Vaonolins t n ‘vasaiivs 'V'Q ‘лзаун. Ог ~S'N 0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va


  V-XI asrlarda Yevropa psixologiyasining rivojlanishi


səhifə23/37
tarix27.09.2023
ölçüsü
#124195
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37
Психология-тарихи-Жураев-Н.С.

3. 
V-XI asrlarda Yevropa psixologiyasining rivojlanishi. 
Bu­
tun 0 ‘rta asr tarixi mobaynida, undan keyingi vaqtlarda ham, falsafa 
va psixologiyada iroda erkinligi haqidagi tortishuv juda katta o‘rin 
egalladi. Bu masala bo‘yicha 

asrdayoq ikkita oqim - determinizm va 
indeterminizm paydo bo‘lgan.
Deterministlar (lotinchadan determinare — belgilamoq) inson 
irodasi ham, dunyodagi hamma narsalar singari, sababiyat qonuniga 
bo‘ysunadi, binobarin, insonning barcha irodaviy harakatlari ham erkin 
emas, balki zaruriyat bilan, o‘z sabablari bilan belgilanadi, deb ta’lim 
berdilar.


Indeterministlar, aksincha, inson irodasi va uning xatti-harakatlari 
har qanday sababiyatdan xoli hamda zaruriyatga bog‘liq emas, deb 
ta’lim berdilar. Indeterminizm sof idealistik ta’limot edi. Determinizm- 
da esa idealistik tendensiyalar ifodalangan edi. Umumiy va mavxum 
tushunchalar haqidagi masala ham iroda erkinligi haqidagi masaladan 
kam tortishuvlarga sababchi bo‘lmaydi. Bunda ikki oqim - realistlar 
bilan nominalistlar o‘rtasida tortishuv ketadi.
Realistlar — umumiy tushunchalar («universaliyalar» o‘sha vaqtda 
shunday deb atashardi) real, obyektiv xolda mavjuddir va inson aqlida 
yakka narsalarga bog‘liq bo‘lmagan holda aks etadi, deb da’vo qildilar. 
Shunday qilib, realistlar faqat Platonning narigi dunyo ideya (g‘oya) 
lar dunyosi haqidagi, har bir kishi aqlidagi bu g‘oyalaming tug‘ma 
ekanligi haqidagi ta’limotini takrorladilar, xolos.
Realizm ilk bora 0 ‘rta asrlar falsafasida hukm surdi. 0 ‘rta 
asrlarning ravnaq topish davrida (taxminan 1250-yillar) Foma 
Akvinskiy mo‘tadil realizm gfcoyasini avval surdi. Universaliyalar 
Xudoning fikrlashida, yakka narsalarda va inson tafakkuridagi 
abstraksiya tarzida mavjud bo‘ladi. Ammo tugab borayotgan 
0 ‘rta asrlarda birinchi o‘ringa nominalistlar, masalan, Okkam va 
keyinroq Lyuter ko‘tarildi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə