Budjet hisobi


A) Respublika budjeti daromadlari



Yüklə 5,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/329
tarix30.12.2023
ölçüsü5,04 Mb.
#165300
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   329
Budjet hisobi 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

A) Respublika budjeti daromadlari: 
1) qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi va normativlar asosidagi umumdavlat 
soliqlari, yig‘imlari, bojlari va boshqa majburiy to‘lovlar; 
2) qonun hujjatlarida belgilangan normativlar bo‘yicha davlat moliyaviy va boshqa 
aktivlarining joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar; 
3) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo‘yicha davlat mulkiga 
o‘tgan pul mablag‘lari; 
4) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan 
qaytarilmaydigan pul tushumlari; 
5) rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga berilgan budjet ssudalarini 
qaytarish hisobiga berilgan to‘lovlar; 
6) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar hisobiga shakllantiriladi. 
B) Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiva mahalliy budjetlar daromadlari: 
1) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga yo‘naltiriladigan mahalliy soliqlar, 
yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy to‘lovlar; 
2) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga o‘tkaziladigan umumdavlat soliqlari, 
yig‘imlari, bojlari va boshqa majburiy to‘lovlar; 
3) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq davlat mulki ob’yektlarini 
joylashtirish, foydalanishga berishdan olingan daromadlar; 
4) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo‘yicha davlat mulkiga 
o‘tgan pul mablag‘lari; 
5) yuqori budjetlardan beriladigan budjet dotatsiyalari, budjet subvensiyalari va budjet 
ssudalari; 
6) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan 
qaytarilmaydigan pul tushumlari; 
7) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar hisobiga shakllantiriladi. 
Davlat maqsadli jamg‘armalari, boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalar, budjetdan mablag‘ 
oluvchilarning budjetdan tashqari mablag‘lari, bojxona organlarining g‘azna depozit 
hisobvarag‘iga tushadigan mablag‘lar bo‘yicha daromadlar manbaalari qonunchilikda 
belgilangan. 


22 

Yüklə 5,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   329




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə