Budjet hisobi


Budjetlararo munosabatlar va ular hisobini maqsadi hamda vazifalari



Yüklə 5,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/329
tarix30.12.2023
ölçüsü5,04 Mb.
#165300
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   329
Budjet hisobi 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

 
3.Budjetlararo munosabatlar va ular hisobini maqsadi hamda vazifalari.
Budjet tasdiqlangandan so‘ng davlat va mahalliy soliqlar va daromadlar to‘g‘risida, 
ma’muriy-hududiy bo‘linishdagi, korxonalar, tashkilotlar va xo‘jalik birlashmalarining 
bo‘ysunishidagi o‘zgarishlar, turli xildagi bo‘ysunishdagi qurilish ob’ektlari o‘rtasida kapital 
qo‘yilmalar limitlarini qaytadan taqsimlashdagi o‘zgarishlar bo‘yicha qabul qilingan yangi 
qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari qabul qilinishi 
natijasida alohida olingan budjetlarga o‘zgartirishlar kiritilgan hollarda budjet ijrosi 
jarayonida yuzaga keladigan budjetlar o‘rtasida o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha muomalalar 
amalga oshiriladi. 
Budjetlar o‘rtasida o‘zaro hisob-kitoblar faqatgina yuqori va quyi budjetlar o‘rtasida 
amalga oshiriladi. 
Budjetlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarga summalarni o‘tkazish uchun asos bo‘lib, 
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi 
hukumatining qarorlari va farmoyishlaridan hamda budjetga o‘zgartirishlar kiritish huquqi 


37 
berilgan hokimiyatlar va boshqa organlarning qarorlaridan kelib chiqadigan o‘zgartirishlarga 
tegishli hududiy moliya organlari tomonidan 11-sonli shaklda tuzilgan ma’lumotnoma-
bildirishnomalar 
xizmat 
qiladi. 
Budjetlar o‘rtasidagi hisob-kitoblarga o‘tkazish kerak bo‘lgan summalarni aniqlash va ularni 
qaytarish muddatlarini belgilash hisob-kitobda qatnashayotgan yuqori moliya organi 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Yuqori budjet oldida o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlarni yuzaga kelish holatida, 
yuqori budjetlar navbatdagi oyning birinchi sanasiga, o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha mavjud 
qarz summalarini quyi budjetning hisobvaraqlaridan so‘zsiz tartibda qaytarib olishlari 
mumkin. 
O‘zaro majburiyatlar bo‘yicha barcha hisob-kitoblar joriy moliya yilida tugatilishi 
kerak. Budjetlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarning mavjud summalariga yuqori moliya 
organi 11-sonli shakldagi ma’lumotnoma-bildirishnomani rasmiylashtiradi va tegishli quyi 
moliya organiga yuboradi. 
O‘zaro majburiyatlar bo‘yicha hisob-kitoblarni joriy moliya yilida tugatish mumkin 
bo‘lmagan hollarda operatsiyalarni o‘tgan yilning hisobotida majburiy tartibda aks ettirgan 
holda o‘zaro hisob-kitoblarni yangi yilda olib borishga ruxsat beriladi.
Ma’muriy-hududiy bo‘linish o‘zgargan holatlarda budjetlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-
kitoblarga, taqsimlash dalolatnomasiga asosan bir budjetdan ikkinchi budjetga o‘tkazish kerak 
bo‘lgan summalar o‘tkaziladi. 
Taqsimlash dalolatnomasida budjetning daromadlari va xarajatlari bo‘yicha quyidagi 
ma’lumotlar keltirilishi kerak: 
a) daromadlarni kontingentlar, foizlar va ajratmalar summasi ko‘rsatilgan holda 
tasdiqlanganligi hamda hisobot yili bo‘yicha alohida tadbirlar bo‘yicha tasdiqlangan xarajatlar 
hajmi; 
b) o‘tkazish sanasiga tushgan daromadlar, ochilgan budjet mablag‘lari ajratmalari yoki 
moliyalashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan summalar va kassa xarajatlari; 
v) budjetning ijro etish jarayonida budjetlar o‘rtasida yuzaga kelgan hisob-kitoblar 
(olingan va berilgan ssudalar va mablag‘lar hamda o‘zaro hisob-kitoblar). 
Budjetlar tasdiqlangandan keyin qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlar oqibatida quyi 
budjetlardan yuzaga kelgan qo‘shimcha daromadlarni undirish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zaro 
hisob-kitoblarga o‘tkaziladigan summalarning miqdori, yangi qonunchilikka binoan hisoblab 
chiqilgan tegishli daromad manbai bo‘yicha mazkur quyi budjetga kelib tushgan summa bilan 
hisobot yilida shu budjetga ushbu daromad manbai bo‘yicha kelib tushishi ko‘zda tutilgan 
tushumlar summasi o‘rtasidagi farq sifatida belgilanadi. 
Budjet tashkilotlari, korxonalari va xo‘jalik birlashmalarini moliyalashtirishni bir 
budjetdan boshqa budjetga o‘tkazishda ushbu budjet tashkilotlari, korxonalari va xo‘jalik 
birlashmalari bo‘yicha yil boshidan boshlab amalga oshirilgan xarajatlari budjetda ko‘zda 
tutilgan yillik ajratmalarning summalari to‘liqligicha moliyalashtirish amalga oshiriladigan 
budjetda aks ettirilishi kerak. 
Bir budjetdan ikkinchi budjetga xarajatlarni o‘tkazganda, yuqori moliya organi quyi 
moliya organiga budjet tashkilotlari, korxonalari va xo‘jalik birlashmalarini bir budjetdan 
moliyalashtirish to‘xtatilganligi va ikkinchi budjetdan moliyalashtirish boshlanganligi 
belgilangan sanani ma’lum qiladi. 
Moliyalashtirish bo‘yicha bir budjetdan ikkinchi budjetga o‘tkazilgan korxonalar va 
tashkilotlar o‘tkazish sanasiga buxgalteriya hisobotini tuzadilar (yillik hisobot shakli hajmida) 
va uni oldingi va yangi yuqori organlariga taqdim qiladilar. Keyinchalik hisobot faqat 
bo‘ysunadigan yangi yuqori organga taqdim qilinadi. 
Xarajatlar o‘tkazilgan budjetning ijro etilishi bo‘yicha hisobni amalga oshiradigan 
moliya organi, ushbu to‘g‘risida ma’lumot olishi bilan o‘tkazilayotgan budjet tashkilotlari, 
korxonalari va xo‘jalik birlashmalari bo‘yicha tegishli budjet mablag‘larini oluvchidan 
quyidagilarni talab qilib olishi kerak: 


38 
a) tasdiqlangan smetani; 
b) o‘tkazish sanasiga xarajatlar smetasini ijro etilishi bo‘yicha tuzilgan hisobotni. 
Xarajatlarni bir budjetdan ikkinchi budjetga o‘tkazishda (kapital qo‘yilmalardan 
tashqari), o‘zaro hisob-kitoblarga o‘tkazilayotgan budjet tashkiloti, korxonasi yoki xo‘jalik 
birlashmasini moliyalashtirish uchun budjetda nazarda tutilgan barcha yillik budjet mablag‘ 
ajratmalari o‘tkaziladi. 
O‘zaro hisob-kitoblarga quyidagilar ham o‘tkazilishi kerak:
a) respublikaga bo‘ysunishdan mahalliy bo‘ysunishga o‘tkazilganda - o‘tkazish kunida 
respublika budjeti bo‘yicha tashkilotlar, korxonalar va xo‘jalik birlashmalariga ochilgan 
ajratmalar summalari (jumladan ochilgan ajratmalarning ishlatilmagan qoldiqlari); 
b) mahalliy bo‘ysunishdan respublika bo‘ysunishiga yoki viloyat, shahar va tuman 
chegarasida bir mahalliy bo‘ysunishdan boshqa mahalliy bo‘ysunishga o‘tkazishda - 
moliyalashtirish hisobiga o‘tkazish kunida mahalliy budjet mablag‘lari depozit 
hisobvarag‘idan budjet tashkilotlari, korxonalari va xo‘jalik birlashmalarining budjet 
mablag‘lari bo‘yicha o‘tkazilgan mablag‘lar summasi. 

Yüklə 5,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   329




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə