Vazirligi buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti



Yüklə 78,36 Kb.
səhifə1/6
tarix30.12.2023
ölçüsü78,36 Kb.
#167019
  1   2   3   4   5   6
Qishloq xo‘jaligi iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashning ustivor


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI  OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
Iqtisodiyot va turizm fakulteti
Iqtisodiyot” kafedrasi
3-1IQTIM-21guruhi talabasi

Xamdamov Ilhom Subxonovichning


Iqtisodiy o'sish fanidan bajargan

MUSTAQIL ISHI


Mavzu: Qishloq xo‘jaligi iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashning ustivor yo‘nalishlari.

Tekshirdi:_________________________

Buxoro - 2023
MAVZU: Qishloq xo‘jaligi iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashning ustivor yo‘nalishlari.
REJA:

1. Qishloq xo‘jaligining mamlakatimiz iqtisodiyotidagi o‘rni va ahamiyati.
2. Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy samaradorlik tushunchasi, uning ahamiyati.
3. Qishloq xo‘jalik korxonalarida iqtisodiy samaradorlikni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar, ustivor yo`nalishlari.
4.Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy samaradorlikni oshirish yo`llari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. Qishloq xo‘jaligining mamlakatimiz iqtisodiyotidagi o‘rni va ahamiyati.
Mamlakatimiz iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi tarmog‘i muhim ahamiyatga ega. Chunki respublikamiz aholisining 48,4 foizi qishloq joylarda istiqomat qiladi va ulaming turmush farovonligi mazkur tarmoq rivoji bilan uzviy bog‘liqdir. Bundan tashqari mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti tarkibida ham qishloq xo‘jaligi tarmog‘i sezilarli salmoqqa ega.
Qishloq xo‘jaligi tarmog‘i mamlakatimiz agrosanoat majmuasining muhim bo‘g‘ini bo‘lib, uning quyidagi ahamiyati mavjud:
Birinchidan, u aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlaydi. Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashda mazkur tarmoqning o'ini beqiyosdir, chunki aholi iste'mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlari asosan qishloq xo'jaligi tarmog‘ida yetishtiriladi.
Ikkinchidan, qishloq xo‘jaligi yengil va oziq-ovqat sanoati uchun xom ashyoning asosiy qismini yetkazib beradi. Qishloq xo‘jaligi tarmog'ining rivojlanish darajasi sanoat ushbu sohalarining ishlab chiqarish miqdori va samaradorligiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Mutaxassislaming hisob-kitoblariga ko‘ra, to‘qimachilik sanoatida barcha moddiy xarajatlaming 40 foizini qishloq xo‘jalik xomashyosi tashkil qilsa, ushbu ko‘rsatkich qand ishlab chiqarish sanoatida 70 foizni, sut va yog‘ mahsulotlari ishlab chiqarishda esa 80 foizga yaqinni tashkil qiladi.
Uchinchidan, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi mamlakat og‘ir sanoatining rivojlanish sur'atiga va darajasiga samarali ta'sir ko'rsatadi. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘i yirik miqdorda ishlab chiqarish vositalarini iste'mol kutubxonasi qilgani holda, qishloq xo‘jalik texnikalari va melioratsiya mashinalari ishlab chiqaruvchilar hamda qishloq xo'jalik mashinasozligi, kimyo sanoati, ayniqsa mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishga faol ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishga ketadigan moddiy xarajatlaming asosiy qismini sanoat tarmog‘i yetkazib beradigan ishlab chiqarish vositalari tashkil qiladi (YMM, ehtiyot qismlar, mineral o‘g‘it, omuxta yem va boshqalar).
To‘rtinchidan, qishloq xo‘jaligi tarmog‘i mehnat resurslarini ish bilan ta’minlashda ham katta ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz aholisining 50 foizga yaqini qishloq joylarda istiqomat qiladi. Aholini ish bilan ta'minlash, ularning turmush farovonligini oshirish ko‘p jihatdan mazkur tarmoqda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlaming natijalariga bevosita bog‘liqdir. Bu tarmoqda 2000-yilda 3,7 mln. kishi band bo‘lgan bo'lib, u iqtisodiy faol aholining 38 foizini tashkil etgan. Keyingi yillarda qishloq xo'jaligida band bo‘lganlaming jami mehnat resurslaridagi salmog'i pasaygan bo‘lsada, ushbu tarmoq qishloq aholisini ish bilan ta’minlash va ulaming turmush farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Beshinchidan, qishloq xo‘jaligining mamlakat iqtisodiyotidagi roli yana shu bilan aniqlanadiki, u mamlakatning iqtisodiy salohiyatini belgilab bemvchi makroiqtisodiy ko'rsatkichlarda ham sezilarli salmoqqa ega. Bu tarmoqda mamlakat yalpi ichki mahsulotining salmoqli qismi yaratiladi. 2010- yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining 17,5 foizi qishloq xo‘jaligi tarmog'ida yaratilgan. Kelajakda boshqa tarmoqlar izchil rivojlanishi natijasida qishloq xo‘jaligining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi kamayishi mumkin. Lekin mamlakatimiz iqtisodiyotida mazkur tarmoqning o‘rni va ahamiyati sezilarli darajada qolaveradi.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlari va ulami qayta ishlash hisobiga olingan mahsulotlar mamlakatimiz jami eksporti tarkibida sezilarli salmoqni egallaydi. Masalan, 2009-yilda mamlakatimiz eksportining 8,6 foizi faqatgina paxta tolasi hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida bozor iqtisodiyoti talablariga mos iqtisodiy munosabatlami shakllantiradigan, huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy hamda ijtimoiy islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilishini ta'minlash imkoniyatini beradigan tadbirlar ishlab chiqilib, izchil amalga oshirilmoqda. Bunda sohaga oid turli dasturlarning qabul qilinib, hayotga tatbiq etilishi ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Natijada qishloq xo'jaligining yuqori sur’atlarda rivojlanishini ta'minlash va shu orqali respublika iqtisodiyotini yuksaltirishga erishilmoqda.
«Qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti» fanini o‘rganishda qishloq xo‘jaligi tarmog'ining o‘ziga xos xususiyatlarini ham e'tiborga olish lozim. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining quyidagi o‘ziga xos xususiyatlari mavjud:
a) qishloq xo‘jaligida tabiiy omillaming ta'siri kuchli. Tarmoqda islilab chiqarish jarayoniga harorat, yog'ingarchilik, shamol va boshqa tabiiy omillar o‘z ta'sirini o‘tkazadi;
b) qishloq xo'jaligida yer asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblanadi. Boshqa tarmoqlarga nisbatan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida yeming ahamiyati juda katta, chunki mazkur tarmoqda ishlab chiqarish jarayoni bevosita yerda amalga oshadi. Yerga urug‘ sepiladi va yerda mahsulot yetishtiriladi. Yerdan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud, ularni inkor etish yoki yetarlicha e'tibor bermaslik salbiy oqibatlarga olib keladi;
d) qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish juda keng maydonlarda amalga oshiriladi. Bu esa o‘z navbatida ishlab chiqarishni tashkil etishda ma’lum talablami keltirib chiqaradi;
e) qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida ishlab chiqarish mavsumiy xususiyatga ega. Mahsulot yetishtirishda o‘simliklar va chorva mollari maTum vegetatsion davming o‘tishini taqozo etadi. Bu holat tarmoqda xarajatlar va faoliyat natijasida olinadigan daromadlar muddati o'rtasidagi farqning katta boTishiga olib keladi. Masalan, paxta yetishtirishda ishlab chiqarish jarayoni erta bahorda boshlanib, kuzda nihoyasiga yetadi. Bundan tashqari ishlab chiqarishning mavsumiyligi tarmoqda mayjud resurslardan yil davomida samarali foydalanishni tashkil etishni taqozo etadi. Qish oylarida mehnat resurslarini ish bilan ta'minlash uchun tarmoqda tadbirkorlikning boshqa shakllarini ham rivojlantirish talab etiladi;
f) ishlab chiqarish jarayonida tirik organizmlar ham mehnat vositalari sifatida qatnashadi. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida mehnat qilayotgan mutaxassislar o'simlik va hayvonlaming biologik hamda zoologik xususiyatlarini ham bilishi, ishlab chiqarish jarayonida ulami hisobga olishi talab qilinadi. Qishloq xo‘jaligida sarflanayotgan mehnatning samarasi ko‘p jihatdan o‘simlik va chorva mollarining biologik imkoniyatlariga bogTiq;
g) qishloq xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulotning bir qismi tarmoqning o‘zida urugTik, yem-xashak, oziq-ovqat va boshqa maqsadlarda ishlatiladi;
h) qishloq xo'jalik mahsulotlarining ayrim turlarini uzoq muddat saqlash imkoniyatlari cheklangan va tashish uchun noqulaydir. Bu muammo qishloq xo‘jalik mahsulotlarining deyarli bir vaqtda pishib yetilishi oqibatida yanada chuqurlashadi. Bu o‘z navbatida yetishtirilgan mahsulotni nobud qilmaslik uchun tayyorlovchi, saqlovchi va qayta ishlovchilaming bir me'yorda ishlashini, ma’lum davrda katta quvvatlarning boiishini talab qiladi. Yilning qolgan davrlarida esa bu quvvatlaming nisbatan bo‘sh qolishi kuzatiladi.
Qishloq xo'jaligi tarmogida turli xildagi mahsulotlar yetishtiriladi, ishlar, xizmatlar bajariladi va ular ehtiyojlami qondirish maqsadida taqsimlanadi, sotiladi. Mamlakatimiz miqyosida kechayotgan bu jarayonlar erkin bozor munosabatlari asosida amalga oshirilmoqda. Ularni nazariy va amaliy jihatdan talab darajasida hal etish uchun respublikamizda tub islohotlar amalga oshirilmoqda.
Tovar-pul munosabatlariga asoslangan erkin bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish sharoitida davlatning ko‘magida qishloq xo'jaligida talabga javob beradigan, samarali huquqiy, tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar tizimi yaratilmoqda, ya’ni mulkchilikning turli shakllari barpo etilmoqda. Natijada erkin mulkiy munosabat vujudga kelmoqda, tadbirkorlikning turli shakllariga keng y o i ochib berish va ularni rivojlantirish yoiidan borilmoqda. Bundan tashqari yer-suv islohotlari amalga oshirilmoqda, tarmoqning cheklangan ishlab chiqarish resurslari (moddiy, kapital va mehnatjdan samarali foydalanish, ishlab chiqarilgan mahsulotlami sotish jarayonini takomillashtirish, foyda hajmini oshirish, investitsiyalami keng jalb etish, ulardan samarali foydalanish, tarmoq ishlab chiqarishini maqsadga muvofiq joylashtirish, ixtisoslashtirish hamda agrosanoat integratsiyasini rivojlantirish bilan bogTiq boTgan iqtisodiy munosabatlar tizimi yaratilib, ular takomillashtirilmoqda va rivojlantirilmoqda. Yuqorida ta'kidlangan iqtisodiy munosabatlar tizimini yaratishda xalqimiz hamda qishloq xo'jaligining o‘ziga xos xususiyatlarini e'tiborga olgan holda tabiiy va iqtisodiy qonunlar, iqtisodiy kategoriyalar talablaridan oqilona foydalanish taqozo etiladi.
«Qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti» fanining predmeti - qishloq xo'jaligida obyektiv iqtisodiy qonunlarning amal qilish xususiyatlari, tarmoqda iqtisodiy munosabatlami ishlab chiqarish kuchlari bilan bogTagan holda oTganishdir. Qishloq xo‘jaligining barqaror iqtisodiy asosini, takror ishlab chiqarish jarayoni rivojlantirilishini ta'minlaydigan iqtisodiy munosabatlar tizimini yaratish va ulami hayotga joriy etish masalalarini, tarmoqda mavjud resurslardan oqilona foydalanish, xarajatlami tejash hamda samaradorlikni oshirish yoTlarini oYgatish «Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» fanining maqsadi hisoblanadi.
«Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» fani o‘z oldiga qo‘ygan maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagi asosiy vazifalar yechimining nazariy va uslubiy asoslarini o‘rgatishi lozim:
• qishloq xo'jaligining respublika iqtisodiyotidagi o‘mi, ahamiyati, uning bosqichma-bosqich rivojlanish qonuniyatlarini;
• tarmoqqa davlat rahbarligini, unda amalga oshirilayotgan agrar iqtisodiy islohotlar mazmuni va mohiyatining holatini, ulami rivojlantirish yo'llarini;
• qishloq xo‘jaligida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik turlari, ularning faoliyatiga baho berish va takomillashtirish yoilari;
• tarmoqning cheklangan yer-suv, mehnat resurslari, investitsiyalar va ulardan tadbirkorlik bilan samarali foydalanish darajasiga iqtisodiy baho berish lartibini o'rganish, ulami takomillashtirish va rivojlantirish yo‘llarini asoslab berish;
• qishloq xo'jaligida qilinadigan doimiy va o‘zgamvchan, o‘rtacha xarajatlarni, ulaming tarkibi va kamaytirish yo‘llarini, yetishtirilgan mahsulotning hajmini, sifatini, samarali taqsimlanishini hamda pul oqimlarini o'rgatish;
• tarmoqda iqtisodiy munosabatlami amalga oshirishda l'oydalanilayotgan baholar tizimini, daromad va foydani aniqlash, ulami oqilona laqsimlash yo‘llarini ko‘rsatish;
• qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining qay darajada ixtisoslashganligini, joylashganligini hamda ichki va tashqi integratsiyalashganligini va boshqa masalalarini o‘rganish.
«Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» fani o‘z predmetini o‘rganishda quyidagi usullardan foydalanadi:
a) dialektika usuli. «Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» fani o‘zining maqsad va asosiy vazifalarini hal etishda barcha iqtisodiy munosabatlarni dialektika qonuniga asoslangan holda tadqiq etadi. Bunda barcha iqtisodiy jarayonlar o‘zaro bogiiqlikda va doimiy rivojlanishda deb qaraladi.
b) deduksiya usuli. Iqtisodiy jarayonlar to‘g‘risidagi nazariy g‘oyalarga asoslangan holda ulami amaliyotga tatbiq qilish mexanizmini o‘rganish deduksiya usulining mohiyatidir.
d) induksiya usuli. Iqtisodiy jarayonlar to‘g‘risidagi ma'lumotlami o‘rganib, shular asosida nazariy g'oyalami yaratish jarayoni induksiya usulining mohiyatidir. Demak, qishloq xo'jaligida har qanday iqtisodiy muammoni avval uning nazariyasidan, ya’ni g‘oyasidan amal qilishiga qarab o‘rganish yoki bu muammoning amaliyotga joriy etilishidan, ya’ni amaliyotdagi holatiga asoslangan holda g‘oya yoki nazariyasini yaratishga qarab tadqiqot olib borish mumkin. Ikkala holatda ham iqtisodiy muammolaming yechimi samarali aniqlanishi kerak. Yuqorida ta’kidlangan tadqiq qilish, o‘rganish usullari qo‘llangan holda muammoni hal etishning iqtisodiy strategiyasi belgilanadi. Tanlab olingan tadqiqot strategiyasini joriy etish mexanizmlari va ulami amalga oshirish usullarini iqtisodchilar mukammal o‘rganishlari lozim. Masalan, respublika qishloq xo‘jaligida mulkning turli shakllarini barpo etish g‘oyasi bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlardagi nazariy g‘oyalarga va ularning amaliyotda hal etilishiga asoslangan. Muammoni tarmoqda hal etishda respublika qishloq xo‘jaligi amaliyotidagi holat, ma'lumotlar asos qilib olinib, bu jarayon tobora rivojantirilmoqda.
e) analiz usuli. Ko'zlangan maqsadga erishish maqsadida biror iqtisodiy jarayon to‘g‘risidagi ma’lumotni qismlarga ajratib o‘rganish usulidir.
f) sintez usuli. Iqtisodiy jarayonlar to‘g‘risidagi ma'lumotlami umumlashtirib, tegishli xulosalar chiqarish usulidir.
g) iqtisodiy-statistik usul. Ushbu usul qishloq xo'jaligidagi keng ko'lamli iqtisodiy jarayonlami o'rganishda qo‘llaniladi. Iqtisodiy-statistik usul tegishli xulosalar chiqarish maqsadida ma'lum yo‘nalishdagi ma'lumotlami to‘plash, gumhlash, tahlil qilish va ulardan foydalanishni anglatadi.
h) monografik usul. O'rganilayotgan mavzu bo‘yicha umumiy xulosalar chiqarish maqsadida mazkur yo'nalishdagi ilg‘or mintaqalar va xo‘jaliklar faoliyatini chuqur o'rganish va taqqoslash mazkur usulning mohiyatidir.
i) iqtisodiy-matematik usul. Mazkur usul bir qancha omillar ta'sir etuvchi murakkab iqtisodiy jarayonlarai o‘rganishda qo‘llaniladi. Ma'lum ishlab chiqarish omillari mavjud bo'lganda biror natijaga erishish uchun turli muqobil variantlarni o'zaro taqqoslab, ular orasidan eng ma'qulini tanlab olishda iqtisodiy-matematik usullaming ahamiyati kattadir. Bunda kompyuter texnologiyalaridan ham keng foydalaniladi.
«Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» fani tarmoqda amalga oshirilayotgan tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy munosabatlar majmuasining nazariy asoslarini, yo‘nalishlarini, samaradorligini mavjud tadqiqot usullari yordamida o‘rgatish orqali talabalarda tarmoq iqtisodiyoti bo‘yicha iqtisodiy mushohada qilish, uni rivojlantirishga oid muammolami qo‘yish va uni hal etish, samaradorligini oshirish yo‘nalishlarini belgilab berish qobiliyatini shakllantirib, bozor iqtisodiyoti talablariga javob bera oladigan mutaxassislar tayyorlashga ko‘maklashadi. «Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» fanini o‘rganishda barcha iqtisodiy fanlar, shu jumladan «Iqtisodiyot nazariyasi», «Makroiqtisodiyot», «Mikroiqtisodiyot», «Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi», «Statistika», «Marketing», «Menejment», «Iqtisodiy tahlil» kabi fanlardan olingan nazariy va amaliy bilimlarga asoslanish maqsadga muvofiqdir. Masalan, «Iqtisodiyot nazariyasi» fanini o‘rganmasdan qishloq xo'jaligi iqtisodiyotini, unda amalga oshirilayotgan iqtisodiy o‘zgarishlar, ulaming ahamiyatini baholab bo'lmaydi. Iqtisodiy qonunlar, kategoriyalar, ulaming har birining mazmunini, amal qilish mexanizmini o'zlashtirmasdan qishloq xo'jaligidagi iqtisodiy munosabatlar tizimini to‘g‘ri va samarali amalga oshirish, mehnatni tejash va uning unumdorligi rivojlantirilishini belgilash qiyin. «Mikroiqtisodiyot» fanidan talab kutubxonasi vti taldif kabi iqtisodiy qonunlaming korxonalarda amal qilishini o'rganmasdan t|ishloq xo'jaligida qanday mahsulotni, qayerda, qancha miqdorda yetishtirish zarurligmi to‘g‘ri belgilab bo‘lmayd
Hozirgi vaqtda barchaning diqqat-e'tiborida turgan masala — jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va uning mamlakatimizga ta'siri. uni bartaraf etish yo'llaridir. Amerika Qo'shma Shtatlarming ipoteka bozorida yuzaga kelgan tanglik holatidan boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi mamlakatimiz iqtisodiyotiga o‘z ta'sirini ko‘rsatadi, albatta. Prezidentimiz Islom Karimov o'xining “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O'zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo'llari va choralari” nomli asarida “...tobora chuqurlashib borayotgan jahon moliyaviy inqirozi mamlakatimizga ta’sir ko‘rsatmaydi, bizni dietlab o‘tadi, degan xulosa chiqarmaslik kerak. Masalani bunday tushunisb o‘ta soddalik, aytish mumkinki, kechirib bo‘lmas xato bo‘lur edi”1 - deb ta'kidlab o‘tgan. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi dunyoning ko‘plab mamlakatlariga jiddiy salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Lekin, mamlakatimizga ushbu moliyaviy iqtisodiy inqirozning ta'sirini yumshatishga asos bo‘lgan ayrim sabablar mavjud. Jumladan, oqilona moliya-kredit siyosati yuritilganligi, xalqaro kreditlami jalb etishda uzoqni ko‘zlab ish ko‘rilganligi, iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirishga e’tibor qaratilganligi va eng asosiysi, mustaqillikning ilk davrlarida yurtboshimiz tomonidan ishlab chiqilgan va bozor munosabatlariga o‘tishning “o‘zbek modeli” deb tan olingan iqtisodiy islohotlami amalga oshirish beshta tamoyilining hayotga tatbiq etilishidir. Mamlakatimiz hukumati tomonidan qishloq xo‘jaligi tarmog'ini rivojlantirishga alohida e'tibor berib kelinmoqda. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida ushbu tarmoqni barqaror rivojlantirishga e'tibor yanada ortmoqda.
Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan 2009-yilning «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» deb e’lon qilinganligi va maxsus davlat Dasmri ishlab chiqilishi ushbu fikrimizning yaqqol isbotidir. Qishloq xo'jaligini rivojlantirishga qaratilgan «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» davlat Dasturi to‘g‘risidagi 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 26-yanvardagi 1046-sonli qarori, «Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozomi to‘ldirish yuzasidan qo'shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 0 ‘zbekiston Respublikasi Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O'zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari. -T.: “0 ‘zbekiston”, 2009 Prezidentining 2009-yil 26-yanvardagi 1047-sonli qarori, «Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo'llab-quwatlash, ularning barqaror ishlashini ta'minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi 4058-sonli Farmoni, «Oziq-ovqat ekinlari ekiladigan maydonlami optimallashtirish va ulami yetishtirishni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 20-oktabrdagi 4041-sonli Farmoni, «Fermer xo‘jaliklari faoliyatini yuritishda yer uchastkalari miqdorini maqbullashtirish choralarini ko‘rish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha maxsus komissiya tashkil etish to‘g‘risida»gi 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 6-oktabrdagi 3077-sonli Farmoyishi va boshqa bir qator me’yoriy hujjatlar ham jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida mazkur tarmoqni yanada rivojlantirishga qaratilgandir.

Yüklə 78,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə