1. Boshqaruv hisobi. Moliyaviy hisob


Buxgalteriya balansining tavsifi nimadan iborat?



Yüklə 137,07 Kb.
səhifə23/46
tarix11.12.2023
ölçüsü137,07 Kb.
#146782
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   46
1. Boshqaruv hisobi. Moliyaviy hisob

86 Buxgalteriya balansining tavsifi nimadan iborat?
Buxgalteriya balansi — buxgalteriya hisoboti aniq hisobot sanasida yakunlovchi, mablagʻlarning sarflanishi, manbai va maqsadini taʼriflovchi, jamlovchi, umumlashtirilgan jadvalda pul hisobida aks ettiruvchi hujjat. Buxgalteriya balansi korxona, tashkilot, firma va boshqa xoʻjalik yurituvchi subʼektlarning mulkiy holatini qiymat koʻrinishida taʼriflab beradi. Buxgalteriya balansi umumlashtirilgan jadval shaklida korxonaning mulklari tarkibini, ularning joylashtirilishini, manbalarini, mablagʻlarning sarflanishi va safarbar etilishini hisobot sanasida qiymat jihatidan aks ettiradi. Buxgalteriya balansi 2 qismdan iborat boʻlib, chap tomoni aktiv, oʻng tomoni passiv deb ataladi. Aktiv va passiv bir-biriga teng boʻladi.[1]
87 Schyotlar rejasini qanday taʼriflaysiz va u qanday maqsadlar uchun moslashtirilgan?
Schyotlar rejasi. Schyotlar rejasi –bu korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning moliyaviy xo‗jalik faoliyatini buxgalteriya hisobida aks ettirishda qo‗llaniladigan schyotlarning tartiblashtirilgan tizimi. O‗zbekiston Respublikasida schyotlar rejasi va uni qo‗llash bo‗yicha yo‗riqnoma davlat ahamiyatiga molik me‘eriy hujjat hisoblanadi. Ushbu me‘yoriy hujjatni ishlab chiqish va joriy qilish Moliya Vazirligiga yuklatilgan. Respublikamiz xalq xo‗jaligi tarmoqlarida ularning xususiyatlarini e‘tiborga olgan va o‗zida mujassamlashtirgan quyidagi uchta turdagi schyotlar rejasi qo‗llaniladi: Davlat byudjetidagi muassasalari moliyaviy–xo‗jalik faoliyati buxgalteriya hisobining schyotlari rejasi.
88 Schyotlarni raqamlashning zarurati nimada?
Xisob yuritish va schyotlarni eslab qolishni osonlashtirish va axborotlarni avtomatlashtirish zaruriyati- Ochilgan schyotlarni adashtirmaslik uchun - Xisob registrlariga yozish uchun- Ochilgan schyotlarni adashtirmaslik va hisob registrlariga yozish uchun
89 Buxgalteriya hisobi schetlari nima?
Korxona aktivlari va ularning manbalari holati hamda harakatini aks ettirish uchun buxgalteriya hisobida «schyotlar» deb nom olgan usul qo‗llaniladi. Schyotlar – bu korxona aktivlari, xususiy kapitali, majburiyatlari, daromad, harajat, foyda va zararlarini hisobot davridagi holati (boshlang‗ich va oxirgi), shuningdek ularning shu davrdagi harakati (ko‗payishi va kamayishi) to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni pul ifodasida aks ettirish usuli. Buxgalteriya hisobida uning har bir ob‘ektini aks ettirish uchun alohida schyotlar ko‗zda tutiladi. Har bir schyot o‗zining tartib raqamiga va aniq nomiga ega bo‗ladi. Odatda, schyotning nomi ob‘ektning nomi bilan bir hil bo‗ladi. Misol uchun, asosiy vositalarni aks ettirish uchun aynan shunday nomdagi № 0100, kassadagi pul mablag‗larini aks ettirish uchun «Kassadagi pul mablag‗lari» nomli № 5000 - schyot va boshqa shu kabi schyotlar ko‗zda tutiladi. Barcha qo‗llaniladigan schyotlarning tartib raqamlari va aniq nomlari maxsus schyotlar rejasida o‗z aksini topadi.

Yüklə 137,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə