Vaxshivor oqko‘ngil insonlarning sokin va bahavo manzillaridan biri



Yüklə 35,75 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü35,75 Kb.
#133757
Vaxshivor – oqko‘ngil insonlarning sokin va bahavo manzillaridan biri


Vaxshivor – oqko‘ngil insonlarning sokin va bahavo manzillaridan biri

“Denov tadbirkorlik va pedagogika” instituti “Pedagogika” fakulteti boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi Jumayeva Mohichehra Do‘stboyevna

ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada soddadil insonlarning sokin va bahavo manzillaridan biri bo‘lmish Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanining Vaxshivor qishlog‘I haqida gap boradi. Qishloq havosi kabi odamlarining ham ko‘ngli toza, qishloq bilan sizni ham tanishtirishga harakat qilaman. Maqola davomida bevosita qishloq hayoti bilan bog‘liq bahslashamiz.
Kalit so‘zlar: Surxondaryo, Oltinsoy, Vaxshivor, tog‘, qishloq, hudud, tuman, maskan, avliyo, So‘fi Olloyor.
Kirish
Vaxshivor qishlog‘i Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanining tog‘li hududida joylashgan. Qishloqni sayr qilar ekansiz, nafaqat yoshlar, balki katta yoshli otaxon-u onaxonlar ham mehnat bilan bandligini ko‘rasiz.
Surxon vohasida xususan, Oltinsoy tumani hududida muqaddas qadamjolar koʻp. Ulug kishilar, aziz-avliyolar yashab oʻtgan. Tasavvuf ilmining pirlaridan boʻlgan Soʻfi Olloyor, Hoʻjaipok Ota, Said ibn Vaqqos, Movlono Zohid Xalifa Bobo kabi benazir insonlarning tabarruk xoklari shu yerda. Moturidiya mazhabining shakllanishi va rivojlanishida Movarounnahr ulamolarining, xususan, O‘zbekiston olimlarining alohida o‘rinlari borligi hech kimga sir emas. Bu yurtdan yetishib chiqqan allomalar barcha sohalarda butun dunyoga ustoz bo‘lganlar. Ularning kitoblari ham dunyoga mashhur. Ana shunday ulug‘ustozlardan biri So‘fi Olloyor hazratlaridir1.
Bu qishloqning o‘ziga xosligi shundaki, u yerda tariqat arbobi va mutasavvuf shoir So‘fi Olloyorning qabri va u inson tomonidan qurilgan masjid ham bor.

Tog‘li hududda joylashgan tumanda ziyorat, tibbiyot, etno, agro va eko turizmni rivojlantirish uchun katta salohiyat bor. Katta Vaxshivor qishlog‘idagi So‘fi Olloyor, Kichik Vaxshivordagi Mavlono Muhammad Zohid ziyoratgohlariga nafaqat mamlakatimiz balki, xorijda ham qiziqish baland. Xo‘jaipok qishlog‘i esa oltin gugurtli shifobaxsh suvi bilan dunyoga tanilgan. Tog‘lar bag‘ridagi go‘zal tabiati, bepoyon dalalardagi uzumzor va boldek shirin turli mevalari, qadimiy hunarmandlik san’ati kishini beixtiyor o‘ziga maftun etadi.

Katta Vaxshivor qishlog‘iga tashrif buyurar ekansiz, birinchi bo‘lib, buyuk ajdodimiz So‘fi Olloyor qadamjosini ziyorat qilishingiz tabbiy.
METODOLOGIYA
Ushbu qishloqda keyingi yillarda turizmni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot bor. Mazkur hududda mangu qo‘nim topgan So‘fi Olloyor va Mavlono Muhammad Zohid ziyoratgohlariga nafaqat yurtimiz balki, jahonning Turkiya, Malayziya, Pokiston kabi davlatlaridan qiziqish bildiruvchilar safi kengayib borayotganini ko‘rib ko‘zingiz quvnaydi chog‘i.

Aholi bilan uchrashar ekansiz aholi vakillari oilaviy mehmon uyi tashkil etishadi va mehmon qilmasdan ko‘ngli tinchishmaydi, shuningdek, milliy hunarmandchilikni rivojlantirish, ekoturizmni yo‘lga qo‘yish, o‘rmon xo‘jaligi hududida yengil konstruksiyali binolar barpo etib, sayyohlarni qabul qilish kabi masalalar qishloqning oliy mavzularidan birginasi. Bundan tashqari qishloqda qadimiy kashtachilik, quroqchilik, do‘ppido‘zlik, gilamchilik kabi hunarlar qishloqda keng rivojlangan.
Keyingi paytlarda qishloqda tog‘ qo‘ynidagi shifobaxsh buloq yonida dam olish zonasi bunyod etish, shuningdek, oilaviy mehmon uyi ochish, o‘rmon xo‘jaligi yerlari hududida sayyohlar uchun turli sharoitlar yaratish kabi shart-sharoitlar yaratilishi rejalashtirilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 27 maydagi “Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida So‘fi Olloyor, Mavlono Muhammad Zohid ziyoratgohlarida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib, muqaddas qadamjolarda qulay sharoitlar yaratish belgilangan.
Vazirlar Mahkamasining mazkur qarorida viloyatdagi uzumzorlarda degustatsiya markazlari, ovqatlanish va dam olish joylari tashkil etish, sayyohlar uchun uzumzor va vino tayyorlash zavodi bo‘ylab ekskursiyalar uyushtirish ham belgilab berilgan. Ayni paytda tumandagi “Sulton sharbati” agrofirmasi mas’uliyati cheklangan jamiyati bu borada ilk qadamlarni tashlayotir.
Xulosa
Xulosa o‘rnida yana bir ozgina ma’lumot ayta olamanki, Keragatog‘ etagida joylashgan Xo‘jaipok qishlog‘idagi shifobaxsh suv g‘ori ham sayohatchilarga o‘zgacha zavq ulashadi. “Turizm qishlog‘i” maqomiga ega bo‘lishi kutilayotgan hududga keluvchilarning yildan-yilga ko‘payib borayotgani mahalliy va xorijlik sayyohlarga turli xizmatlar ko‘rsatishga qiziqishni oshirmoqda. Shunga muvofiq qishloqda oilaviy mehmon uylari barpo etilmoqda. Sayyohlarga xizmatlar ko‘rsatish tarmoqlari tashkil etilayotir.
Foydalanilgan adabiyotlar

  1. https://uzbekistan.travel/uz/o/surxondaryo-viloyati/

  2. https://api.scienceweb.uz/storage/publication_files/1854/4025/63775ce238c72___So%CA%BBfi%20Olloyortasavvuf%20tariqati%20namoyandasi.pdf

  3. http://sofi-olloyor.wikidot.com/

  4. https://laweba.net/surhondaryo-so-fi-allohyor-ziyoratgohi

  5. https://uz.wikipedia.org/wiki/Oltinsoy_tumani

1 https://api.scienceweb.uz/storage/publication_files/1854/4025/63775ce238c72___So%CA%BBfi%20Olloyor-tasavvuf%20tariqati%20namoyandasi.pdf

Yüklə 35,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə