Buxgalteriya hisobi va audit



Yüklə 195,52 Kb.
səhifə1/2
tarix19.04.2023
ölçüsü195,52 Kb.
#106370
  1   2
Shomurodov Islom G\'aznachilik


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI



BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT” YO’NALISHI BHA-93-2/22 GURUHI TALABASI
SHOMURODOV ISLOMNING
G’AZNACHILIK” fanidan
Budjet tashkilotlari budjetdan tashqari mablag’larining g’azna ijrosini tashkil qilish
mavzusida tayyorlagan


MUSTAQIL ISHI

O’qituvchi: Achilov Uyg’un



Toshkent-2023


REJA










1.

Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining ijrosi bo’yicha budjet hisobini tashkil etishning me’yoriy-huquqiy asoslari






2.

Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining ijrosi bo’yicha budjet hisobida qo’llaniladigan hisob xujjatlari va registrlari






3.

Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining ijrosi bo’yicha budjet hisobida qo’llaniladigan hisobvaraqlar va buxgalteriya balansi






4.

Moliya organi, G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari bosh hisobchisining majburiyatlari, huquqlari va javobgarligi





















Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari Budjetlarining ijrosi bo’yicha O’zbekiston Respublikasining "Budjet kodeksi" va "Buxgalteriya hisobi to’g’risida"gi qonunlariga, “Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Budjeti ijrosining moliya organlarida buxgalteriya hisobi bo’yicha yo’riqnoma”, G’aznachilik va uning hududiy bo’limlarida davlat Budjeti kassa ijrosi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2011 yil 14 yanvardagi 2- sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Davlat Budjeti, Davlat maqsadli va Budjetdan tashqari boshqa jamg’armalari Budjeti g’azna ijrosi buxgalteriya hisobi to’g’risida yo’riqnoma” ga asosan buxgalteriya hisobi yuritilmoqda va boshqa tegishli qonuniy xujjatlarga asosan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari Qaroqalpog’iston Respublikasi moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari, shahar va tuman moliya bo’limlari buxgalteriya hisobini yuritadi. Xozirda Budjet ijrosi hisobi kassa usuliga asoslangani sababli, Moliya organlari shuningdek G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari buxgalteriya hisobi va hisobotlarini yagona “G’azna dasturi”da yuritmoqda. Moliya organlari shuningdek G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari bosh buxgalterlari o’z ishlarida (faoliyatlarida) O’zbekiston Respublikasi Davlat Budjetini ijro etish qoidalarini tartibga soluvchi amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga tayanadilar. Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari Budjetlarining ijrosi jarayoni bo’yicha buxgalteriya axborotlarini shakllantirishdan iboratdir.


Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari Budjetlari ijrosi buxgalteriya hisobining vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari Budjeti ijrosi jarayoni muomalalarini buxgalteriya hujjatlarida aks ettirish;
2. Buxgalteriya hisobvaraqlarda Budjet mablag’larini holati va harakatini aks ettirish;
3. Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari budjeti ijrosi natijalarini aniqlash;

Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining ijrosi buxgalteriya hisobini amalga oshirish uchun g’aznachilik bo’linmalarining birlamchi hujjatlarga va hisobga olish registrlariga imzo qo’yish huquqiga ega hodimlari tomonidan imzolangan birlamchi hujjatlar rasmiylashtiriladi.


Birlamchi hisob hujjatlarida ma’sul shaxslarning imzolari bo’lmasa, ular haqiqiy hisoblanmaydi. Budjetlarning g’azna ijrosi bo’yicha operatsiyalarni buxgalteriya yozuvi uchun quyidagi belgilangan tartibda rasmiylashtirilganlar asos bo’lib xizmat qiladi:
- G’aznachilik bo’linmalarining g’azna hisobvaraqlaridan, ushbu hisobvaraqlardan pul mablag’larining (o’tkazish va qabul qilish) harakatini tasdiqlovchi xizmat ko’rsatuvchi banklarning tegishli belgilari qo’yilgan to’lov topshiriqnomalari va boshqa to’lov hujjatlari (elektron yoki qog’oz holatidagi) ilova qilingan bank ko’chirmalari;
- G’aznachilik bo’linmalari maxsus hisobvaraqlaridan Budjet mablag’lari hisobiga ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlarni amalga oshirish, shuningdek Budjetdan mablag’ oluvchilarning ma’lum maqsadlar uchun Budjetdan tashqari mablag’lari hisobidan naqd pul mablag’lari to’lovi bo’yicha shu hisobvaraqlardan pul mablag’larining (o’tkazish va qayta tushirish) harakatini tasdiqlovchi xizmat ko’rsatuvchi banklarning tegishli belgilari qo’yilgan to’lov topshiriqnomalari va boshqa to’lov hujjatlari (elektron yoki qog’oz ko’rinishida) ilova qilingan bank ko’chirmalari;
- 11-sonli shakldagi o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha bildirishnoma;
- 3-sonli shakldagi Budjetlarni g’azna hisobvaraqlariga Davlat budjeti, jamg’armalar Budjeti, shuningdek bojxona organlari g’azna depozit schyotiga kelib tushgan daromadlar to’g’risidagi ma’lumotnoma;
- 274-sonli shakldagi memorial order;
- Davlat budjeti, jamg’armalar budjeti, bojxona organlari g’azna depozit schyoti shuningdek Budjetdan mablag’ oluvchilarning budjetdan tashqari boshqa mablag’lari hisobini yuritishda ishlatiladigan boshqa hujjatlar.
Birlamchi hisob hujjatlarini tuzgan va imzolagan shaxslar, ushbu hujjatlarni o’z ichiga olgan ma’lumotlarning o’z vaqtida tuzilishi, to’g’riligi va haqqoniyligi, shuningdek ularni buxgalteriya hisobotida aks ettirilishi uchun belgilangan muddatlarda etkazilishi uchun javobgardirlar.
Birlamchi va boshqa hisob hujjatlariga, operatsiyalar qatnashchilari tomonidan tasdiqlanmagan o’zgartirish kiritishga yo’l qo’yilmaydi. Bank va kassa hujjatlarini o’zgartirish va bo’yashga yo’l qo’yilmaydi.
Har bir ish kuni tugashi bilan respublika Budjeti ijrosi bo’yicha, mahalliy Budjet ijrosi bo’yicha, jamg’armalar Budjeti, Budjetdan mablag’ oluvchilarning Budjetdan tashqari boshqa mablag’lari, shuningdek bojxona organlari g’azna depozit schyoti mablag’lari operatsiyalari barcha birlamchi va hisob hujjatlari g’aznachilik bo’linmalari buxgalteriya hisobi hodimlari tomonidan ularning kelib tushishi bo’yicha taxlanadi va broshyuralanadi.
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari Budjetlarining ijrosi bo’yicha operatsiyalarning buxgalteriya hisobi registrlari ikkiyoqlama yozuv qoidalariga muvofiq tasdiqlangan blankalar (shakllar), jurnallar, kitoblarni o’zida ifodalaydi.
Davlat Budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari Budjetlarining ijrosi bo’yicha operatsiyalarning buxgalteriya hisobi quyidagi hisobga olish registrlarida yuritiladi: a) "Bosh jurnal" daftari;
b) Budjet mablag’lari kassa xarajatlari kitobi, jamg’arma mablag’lari taqsimlovchilari kassa xarajatlari kitobi, Budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’lari tushumi va sarflanishi hisobi kitobi, bojxona organlari g’azna depozit schyotiga mablag’lar tushumi va sarflanishi hisobi kitobi, Budjetdan mablag’ oluvchilarning boshqa Budjetdan tashqari mablag’lari tushumi va sarflanishi hisobi kitobi;
v) Budjetlar bilan hisoblashuvlar kitobi, budjetlar va jamg’armalar bilan hisoblashuvlar, shuningdek jamg’armalar bilan ssudalar bo’yicha hisoblashuvlar kitobi;
g) boshqa Budjetlar bilan hisob-kitoblar kitobi;
d) Budjet mablag’lari daromadlari va tushumlari hisobi kitobi, jamg’armalar mablag’lari daromadlari va tushumlari hisobi kitobi.
Bunda, Budjetlarning g’azna ijrosi buxgalteriya hisobi registrlari bo’yicha operatsiyalar elektron shaklda yuritiladi. Davlat Budjeti, jamg’armalar Budjeti, bojxona organlari g’azna depozit schyoti shuningdek Budjetdan mablag’ oluvchilarning Budjetdan tashqari boshqa mablag’lari bo’yicha amalga oshirilgan kassa xarajatlari to’g’risidagi ma’lumot Davlat Budjetining g’azna ijrosi dasturiy majmuida kunlik asosida va hisobot oyi, choragi va yilining o’sib boruvchi yakuni bilan bank ko’chirmalaridan olingan va tegishli g’azna hisobvaraqlariga (operatsiya amalga oshirilgan kunning ertangi bank kunidan kechiktirmasdan) kelib tushgan va ko’chirilgan mablag’lar to’lov hujjatlari ma’lumotlari asosida aks ettiriladi.
Muomalalar "Bosh jurnal"ga, analitik (tahliliy) hisob daftarlariga memorial orderlar va ularga ilova qilingan hujjatlarga hujjatlar asosida yoziladi. Moliya organlari shuningdek G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari buxgalteriya bo’limida Budjet ijrosiga oid dastlabki hujjatlar asosida yig’ma hujjatlar tuziladi va buxgalteriya yozuvlarida aks ettirilib memorial order va tegishli buxgalteriya kitoblari rasmiylashtiriladi, shuningdek memorial orderlardagi yozuvlar Bosh daftarga o’tkaziladi.
Oyning ohirida buxgalteriya yozuvlarining to’g’riligi ustidan nazorat qilish uchun tahliliy hisob daftarida ko’rsatilgan debet va kredit bo’yicha aylanmalar yig’indilari va qoldiqlar “Bosh jurnal” daftarining sintetik hisobvaraqlaridagi aylanmalar yig’indilari va qoldiqlar bilan solishtiriladi.
Buxgalteriya balansini tuzish uchun asos bo’lib, Bosh jurnal daftaridagi chiqarilgan qoldiq summalari olinadi.
Joriy yil bo’yicha Budjet ijrosining buxgalteriya hisobi yozuvlarida topilgan hatolar quyidagi tartibda to’g’rilanadi:
a) mazkur hisobot davrida buxgalteriya balansi taqdim qilingunga qadar aniqlangan, memorial order ma’lumotlarini o’zgartirishni talab qilinmaydigan hato noto’g’ri summalar va matnni ustidan, o’qib bo’ladigan darajada ingichka chiziq tortish, kerak bo’lgan paytda chizilganlar ustiga to’g’ri summalarni va yangi matnni yozish orqali to’g’rilanadi. Har bir tuzatish bosh buxgalterning imzosi bilan tasdiqlanadi;
b) buxgalteriya balansini taqdim qilingunga qadar, memorial orderdagi hato natijasida topilgan hato yozuv, uning xarakteriga muvofiq qo’shimcha memorial order tuzish orqali yoki "Qizil storno" usuli bilan tuzatiladi. Balans taqdim qilingandan so’ng hisobot davri buxgalteriya hisobi yozuvlaridagi topilgan hatolar ham huddi shu tarzda tuzatiladi. Hatolar "Qizil storno" usuli bilan tuzatilganda quyidagi buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi: hato yozuv qilib qizil siyohda qaytadan yozilib, to’g’risi esa - qora (ko’k, siyoh rang) siyohda yoziladi. Jami summalarni hisoblashda qizil siyohda yozilgan summalar qora (ko’k, siyoh rang) siyohda yozilgan summalar yig’indisidan ayiriladi. Hatolarni tuzatish bo’yicha qo’shimcha buxgalteriya yozuvlari, shuningdek "Qizil storno" usuli bilan xato tuzatishlar, odatdagi rekvizitlar bilan bir qatorda memorial orderlar bilan rasmiylashtirilib, tuzatish kiritilgan memorial orderning tuzilgan sanasi va raqamiga asosan tuzilganligi ta’kidlab o’tiladi.
Hisobot yili tugashi bilan va yakuniy balans tuzilishidan oldin buxgalteriya hisobi daftarlarida har bir sintetik va analitik (tahliliy) hisobvaraqlar bo’yicha aylanmalar yig’indisi hisoblanib, ushbu hisobvaraqlar bo’yicha qoldiqlar chiqariladi.
Yangi hisobot yilida sintetik va analitik hisobvaraqlar bo’yicha buxgalteriya registrlarida yilning boshiga mavjud bo’lgan qoldiqlar yakuniy balans va o’tgan yilning hisob registrlaridagi yozuvlarga to’liq mos kelgan holda yoziladi. Buxgalteriya balansi Davlat Budjeti ijrosi jarayonida Budjet mablag’lari va ularni manbaalari holatini aks ettirib beradi.
Moliya organlarida shuningdek G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalarida Davlat Budjeti, jamg’armalar Budjeti, bojxona organlari g’azna depozit schyoti shuningdek Budjetdan mablag’ oluvchilarning Budjetdan tashqari boshqa mablag’lari bo’yicha amalga oshirilgan kassa xarajatlari buxgalteriya hisobi schyotlar rejasida kassa metodi asosida yuritiladi
Moliya organlarining Davlat Budjeti ijrosi bo’yicha buxgalteriya balansi quyidagi bo’limlardan iboratdir




Bosh hisobchi boshchilik qiladigan moliya organi, G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari buxgalteriyasi mustaqil tarkibiy bo’linma hisoblanadi.
Moliya organlari, G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalarining bosh buxgalterlari o’z ishlarida (faoliyatlarida) O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetini ijro etish qoidalarini tartibga soluvchi amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga tayanadilar.
Bosh hisobchi buxgalteriya hodimlari uchun xizmat vazifalarini har bir hodim uchun alohida belgilaydi. Buxgalteriyada hizmat vazifalari funktsional belgilarga qarab taqsimlanadi, ya’ni hodimlarning har bir guruhiga yoki alohida bir xodimga ishning hajmiga qarab, ma’lum bir soha biriktiriladi.
Moliya organi, G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari bosh hisobchisi lavozimga tayinlanishida va undan ozod etilishida belgilangan tartibda moliya organi rahbarining buyrug’iga muvofiq tuzilgan komissiya tomonidan qabul qilish – topshirish kunida hisob, hisobot va arxiv hujjatlarining holatini ko’rsatgan holda buxgalteriya ishlarini qabul qilish–topshirish to’g’risidagi dalolatnoma tuziladi.
Hududiy moliya organlari, G’aznachilik bo’linmalarida ishlarni topshirish va qabul qilish yuqori moliya organi, G’aznachilikning bosh buxgalteri ishtirokida amalga oshiriladi.
Quyida misol tariqasida buxgalteriya ishlarini qabul qilish–topshirish to’g’risidagi dalolatnomani namunaviy ko’rinishini keltiramiz: Moliya organi, G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari bosh buxgalterining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
 buxgalteriya hisobini byudjet hisobiga oid normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda yuritish, shuningdek, hisob ishlarini zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etish;
 buxgalteriya hujjatlarini o’z vaqtida va to’g’ri rasmiylashtirilishini hamda amalga oshirilayotgan operatsiyalarning qonuniyligini oldindan nazorat qilish;
 buxgalteriya hisobi va hisobotlarni tuzish masalalari yuzasidan ko’rsatmalar berish hamda ular ustidan nazoratni amalga oshirish;
 budjet mablag’larini, shuningdek, jamg’armalar mablag’lari, byudjetdan tashqari mablag’larni xarajatlar smetasida ko’zda tutilgan muayyan maqsadlarga to’g’ri sarflanishi, shuningdek, pul mablag’lari va moddiy qimmatliklarning butligi ustidan muntazam nazorat qilish;
 budjet ijrosi jarayonida vujudga keladigan byudjetlar o’rtasida o’zaro hisoblashuvlar, byudjet ssudalari bo’yicha hisob-kitoblarni o’z vaqtida amalga oshirish;
 budjet ijrosi jarayoniga oid moliyaviy hisobotlarni belgilangan muddatlarda tuzish va topshirish;
 buxgalteriya hujjatlarini, hisob registrlarini, shuningdek, xarajatlar smetalarini (ilova hisob-kitoblari bilan birga) saqlanishini ta’minlash;
 qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajarilishini ta’minlash. Moliya organi bosh hisobchisi yuqoridagi vazifa va majburiyatlardan kelib chiqqan holda quyidagi huquqlarga ega:
 buxgalteriya hisobi va nazorat ishlari to’g’ri tashkil etilishini ta’minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko’rishni rahbardan talab qilish;
 barcha bo’linmalaridan buxgalteriya hisobini yuritish uchun talab qilinadigan hujjatlar va ma’lumotlarni rasmiylashtirishni hamda buxgalteriyaga taqdim qilishni talab qilish;
 qonunchilikda belgilangan boshqa huquqlarni amalga oshirish. Bosh hisobchi quyidagilar uchun javobgar hisoblanadi:
 buxgalteriya hisobi noto’g’ri yuritilib, natijada tartibsiz holatga kelgani va byudjet ijrosiga oid moliyaviy hisobotlar buzilganda (noto’g’ri tuzilganda);
 byudjet ijrosi jarayoni yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibga zid operatsiyalar bo’yicha hujjatlar rasmiylashtirilgan va ijroga qabul qilingan hollarda;
 buxgalteriya hisobini tashkil etishga doir boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilganda.
Bosh buxgalterga uning hisob va hisobot bo’yicha to’g’ridan-to’g’ri vazifalarini bajarish bilan bog’liq bo’lmagan (taalluqli bo’lmagan) topshiriqlarni berish mumkin emas (berilmaydi). Bosh buxgalterga pul mablag’lari va moddiy qiymatliklar uchun bevosita moddiy javobgarlik bilan bog’liq bo’lgan vazifalarni yuklash mumkin emas. Agarda buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritishning belgilangan tartibiga yoki amaldagi qonunchilikka zid bo’lgan farmoyish olgan holatda, bu haqda bosh buxgalter yuqori moliya organining rahbariga ma’lum qilishi shart.
Bosh buxgalterga yuklatilgan vazifalarni (majburiyatlarni) amalga oshirish uchun unga buxgalteriya hisobi va nazoratini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan barcha hujjatlar: byudjetning daromadlari va xarajatlarining choraklar bo’yicha taqsimlangan yillik yoyilmasi yoki undan ko’chirma, moliyalashtirish rejalari, buyruqlar, farmoyishlar, moliyalashtirish hajmlarining o’zgarganligi to’g’risidagi ma’lumotnoma-bildirishnomalar va ma’lumotnoma-xabarnomalar, mahalliy byudjet va Jamg’arma byudjetining ijro etilishi bilan bog’liq bo’lgan boshqa materiallar va hujjatlar o’z vaqtida berib turilishi kerak.
Bosh buxgalterning buxgalteriya hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi bo’yicha beradigan farmoyishlari moliya organining barcha xodimlari uchun majburiy hisoblanadi.



Yüklə 195,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə