Budjet hisobi


Davlat budjetining iqtisodiy xarajatlar tasnifining tuzilmasi quyidagi ko‘rinishda



Yüklə 5,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/329
tarix30.12.2023
ölçüsü5,04 Mb.
#165300
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   329
Budjet hisobi 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Davlat budjetining iqtisodiy xarajatlar tasnifining tuzilmasi quyidagi ko‘rinishda 
bo‘ladi: 
 
Toifa
Modda va kichik modda 
Element 
xх 
xx 
xxx 
Iqtisodiy xarajatlar tasnifi toifalar, moddalar va kichik moddalar kodlarini o‘z ichiga 
olgan 7 raqamdan iborat. 
toifa – 2 ta raqam; 
modda – 1 ta raqam; 
kichik modda – 1 ta raqam; 
element – 3 ta raqam. 
2.Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalar budjetlari xarajatlarining kassa 
ijrosi hisobini hujjatlashtirish. 
Buxgalteriya xodimlari G‘azna dasturiy majmuada tomonidan g‘aznachilikka xizmat 
ko‘rsatuvchi bank tomonidan taqdim etilgan ko‘chirmalarga asosan tegishli budjet, jamg‘arma 
budjeti, budjetdan mablag‘ oluvchilarning budjetdan tashqari mablag‘lari, bojxona organlari 
g‘azna depozit schyoti mablag‘lari bo‘yicha tegishli kassa xarajatlari kitobi, 274-son 
shakldagi Memorial order rasmiylashtiriladi. G‘aznachilik organi bosh buxgalteri muomala 


28 
sodir bo‘lgan kuni keyingi kundan kechiktirmay dasturiy majmuada kassa xarajatlari bo‘yicha 
Memorial orderdaga kiritilgan yozuvlarni tekshirib tasdiqlaydi.
 
 
 
 
 
 
 
 
1 – chizma. Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlari 
harajatlari qismini xujjatlashtirishni sxematik ko‘rinishi. 
Moliya organi bosh buxgalteri G‘azna dasturiy majmuasida g‘aznachilik organi 
buxgalteriyasi tomonidan kiritilgan va tasdiqlangan budjet kassa xarajatlari bo‘yicha 
shakllantirilgan memorial orderdagi yozuvlar shuningdek analitik va sintetik hisobni 
muvofiqligini tekshiradi va dasturiy majmuaga “Ijroga” belgisini kiritadi va natijada 
Memorial orderdagi yozuvlar avtomatik ravishda Bosh jurnal kitobiga va hisobot shakllarida 
aks ettiriladi.
Chizmadan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi G‘aznachiligi 
va uning hududiy bo‘limlarida Davlat budjeti kassa xarajatlari daftarlari budjet va budjetdan 
tashqari mablag‘lar bo‘yicha har bir budjetdan mablag‘ oluvchi bo‘yicha alohida yuritiladi. 
Xarajat turlari bo‘yicha rejali ajratilgan budjet mablag‘lari o‘zgarishlari, xarajatlar 
turlari bo‘yicha smetalarga kiritilayotgan o‘zgartirishlar ro‘yxati rekvizitlari ko‘rsatilgan 
holda, 
tegishli 
yozuvlar 
bilan 
rasmiylashtiriladi.
Keyinchalik, kassa xarajatlari hisobida, operatsiyalar amalga oshirilgan sanaga muvofiq: 
tegishli xarajat turlari bo‘yicha summalar yoyilmasida kassa xarajatlarini amalga oshirilishida 
asos bo‘lgan to‘lov topshiriqnomalari, cheklar va boshqa tegishli hujjatlarning rekvizitlari 
yoziladi. 
Bank hujjatlari va shaxsiy hisobvaraqdan kunlik amalga oshirilgan operatsiyalar 
ko‘chirmaga ilovalar kiritilgandan so‘ng kassa xarajatlari jami hisoblanadi va so‘rovnomaga 
ko‘ra hisobot sana boshiga rejali ajratilgan budjet mablag‘lari qoldiqlari chiqariladi. 
Rejali ajratilgan budjet mablag‘lariga o‘zgartirishlar kiritishda ularning qoldiqlari, 
kiritilgan o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda chiqariladi. Bundan tashqari, oy oxirida 
tegishli ravishda oylik va yil boshidan (kassa) aylanmalar jami hisoblanadi. 
Moliya organlari, G‘aznachilik va uning xududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilgan 
kassa xarajatlari budjet tasnifining har bir bo‘linmasi bo‘yicha hisobga olinadi. 
To‘lov xujjatlari ilova qilingan bank ko‘chirmalari 
Byudjet 
mablag‘lari
Kassa xarajatlari 
kitobi (3kbs-
shakl)
Jamg‘arma
ablag‘lari 
taqsimlovchilari 
kassa xarajatlari 
kitobi (3ksf-shakl)
Memorial 
order (274-b 
shakl) 
Byudjetdan tashqari 
Pensiya jamg‘armasi 
mablag‘lari tushimi va 
sarflanishi hisobi 
kitobi (3kvpf-shakl)
"Bosh jurnal" daftari (1-k shakl)
Hisobot shakllari 
Bojxona organlari 
g‘azna depozit 
schyotiga 
mablag‘lartushimi 
va sarflanishi hisobi 
kitobi (3- kdsto 
shakl)
Memorial 
order (274-f 
shakl) 
Memorial 
order (274-t 
shakl) 
Memorial 
order (274-v 
shakl) 
Byudjetdan mablag‘ 
Oluvchilarning boshqa 
byudjetdan tashqari 
mablag‘lari tushimi va 
sarflanishi hisobi kitobi 
(3-kvbs shakl)

Yüklə 5,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   329




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə