1. Boshqaruv hisobi. Moliyaviy hisob


Bank va auditorlik xizmatlari uchun to’lovlar qaysi xarajatlar tarkibiga kiradi va ular haqida ma’lumot bering?



Yüklə 137,07 Kb.
səhifə26/46
tarix11.12.2023
ölçüsü137,07 Kb.
#146782
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   46
1. Boshqaruv hisobi. Moliyaviy hisob

98 Bank va auditorlik xizmatlari uchun to’lovlar qaysi xarajatlar tarkibiga kiradi va ular haqida ma’lumot bering?
99 Bi znes segmenti haqida ma’lumot bering? Bozor segmenti (lot. segmentum — qism) — bozorning sotiladigan tovarlar turi, hududiy joylashuvi, xaridorlarning toifasi va ijtimoiy qatlamlari kabi belgilarga koʻra alohida qismlarga ajralishi. Bozorni segmentlarga ajratishda aholining xarid qobiliyati, yashash sharoiti, yoshi va jinsi, qaysi tovarlarni afzal koʻrishi, kishilarning mehnat faoliyati, turmush tarzi, inflyatsiya darajasi, bozor infratuzilmasi va boshqa belgilar asosiy omil boʻlib xizmat qiladi. Oʻz navbatida bozorda qanday valyutaning yurishi, nimaning yaxshi sotilishi, xaridorlarning odatanʼanalari va feʼlatvorlari, xarid qobiliyatiga muvofiq bozorga tovar yetkazib turiladi. Bozor segmenti orkali tovarlarni kam sarfharajatlar bilan yaxshi narxda sotish imkoni yaratiladi.
100 Boshqa operatsion xarajatlar haqida ma’lumot bering
Operatsion xarajatlar - korxona va uning faoliyati tovarlar va mahsulotlar sotish bo'yicha faoliyatni boshqarish bilan bog'liq xarajatlar; Bu kompaniyaning darhol ishlashi bilan bog'liq har qanday xarajatlarni o'z ichiga olgan biznesni boshlash uchun sarflanadi. Ular to'g'ridan-to'g'ri ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lmagan hisobot davrining xarajatlarini tartibga soladilar. FAS «Harajatlar» muayyan iqtisodiy tarkibiy qismlar bo'yicha korxona faoliyatining xarajatlar guruhlarini tashkil qiladi:
101 Asosiy vositalarni dastlabki qiymatini tashkil qiluvchi xarajatlarga haqida ma’lumot bering?
asosiy vositalar korxonalar mahsulot ishlab chiqarish jarayonida foydalanish, ishlarni bajarish yoki xizmat ko’rsatish maqsadida yoxud xo’jalik faoliyati olib borishda uzoq vaqt davomida ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun saqlaydigan moddiy aktivlardir. 5-BHMSning 9-bandiga muvofiq asosiy vositalar dastlabki qiymati bo’yicha baholanadi va buxgalteriya hisobiga kiritilali. Asosiy vositalarni barpo qilish yoki sotib olish uchun ketgan barcha sarfharajatlar qiymati, deganda, jumladan, to’langan va qoplanmaydigan soliqlar, shuningdek, aktivlarni ishchi holatga keltirishga bevosita bog’liq bo’lgan boshqa har qanday sarfharajatlar tushuniladi. Yana shuni hisobga olish kerakki, boshqa shart-sharoitlarda qo’shimcha qiymat soligi va aksiya solig’i kabi soliqlar undiriladigan soliqlar hisoblanadi, yani umumiy tartibda soliq to’laydigan korxona tomonidan mazkur soliqlar to’langanda hisobga olinadi, biroq asosiy vositalarni sotib olish ishga tushirishda yuqorida ko’rsatilgan soliqlar ham ularning dastlabki qiymatga qo’shiladi.
Хo’jalik yurituvchi subektlar amaliyetida asosiy vositalarning dastlabki qiymati, odatda, ularning korxonaga kelib tushishi sabablaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Asosiy vositalarning korxonaga kelib tushishining asosiy manbalari quyidagilar: obyektni oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha sotib olish; kapital kiritmalar yakunlangandan keyin ishga tushirilgan obyektning oldi-berdisi; tasischi tomonidan ustav kapitaliga qo’shilgan ulush; tekin tushum yoki davlat subsidiyasi; ayirboshlash; uzoq mudlatli ijara shartnomasi moddiy-tovar zaxirasi tarkibidan o’tkazish; qiymati avval belgilangan asosiy vositalarsa kapital kiritmalar; 5-BHMSning 11-bandi haq evaziga olingan asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga kiritilgan quyidagi sarflarni belgilaydi: shartnoma bo’yicha qurilish-montaj ishlari uchun pudratchilarga va aktivlarni yetkazib beruvchilarga to’langan summa; asosiy vositalarga egalik huquqini olish bilan bog’liq ro’yxatga olish yig’imi, davlat bojlari va shunga kabi boshqa to’lovlar; bojxona bojlari va yig’imlari; asosiy vositalar obektlarini sotib olish bilan bog’liq soliqlar va yig’imlar summasi; asosiy vositalar obektlarini sotib olish (yaratish) bilan bog’liq axborot va maslahat xizmatlari uchun to’lanadigan summa;

Yüklə 137,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə