Variant 1
1.Marketing fani nimani o'rganadi va o'rgatadi?
Marketing
– (Marketing)
ingliz tilidan olingan
bo‘lib, bozor faoli- yatini o‘rganish ma’nosini
anglatadi.
Marketing
– bozorda iste’molchilarga mahsulotlarni
to‘g‘ri shakllangan narxlarda yetkazib berishni o‘rgatadi.
Marketing
– ayirboshlash yo‘li bilan ehtiyoj va talablarni
qondirishga
yo‘naltirilgan inson faoliyatining turi, bo-
zordagi barcha qatnashchilarning o‘zaro manfaatlariga
asoslangan harakat- larini,
talabni shakllantirish va
qondirish uchun birlashtirishdir. Marketing
– bu tovar
harakatining barcha bosqichlarini
o‘z ichiga oluvchi,
talab
va taklifni
o‘rganish, mahsulot ishlab chiqarish
dasturini yaratish, sotish va
iste’mol qilish bilan bog‘liq
bo‘lgan turli xildagi xizmatlar ko‘rsatish va
iste’moldan chiqqandan keyin utilizatsiyalashni
tashkil qilish kabi bozor muammolarini yechishda
yaxlit-tizimli (kompleks-sistemali) yondashishdir.
Marketing XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida
xaridor
talabini
qondirishga
mo‘ljallangan,
korxonalarning
ishlab
chiqarish-sotish,
savdo
faoliyatlarini tashkil qilish va boshqarish tizimi sifatida
paydo
bo‘lgan. Bi-roq,
sobiq sotsialistik, moliyaviy-
xo‘jalik faoliyatini reja asosida, ma’muriy boshqarish
asos
bo‘lgan jamiyatda,
marketingni eng dastlabki
tashkil
bo‘lish zarurati, negizi ham o‘z-o‘zidan
yaroqsiz, keraksiz holga keldi. Ayniqsa, 50
–80-
yillardagi xo‘jalik yuritishda baholashdagi yalpi
miqdoriy
ko‘rsatkichlarning ustunligi, yirik xo‘jalik va
vazirliklarning yakkahokimli- gi noshud,
kun sayin
yemirilib borayotgan, «kasallangan»
xo‘jalik mexa-
nizmining yaratilishiga olib keldi. Xarajatlarning
o‘sib borishiga asoslan- gan iqtisodiyot – asosiy
maqsad
sifatli tovar ishlab chiqarish, pirovard
mo‘ljal, xaridorlar talabini qondirish va fan-texnika
yutuqlarini
ishlab
chiqarishga
joriy
qilishni
tezlashtiruvchi
o‘zgaruvchanlik, moslashuvchanlik kabi
ishlab chiqarishni
rag‘batlantiruvchi harakatlardan
mahrumdir.
Ishlab
chiqarish va umuman
xo‘jalik yuritishga marketing nuqtayi
nazaridan yondashish xaridorga
ta’sir qilishning keng
jabhalarini
o‘z ichiga oladi.Bu bozor uchun bo‘lgan raqobat
kurashining
o‘ziga xos xususiyatlarini aniq- lashga olib keladi.
Bozor doirasida sabab-natija aloqalarini tahlil qilishning maxsus
usullarini qo‘llab,
xaridorlar talabi, ehtiyoji, didi va ta’bi
to‘g‘risida axborotlar to‘plab, korxona va tashkilotlar, marketing
konsepsiyasi u yoki bu tovarga va xizmatga xarid qiziqishini
shakllantirish uchun iqtisodiy, tashkiliy, texnik va ijtimoiy (sotsial)
yo‘nalishlarni tashkil qiladi.