1. Boshqaruv hisobi. Moliyaviy hisob


“Debet” soʻzi qanday maʼnoni bildiradi?



Yüklə 137,07 Kb.
səhifə24/46
tarix11.12.2023
ölçüsü137,07 Kb.
#146782
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   46
1. Boshqaruv hisobi. Moliyaviy hisob

90 “Debet” soʻzi qanday maʼnoni bildiradi?
Debet (lotincha: debet — u qarzdor) — ikki tomonlama (oʻng va chap) jadval koʻrinishidagi buxgalteriya hisob varaqlarining bir (chap) tomoni. Korxonaning pul vositalari va moddiy boyliklari zaxirasi (aktivi) holati va harakati qayd etiladigan hisobvaraqlarning D. tomonida oy boshida boyliklarning mavjudligi (nakdligi) va oy davomida ularning tushumi koʻrsatiladi. 
91 “Kredit” soʻzi qanday maʼnoni bildiradi?
Kredit (lot. creditum — qarz, credo — ishonaman,maqullayman) — pul mablagʻlari, tovar va xizmatlarni kelishilgan ustama (foiz) toʻlab qaytarib berish sharti bilan maʼlum muddatlarga qarzga berish. Qarzga mablagʻ beruvchi tomon kreditor (davlat, bank, korxona, xususiy shaxs va boshqalar), ssuda oluvchi tomon esa debitor (qarzdor) deyiladi. Kredit kelishuvi qarzdan foydalanish shartlari kayd etilgan shartnoma bilan rasmiylashtiriladi. K. muomalasi qarz beruvchi va qarz oluvchi oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatdir. 
92 Miqdoriy o'lchovlarni tushuntirib bering? Birinchisi —natural o‘lchov birliklari, ikkinchisi — mehnat o‘lchov birliklari, uchinchisi — pul o‘lchov birliklari. Korxona xo‘jalik faoliyatini to‘g‘ri baholashda, son va sifat jihatdan iqtisodiy ko‘rsatkichlarni o‘rganish turli o‘lchov birliklaridan foydalanishni talab qiladi. Agar iqtisodiy ko‘rsatkichlar tegishli o‘lchov birliklarida ifoda etilgan bo‘lsa, bunday ko‘rsatkichlarni iqtisodiy axborot ko‘rsatkichlari deb hisoblab bo‘lmaydi. Demak, har qanday amalga oshirilgan (mashg‘ulot) hodisa hisob ko‘rsatkichlarida aks ettirilmaydi. O‘lchov birligi hisobning asosiy belgilaridan deb hisoblanadi. Hisob ishlarida qo‘llaniladigan o‘lchov birliklaridan foydalanishda natural ko‘rsatkichlardan, mehnat va pul o‘lchov birliklaridan alohida-alohida foydalanish mumkin. Shunday xo‘jalik jarayonlari amalga oshiriladiki, ularda bir vaqtda natural va pul o‘lchov birliklaridan foydalaniladi.
93 Mehnat o'lchovlari haqida ma’lumot bering? Mehnat o‘lchov birligi mahsulotni ishlab chiqarish yoki ma’lum bir mahsulotga sarf qilingan mehnat sarfini o‘lchashda ishlatiladi. Mehnat o‘lchov birligi ko‘p hollarda bir turli xo‘jalik munosabatlarini o‘rganishda qo‘llanadi.

Yüklə 137,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə