Vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


Ishlab chiqarishda shikastlanganlarga dastlabki (birlamchi) tibbiy ko’mak berish tamoyillari



Yüklə 7,45 Mb.
səhifə16/19
tarix19.12.2023
ölçüsü7,45 Mb.
#150624
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
dp

4.2. Ishlab chiqarishda shikastlanganlarga dastlabki (birlamchi) tibbiy ko’mak berish tamoyillari

Baxtsiz hodisalarda birinchi yordam ko‘rsatish. Ma’lumki, jarohatlanish oqibati o‘z vaqtida ko‘rsatilgan yordamga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun har bir ishlovchi bevosita baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan joyda vrachga birinchi yordam ko‘rsatishni bilishi kerak.


Ishlab chiqarish korxonalari, tashkilotlarida tsexlarda, bo‘limlarda, brigadalarda, dala shiyponlarida, fermalarda, ustaxonalar va boshqa ishlab chiqarish uchastkalarida birinchi yordam ko‘rsatishga maxsus o‘qitilgan 3-4 kishidan iborat sanitar postlar tashkil etiladi. Sanitar postlari zarur meditsina dorilar va bog‘lash materiallari mavjud bo‘lgan aptechkalar bilan ta’minlanadi.
Chiqarishda jarahotlanish uni keltirib chiqarish sabablariga ko‘ra shartli ravishda tashkiliy va texnik turlarga bo‘linadi.
Tashkiliy xarakterga ega bo‘lgan ishlab chiqarish jarohatlarining sabablariga quyidagilar kiradi:

  • bevosita kunlik ishlarni yoki ishlayotgan odamlarni sog‘ligi uchun yuqori darajada xavfli bo‘lgan ishlarni bajarish oldidan xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘riqnomalarni o‘tilmasligi;

  • xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘riqnomalarni o‘tilishi, lekin ishni bajarish jarayonida unga rioya qilinishini yetarlicha nazorat qilmaslik;

  • murakkab va mas’uliyatli ishlarda mahorati yetarlicha bo‘lmagan ishchilar mehnatidan foydalanish;

  • ishni (har xil ishlab chiqarish topshiriqlarini) bajarish vaqtida zarur himoya (ko‘zoynak, niqob, respirator, to‘siq va boshqa) vositalardan foydalanmaslik;

  • ishchi zonada ishni bajarish uchun keraksiz bo‘lgan buyum va narsalarni mavjudligi;

  • jarohatlash ehtimoli mavjud joylarda o‘rab turuvchi shitlar, to‘siqlar va kojuxlarni yo‘qligi;

  • odam sog‘ligi uchun xavf yuqori bo‘lgan ish joylarini yetarlicha yoritilmasligi;

  • xavf haqida «To‘xta! Yuqori kuchlanish», yoki «Ehtiyot bo‘ling! Robotlar avtomatik rejimda ishlamoqda», «Yo‘l yo‘q, xavfli zona» va boshqa ogohlantiruvchi belgilarning yo‘qligi;

  • texnologik rejimdan chalg‘ish, texnologik jarayonlarni qo‘pol buzilishi va boshqalar.

Texnik xarakterga ega bo‘lgan ishlab chiqarish jarohatlarining sabablariga quyidagilar misol bo‘ladi:

  1. ishchining aybisiz texnologik uskuna yoki stanokning biror bir qismini avariya sabab ishdan chiqishi;

  2. murakkab operatsiyalarni bajarayotgan biror bir mexanizmni ogohlantirilmasdan elektr energiyasidan ajratish;

  3. har xil o‘zgaruvchan tebranma yuk ostida elektr uzatish simini cho‘zilishi;

  4. yuk ko‘tarish mexanizmining yuk ko‘tarish vaqtida kutilmaganda po‘lat arqonini uzilishi;

  5. gazogeneratorli qurilmalarni ximiyaviy reaksiyalar jarayonida iki kuchli qizishidan portlashi;

  6. ishlab chiqarishni ichki sistemalarini ta’minlovchi gaz, issiq suv yoki bug‘ quvurlarini o‘zilishi;

  7. yuqori bosim ostida ishlovchi idishlarni portlashi;

  8. har xil meteorologik omillar (kuchli jala, kalin kor, dovul va boshqa) ta’sirida binolar tomi va konstruksiyalarini qo‘llashi;

  9. qisilgan gaz ballonini quyosh nuridan yoki boshqa issiqlik manbai ta’sirida qizib ketishi natijasida portlashi;

Yuqorida qayd etilganlardan ishlab chiqarishda jarohatlarni oldini olishning eng samaralisi tashkiliy xarakterdagi tadbirlar deb xulosa chiqarish mumkin.
Jarohatlanganda va lat yeganda birinchi yordam ko‘rsatish. Jarohatlanganda va lat eganda birinchi yordam ko‘rsatish. Yordam ko‘rsatuvchi kishi qo‘lini sovun bilan yaxshilab yuvishi lozim, agar buning ilojisi bo‘lmasa barmoqlarni yod nastoykasi bilan yog‘lashi kerak. Jarohat joyini suv bilan yuvish, uni tozalash va unga hatto yuvilgan qo‘l bilan tegish mumkin emas. Agar jarohat joyi kuchli ifloslangan bo‘lsa uning atrofi mikroblardan tozalash vatasi yoki doka bilan artiladi, xolos.
Agar jarohatlangan joydan qon oqsa birinchi yordam ko’rsatish usuli qon oqishining ko’rinishiga bog’liq bo’ladi. Qon oqishi odatda qon tomirlari butunligi buzilganda har hil intensivlikdagi qon oqishi bilan kuzatilinadi. Qon oqish: tashqi(qon tana tashqarisida, ustidan oqqanda) va ichki(qon ichki organlarda, to’qimalarda oqqanida) bo’ladi. Qon tomirlarining jarohatlanishiga bog’liq ravishda qon oqish ko’rinishlari bir necha xil bo’ladi. Tashqi arterial-pul bilan tez, qon rangi och-qizil, shu bilan birga u jarohat joyidan favvoralab oqadi, organizmda umumiy kuchsizlik va tananing shikastlangan joyida kuchli og’riq bilan kechadi.
Vena qon tomiri jarohatlanganda qon qora-qizil rangda tizillab oqa boshlaydi. Agar qon alohida tomchi ko‘rinishida oqsa va jarohat joyi ham qonash bu kapillyar qon oqish hisoblanadi. Arteriya qon tomiri jarohatlanganda jarohat joyidan uzik-uzik tizillagan qon oqishi kuzatiladi.
Vena va kapillyar qon oqishini jarohatlangan joyni moddiy bilan jips bog‘lash orqali to‘xtatiladi. Buning uchun jarohatlangan joyga mikroblarni o‘ldiruvchi doka bo‘lakchasi buklab qo‘yilib uning ustiga vata qatlami qo‘yiladida bint bilan mahkam bog‘lanadi.
Arteriyadan qon oqishi eng xavfli hisoblanadi. Bunday jarohatlanishda qonni to‘xtatish uchun jarohat joyidan yuqoriroqdan arteriyani mahkam qisib bog‘lash, agar bu bilan qon to‘xtamasa jgut yoki buramadan foydalanish kerak bo‘ladi. Buning uchun rezina quvur, ip, qayish, rumol va boshqalardan foydalaniladi. Jgut bilan arteriyaning jarohatlangan joyini yuqorisidan ma’lum no‘qtalardan tanaga mahkam qisib bog‘lanadi. Oyoqlar jarohatlanganda, qon oqimini to‘xtatishning eng muhim usuli oyoqni, belning yuqori qismiga mahkam qisib bog‘lash hisoblanadi. Jgutni bog‘lashdan oldin oyoqlar ko‘tariladi.
Agar jarohat muskul ostida yoki shu kabi noqulay joylarda, murakkab holatlarda bo‘lsa jgutdan foydalanish mumkin emas. Bunda qorin bilan son orasiga porolon yoki boshqa yumshoq moddiy qo‘yiladi. So‘ng oyoqlar maksimal egiladi va u belning yuqori qismiga mahkam bog‘lanadi. Qo‘l va oyoqlarni va boshqa joylarni suyaklari singanda va chiqqanda jarohatlanganlarga birinchi yordamni singan joylarini qimirlamaydigan qilib mahkam bog‘lash va ularni qulay holatda yotqizishdan boshlash kerak. Singan joylarni bog‘lashda qulay va uni og‘riqsizligini taminlashda yupka taxta, tayoqcha va karton qog‘ozlardan foydalaniladi va ularni bog‘lash bint, qayish, ip va boshqalar bilan amalga oshiriladi.
Jarohatlangan joylarni taxtakachlashda taxta va shunga o‘xshashlardan shunday foydalanish kerakki, bunda ular singan joylarni pastki hamda yuqori joylarini ham qamrab olsin. Ochiq sinish holatda uni bog‘lashdan oldin qon oqishini to‘xtatish kerak. Yorug‘lik uzatuvchi optik tolalar o‘zak va qobiqdan iborat bo‘ladi. Ular qiymat bo‘yicha bir-biriga yaqin turli sindirish ko‘rsatkichlariga ega. O‘zak uzatuvchi muhit, qobiq esa o‘zi va o‘zak orasida chegara hosil qiluvchi sifatida ishlatiladi. Bu chegara yorug‘likni yo‘naltiruvchi fizik kanalni shakllantirib, u orqali uzatilgan signalning tashuvchisi yorug‘lik nuri tarqaladi.
Shifokordan oldin darhol ko‘rsatilgan yordam jabrlangan insonni og‘ir oqibatlardan saqlab qolishi mumkin.
Shifokordan oldingi (bundan keyin - birinchi) yordam - bu baxtsiz hodisada jabrlangan kishining hayoti va sog‘lig‘ini saqlash yoki tiklashga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasi. Bunday yordamni, tibbiy xodim etib kelishiga qadar, jabrlangan kishining yonida bo‘lganlar (o‘zaro yordam) yoki jabrlangan kishining o‘zi (o‘ziga yordam) ko‘rsatishi kerak.
Jabrlanganning hayoti va odatda keyingi davolanishining muvaffaqiyati birinchi yordamning qanchalik tez va mohirona ko‘rsatilishiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham har bir odam birinchi yordam ko‘rsatishni bilishi va jabrlanganlarga hamda o‘ziga birinchi yordam ko‘rsata olishi kerak.
Jabrlangan kishida nafas olish yoki puls urishi singari tirikligini bildiruvchi alomatlar bo‘lmasa uni o‘lgan deb hisoblash va unga yordam ko‘rsatishdan bosh tortib bo‘lmaydi; jabrlangan kishini hushiga keltirish va unga yordam ko‘rsatishning maqsadga muvofiqligi masalasini faqat shifokorgina hal qilish huquqiga egadir. Elektr uskunalariga xizmat ko‘rsatishda elektr tokidan jarohatlanganlarga o‘z vaqtida birinchi yordam ko‘rsatilishi ayniqsa muhimdir. Elektr energetika uskunalariga xizmat ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlarda ishlovchi barcha xodimlar kasb bo‘yicha o‘qitilishi bilan bir qatorda jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tishlari hamda vaqti-vaqti bilan birinchi yordam ko‘rsatish usullari bo‘yicha yo‘riqnomaviy mashg‘ulotlar o‘tishlari lozim. Mashg‘ulotlarni korxonaning (tashkilotning) muhandis — texnik xodimlari bilan birgalikda tibbiy xodimlar jumlasidan bo‘lgan puxta bilimlarga ega mutaxassislar o‘tishlari kerak.
Korxonaning har bir xodimi o‘zining kasbiy vazifalarini qanday mohirona bajarsa, birinchi yordamni ham shunday ko‘rsata bilishi kerak, shuning uchun ham kasbiy mahoratga va shifokordan oldingi yordam ko‘rsatishni bilishga qo‘yiladigan talablar bir xil bo‘lishi lozim.
Birinchi yordam o‘z vaqtida ko‘rsatilishi va samarali bo‘lishi uchun doimiy navbatchilik joylarida qo‘yidagilar bo‘lishi kerak: birinchi yordam ko‘rsatish uchun kerakli dori-darmonlar va tibbiy buyumlar to‘plami solingan tibbiy yordam qutichasi (yoki korxona hududidan tashqarida ishlanganda brigadirlarda turadigan birinchi yordam xaltasi).
Ko‘rinadigan joylarda osiladigan baxtsiz, hodisalarda jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish, sun’iy nafas va yurakka tashqi massaj qilish usullari tasvirlangan plakatlar.
Birinchi yordam qutichalarini va tibbiy yordam ko‘rsatish punktlarini topishni osonlashtiruvchi ko‘rsatkich taxtachalari va belgilari. Ishlar chet tashkilotlarning xodimlari tomonidan bajarilganda ushbu tashkilotlarning xodimlariga birinchi yordam qutichalari turgan va tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari o‘rnashgan joylari ma’lum qilinishi kerak.
Birinchi yordam ko‘rsatishni to‘g‘ri tashkil etilishi uchun har bir korxona, tsex, tuman, tarmoq uchastkasida va h. quyidagi chora-tadbirlar bajarilishi lozim:

  • zimmasiga birinchi yordam qutichasi va xaltalarini muntazam to‘ldirib turish va ulardagi dori-darmonlar va tibbiy buyumlarning tegishli holatda saqlanishini ta’minlash vazifasi yuklatilgan xodimlarni ajratish;

  • birinchi yordamning to‘g‘ri ko‘rsatilishi va jabrlangan kishini tibbiy yordam ko‘rsatish punktiga o‘z vaqtida va albatta yo‘naltirilishi, hamda birinchi yordam qutichalari va xaltalarini quyida keltirilgan kerakli dori-darmonlar va tibbiy buyumlar bilan muntazam to‘ldirib turilishi ustidan muntazam va qat’iy nazoratni tashkil etish.


Yüklə 7,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə