Budjet hisobi


Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari daromadlarini



Yüklə 5,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/329
tarix30.12.2023
ölçüsü5,04 Mb.
#165300
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   329
Budjet hisobi 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

2. Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari daromadlarini 
tasnifi va hujjatlashtirish. 
Davlat budjeti, jamg‘armalar budjeti, budjetdan mablag‘ oluvchilarning budjetdan 
tashqari boshqa mablag‘lari, bojxona organlari g‘azna depozit schyoti daromadlari kassa ijrosi 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘limlari 
tomonidan yuritiladi. Buxgalteriya hisobi bo‘yicha xodimlar ko‘chirmalar va ularga ilova 
qilingan hujjatlarni olgandan so‘ng hujjatlarni sinchiklab tekshirib, tegishli budjet, jamg‘arma 
budjeti, budjetdan mablag‘ oluvchilarning budjetdan tashqari boshqa mablag‘lari, bojxona 
organlari g‘azna depozit schyoti daromadlari bo‘yicha tushgan summalarni to‘g‘ri qabul 
qilinganligini o‘rnatishi va ushbu tushumlar olib borilishi lozim bo‘lgan daromadlar tasnifi 
kodini aniqlashi kerak.
Budjet tasnifi Davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar daromadlari va xarajatlarini, 
shuningdek uning taqchilligini moliyalashtirish manbalarini guruhlashdan iboratdir.
Budjet tasnifi Davlat budjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish hamda ijro etish 
maqsadida budjet ma’lumotlarini tizimga solish uchun foydalaniladi va u budjet ma’lumotlari 
xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan qiyoslanishini ta’minlaydi. 
Davlat budjeti daromadlarining tasnifi barcha darajadagi budjetlar daromadlari, davlat 
maqsadli jamg‘armalari hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari daromadlarining 
guruhlanishidan iborat. Ya’ni, daromadlar tasnifi yordamida Davlat budjetiga kelib 
tushayotgan barcha ko‘rinishdagi daromadlar va tushumlarni turlari, kimlardan kelib 
tushayotganligi va respublikamizning qaysi hududlaridan kelib tushayotganligi to‘g‘risida 
yetarlicha aniq ma’lumotlarni olish mumkin. 
Yigirma bir koddan iborat bo‘lgan daromadlar tasnifi tuzilmasi to‘rt qismli ko‘rinishga 
ega: 


Yüklə 5,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   329




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə