Budjet hisobi


XARAJATLAR HISOBINI XUJJATLASHTIRISHNI SXEMATIK KO‘RINISHI



Yüklə 5,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/329
tarix30.12.2023
ölçüsü5,04 Mb.
#165300
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   329
Budjet hisobi 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

XARAJATLAR HISOBINI XUJJATLASHTIRISHNI SXEMATIK KO‘RINISHI


29 
3. Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjeti xarajatlarining 
analitik va sintetik hisobi. 
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjeti daromadlari hisobi 02 
"Xarajatlar" nomli hisobvaraqda yuritiladi. Ya’ni: 
020 Budjet xarajatlari 
022 Davlat maqsadli jamg‘armalari va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalar 
mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar 
023 Bojxona organlari g‘azna depozit schyoti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan 
xarajatlar 
025 Davlatning tashqi qarzi mablag‘lari hisobidan xarajatlar 
028 Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan 
xarajatlar 
029 Budjetdan mablag‘ oluvchilarni boshqa budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan 
amalga oshirilgan xarajatlar 
"Budjet 
xarajatlari" 
nomli 
020-sonli 
hisobvaraqda 
Respublikasi 
budjeti, 
Qoraqalpog‘iston respublikasi va mahalliy budjetlarning kassa xarajatlari hisobga olinadi. Bu 
schyotning debet tomonida davlat budjeti xarajatlari summasi kredit tomonida xarajatlarni 
hisobdan chiqarilishi yoki o‘tkazilishi aks ettiriladi. 
022 – sonli “Davlat maqsadli jamg‘armalari va boshqa Budjetdan tashqari 
jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar” hisobvaraqda moliya yilida 
jamg‘armalar tomonidan amalga oshirilgan kassa xarajatlari hisobga olinadi. Bu schyotning 
debet tomonida Davlat maqsadli jamg‘armalari va boshqa Budjetdan tashqari jamg‘armalar 
mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar summasi kredit tomonida xarajatlarni 
hisobdan chiqarilishi yoki tiklanishi aks ettiriladi. 
023 – sonli “Bojxona organlari g‘azna depozit schyoti mablag‘lari hisobidan amalga 
oshirilgan xarajatlar” hisobvaraqda moliya yilida g‘azna depozit schyoti mablag‘lari 
hisobidan amalga oshirilgan kassa xarajatlari hisobga olinadi. Bu schyotning debet tomonida 
bojxona organlari g‘azna depozit schyoti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar 
summasi kredit tomonida xarajatlarni hisobdan chiqarilishi yoki tiklanishi aks ettiriladi. 
025-sonli hisobvaraq “Davlatning tashqi qarzi mablag‘lari hisobidan xarajatlar” 
Davlatning tashqi qarzi mablag‘larining ishlatilishi bilan bog‘liq, kassa xarajatlari hisobi bilan 
bog‘liq operatsiyalar hisobi uchun mo‘ljallangan. Bu schyotning debet tomonida Davlatning 
tashqi qarzi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar summasi kredit tomonida 
xarajatlarni hisobdan chiqarilishi yoki tiklanishi aks ettiriladi. 
028-sonli hisobvaraq “Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 
xarajatlar” g‘azna hisobvaraqlaridan Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari 
hisobidan amalga oshiriladigan ijtimoiy nafaqalar to‘lovlariga kassa xarajatlari bilan bog‘liq 
operatsiyalar hisobi uchun mo‘ljallangan. Bu schyotning debet tomonida Pensiya jamg‘armasi 
mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan ijtimoiy nafaqalar to‘lovlariga kassa xarajatlari 
summasi kredit tomonida xarajatlarni hisobdan chiqarilishi yoki tiklanishi aks ettiriladi. 
029-sonli hisobvaraqda “Budjetdan mablag‘ oluvchilarni boshqa Budjetdan tashqari 
mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar” g‘azna hisobvaraqlaridan Budjetdan 
tashqari boshqa mablag‘larning kassa xarajatlari bilan bog‘liq operatsiyalar hisobi yuritiladi. 
Bu schyotning debet tomonida Budjetdan mablag‘ oluvchilarni boshqa Budjetdan tashqari 
mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan xarajatlari summasi kredit tomonida xarajatlarni 
hisobdan chiqarilishi yoki tiklanishi aks ettiriladi. 

Yüklə 5,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   329




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə