darsida bayon qilinayotgan yangi ma’lumotlar, atamalar,
qonun-qoidalar hamda standart talablar oqimini o‘z vaqtida o‘zlashtirib olish
o‘quvchilar uchun ma’lum darajada qiyinchilik tug‘diradi. Agar o‘qituvchi
o‘quvchilarga bu ma’lumotlarni ongli ravishda tushunishlariga, o‘zlashtirishlariga
yordam bersa, keyinchalik chizmachilikni o‘zlashtirishda sezilarli qiyinchiliklarga
uchramaydi. O‘quvchilarning grafik savodxonligini shakllantirishda ularning yosh
xususiyatlari va qizishlarini hisobga olib tayyorlangan o‘quv-uslubiy majmualar,
ayniqsa darslik va o‘quv qo‘llanmalarning o‘rni ham juda katta.
Keyingi yillarda umumta’lim maktablari, shuningdek, kasb-hunar kollejlari
hamda oliy o‘quv yutlari uchun nashr qilinayotgan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarda
mualliflarning e’tiborsizligi sababli ko‘plab har xil xatoliklar xam uchramoqdaki,
buning oqibatida o‘quvchilarning noto‘g‘ri ma’lumotlar bilan qurollanishiga va xato
tushunchaga ega bo‘lishiga ham sabab bo‘lmoqda. Bularning oldini olish maqsadida,
o‘qituvchi dars jarayonida darsliklarda yo‘l qo‘yilayotgan asosiy xatoliklarni aniqlab,
tuzatib, o‘quvchilarga tushuntirib borishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
O‘quvchilarning chizma bajarish va uni taxt qilish bo‘yicha standart talablarni
yaxshi bilmasligi, ularda fazoviy tasavvurning etarli darajada rivojlanmaganligi,
chizmachilik kursining asosiy mavzularini yaxshi o‘zlashtirilmaganligi natijasida
quyidagi xarakterli tipik xatolar ko‘p uchraydi:
1.
Bir turdagi chiziqlarning bitta chizmada turli xil qalinliklarda bajarilishi,
shtrix va shtrix-punktir chiziqlardagi shtrixlar orasidagi masofa hamda shtrixlar
uzunligining har xilliligi;
2.
Qirqim va kesim yuzalarini belgilashda shtrixlash chiziqlarining oraliq
masofalari va qiyaliklarini bajarishda standart talablariga amal qilinmasligi.
3.
Chizma kog‘ozi ko‘lamida tasvirlarning nomuvofiq joylashtirilishi.
4.
Chizma masshtabi o‘zgartirilib bajarilganda, haqiqiy o‘lcham sonlari o‘rniga
chizmada kichraytirilgan yoki kattalashtirilgan o‘lcham sonlarining yozilishi.
|
|
|