Анатом- меш



Yüklə 2,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/134
tarix02.05.2023
ölçüsü2,98 Mb.
#108006
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   134
portal.guldu.uz-Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi

 
мақсади

Suyaklarning tuzilishi va tarkib xaqida tushuncha 
berish
Идентив
 
ўқув
 
мақсадлари

Suyaklarning tuzilishi va tarkibi, tayanch-harakat sistemasiga suyaklar va muskullar 
xaqida tushunchaga ega boladi, suyaklarning o'sishi va rivojlanishini aytib bera oladi 
Suyak tarkibini bilib oladi. 
1-savol bayoni:
Tayanch-harakat sistemasiga suyaklar va muskullar kiradi va yagona suyak-
muskul sistemasini hosil qiladi. Skelet va muskullar organizm uchun tayanch bo'lib, 
ichki organlarni himoya qilish vazifasini ham bajaradi. Tayanch-harakat sistemasi 
yordamida organizmning eng muhim funksiyalaridan biri hisoblangan-harakat 
vujudga keladi. Tayanch-harakat sistemasining uyg'unlashgan faoliyati markaziy nerv 
sistemasi tomonidan boshqariladi. 
Suyaklarning tuzilishi va tarkibi
. Odam tanasidagi barcha suyaklar 
birikkan holda skelet deb yuritiladi va ular organizmda asosan uch xil funktsiyani 
bajaradi. Ularga tayanch, himoya va suyaklarning ko`mik qismida qonnning shaklli 
elementlari (eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar) ishlab chiqariladi. Odam tanasida 
jami 206 ta suyak bo`lib, ularning 85 tasi juft 36 tasi toq suyaklardan tashkil topgan. 
Suyaklarning vazni: katta odamlarda ya'ni erkaklar umumiy tana vazning 18 %, 
ayollarda 17 % , Yangi tug`ilgan bolalarda tahminan 14 % ni tashkil etadi.
Har bir suyak suyak to`qimasi, suyak usti pardasi va suyak miyasidan 
tuzilgan bo`lib, qon va limfa tomirlari hamda nerv tolalari bilan ta'minlangan. 
Suyaklarning yuzasi pishiq yupqa parda yoki suyak usti pardasi bilan qoplangan. Bu 
parda biriktiruvchi to`qimadan iborat bo`lib, unda qon, limfa tomirlari va nerv tolalari 
bo`ladi. Bu parda suyakni oziq modda bilan ta'minlashda, singanda, yorilganda 
jarohatning bitishida katta rol o`ynaydi.
Suyak tarkibida 60 % mineral moddalar 30 % organik moddalar, 10 % suv 
bo`ladi. Organik moddalardan oqsillar, uglevodlar, fermentlar bo`ladi. Meniral 
moddalar suyaklarga qattiqroq, organik moddalar qayishqoqlik beradi. Bola 
tug`ilganida yoki yosh bolalarda suyak to`qimasida ko`proq organik moddalar ko`p
bo`ladi. Shuning uchun ham ularning suyaklari nisbatan qayishqoq va elastik bo`ladi. 
Masalan: bolalarnnig noto`g`ri harakat qilishi yoki o`tirishi, yotqizish oqibatida ayrim 
qismlari qiyshayib qolishi mumkin.
Suyaklarning o'sishi va rivojlanishi.

Yüklə 2,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə