1. Boshqaruv hisobi. Moliyaviy hisob


namoyon bo‗ladi. Bunday usullarga quyidagilar kiradi



Yüklə 137,07 Kb.
səhifə10/46
tarix11.12.2023
ölçüsü137,07 Kb.
#146782
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   46
1. Boshqaruv hisobi. Moliyaviy hisob

namoyon bo‗ladi. Bunday usullarga quyidagilar kiradi:
1. Buxgalteriya balansi 2. Buxgalteriya hisobi schetlari 3. Buxgalteriya hisobi schetlariga ikki yoqlama yozuv 4. Baholash 5. Kalkulyatsiya 6. Hujjatlashtirish 7. Inventarizatsiya 8. Moliyaviy hisobot
29“Buxgalteriya hisobi to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni qachon qabul qilingan?1996 yil 31 avgustda
30 “Buxgalteriya hisobi to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq moliyaviy hisobning nechta asosiy 17 ta tamoyil bor: Uzliksizlik tamoyili. Bu tamoyil korxonani doimo harakatdagi sub‘ekt, ya‘ni o‗z faoliyatini kelgusida davom ettiruvchi va rivojlantiruvchi sub‘ekt sifatida qaraydi. Buxgalteriya hisobini uzliksiz yuritilishi korxonaning kelajagi borligidan darak beradi. Bundan tashqari buxgalteriya hisobi korxonaning kelajakda ravnaq topishiga xizmat qiluvchi vosita hamdir. Hisoblash tamoyili. Bu tamoyil korxonaning daromad va harajatlarini yuz bergan vaqtiga ko‗ra tan olish va shu vaqtdan boshlab ularni buxgalteriya hisobida va hisobotda aks ettirishni bildiradi. Soliq Kodeksiga muvofiq 1998 yil 1 yanvardan boshlab barcha korxonalar uchun ularning mulk shaklidan qatiy nazar sotish momenti qilib mahsulot (ish, xizmat) ni jo‗natish (bajarish) sanasi, ular uchun to‗lov pulini qachon kelib tushishidan qatiy nazar, qabul qilindi. Ikki yoqlama yozuv tamoyili. Bu tamoyil korxonada yuz bergan har qanday operatsiyaning summasini bir vaqtning o‗zida ikkita schetda, ya‘ni birining debetida va ikkinchisining kreditida aks ettirishni bildiradi.
31 Balans haqida ma’lumot bering? Buxgalteriya balansi negizida «balans» so‗zi yotadi. Bu so‗z lotincha «bis», ya‘ni «ikkita» va «lanx», ya‘ni «tarozi pallasi» so‗zlaridan olingan bo‗lib, o‗zaro tenglik, bir xillik ramzi hisoblanadi. Buxgalteriya balansining tuzilishi va tarkibi. Ham tenglik, ham hujjat sifatida e‘tirof etiladigan buxgalteriya balansi ikki tomonli, ya‘ni chap va o‗ng tomonli , jadval ko‗rinishiga ega bo‗ladi. Jadvalning chap tomoni «Aktiv», o‗ng tomoni esa – «Passiv» nomi bilan ataladi. Jadvalning «Aktiv» tomonida korxonaning xo‗jalik aktivlari turlari bo‗yicha , jadvalning «Passiv» tomonida esa xo‗jalik aktivlari tashkil topish manbalari bo‗yicha aks ettiriladi. «Aktiv» va «Passiv» tomonlarda ko‗rsatilgan aktivlar va ularning tashkil topish manbalari summalarining yig‗indisi bir biriga teng keladi, aynan shu tenglik «balans» deyiladi. Jadval ko‗rinishidagi buxgalteriya balansi ichki tomondan bo‗limlardan, bo’limlar esa- alohida moddalardan iborat bo‗ladi. Balans bo’limi deganda korxona aktivlarini va ularning tashkil topish manbalarini ifodalovchi moddalar summasini u yoki bu belgisiga qarab jamlash usuli tushuniladi. Balans moddasi deganda balansning har bir qatori tushuniladi, har bir qator esa o’z navbatida bitta yoki bir nechta buxgalteriya hisobi schetlarini o‗z ichiga oladi. Shuning uchun ham balansning tasdiqlangan shaklida har bir modda bo‗yicha qavs ichida tegishli schetlarning tartib raqamlari ko’rsatilgan

Yüklə 137,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə