Budjet hisobi


Budjetlararo o‘zaro hisob-kitoblarni xujjatlashtirish va hisob registrlarida aks



Yüklə 5,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/329
tarix30.12.2023
ölçüsü5,04 Mb.
#165300
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   329
Budjet hisobi 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

4.Budjetlararo o‘zaro hisob-kitoblarni xujjatlashtirish va hisob registrlarida aks 
ettirish.
Budjet tashkilotlari, korxonalari yoki xo‘jalik birlashmalarini respublika bo‘ysunishdan 
mahalliy bo‘ysunishga o‘tkazishda respublika Moliya vazirligi tegishli quyi moliya organiga 
11-sonli shakldagi ma’lumotnoma-bildirishnomani yuboradi.
Korxonani, tashkilotni respublika, viloyat, shahar miqyosida bir mahalliy bo‘ysunishdan 
ikkinchi mahalliy bo‘ysunishga o‘tkazishda, yuqori moliya organi o‘zaro hisob-kitoblarga 
oldingi bo‘ysunish bo‘yicha moliyalashtirish tartibida korxonani, tashkilotni o‘tkazish 
kunidagi summalarni o‘tkazadi. 
Budjetlar bilan o‘zaro hisoblashuvlar hisobi 11-sonli shakldagi ma’lumotnoma-
bildirishnomaga asosan buxgalteriya yozuvlari berilib memorial orderga yozuvlar o‘tkaziladi 
va boshqa budjetlar bilan hisob-kitoblar kitobiga tushiriladi.
Moliya organlarida o‘zaro hisoblashuvlar hisobi 06 "Xisob kitoblar", 07 “Berilgan va 
olingan mablag‘lar” nomli hisobvaraqlarda yuritiladi. Ya’ni 
061 Respublika budjeti bilan o‘zaro hisob-kitoblar 
062 Mahalliy budjetlar bilan o‘zaro hisob-kitoblar 
071 Respublika budjetidan berilgan va olingan mablag‘lar 
072 Mahalliy budjetlardan berilgan va olingan mablag‘lar 
"Respublika budjeti bilan o‘zaro hisob-kitoblar"nomli 061-sonli hisobvaraq respublika budjeti 
bilan o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha operatsiyalarni mahalliy moliya organlarida hisobga olib 
borish uchun mo‘ljallangan.
 
"Respublika budjeti bilan o‘zaro hisob-kitoblar"nomli 061-sonli hisobvaraq 
Dt 
Kt 


39 
A) respublikabudjetidano‘zarohisob-
kitoblarbo‘yichaolinishilozimbo‘lgansummalar; 
B) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlarni 
to‘lash uchun respublika budjetiga o‘tkazilgan 
summalar; 
V) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlarni 
to‘lashda hisobga olingan, yuqori budjetdan 
olinishi lozim bo‘lgan dotatsiyalar, 
subvensiyalarning summalari. 
A) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha 
respublika budjetiga berilishi lozim bo‘lgan 
summalar; 
B) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlarni 
to‘lash uchun respublika budjetidan kelib 
tushgan summalar; 
V)o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha 
xarajatlarni to‘lashda hisobga olingan va 
yuqori budjetga o‘tkazish lozim bo‘lgan 
ortiqcha daromadlar summalari; 
G) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha mahalliy 
budjetlar hisobiga to‘g‘ri keladigan 
summalarda hisobga olingan, respublika 
budjetidan olingan budjet ssudalarining 
summalari; 
D) respublika bo‘ysunishidan mahalliy 
bo‘ysunishga o‘tkazilgunga qadar korxona 
va tashkilotlarning respublika budjeti 
bo‘yicha ochilgan budjet mablag‘ 
ajratmalari summalari
 
061-hisobvaraqning debetida quyidagilar aks ettiriladi: 
a) respublika budjetidan o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan 
summalar; 
b) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlarni to‘lash uchun respublika budjetiga 
o‘tkazilgan summalar; 
v) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlarni to‘lashda hisobga olingan, yuqori budjetdan 
olinishi lozim bo‘lgan dotatsiyalar, subveniiyalarning summalari.
061-sonli hisobvaraqnnng kreditida quyidagilar aks ettiriladi: 
a) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha respublika budjetiga berilishi lozim bo‘lgan summalar; 
b) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlarni to‘lash uchun respublika budjetidan kelib 
tushgan summalar; 
v) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha xarajatlarni to‘lashda hisobga olingan va yuqori 
budjetga o‘tkazish lozim bo‘lgan ortiqcha daromadlar summalari; 
g) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha mahalliy budjetlar hisobiga to‘g‘ri keladigan 
summalarda hisobga olingan, respublika budjetidan olingan budjet ssudalarining summalari; 
d) respublika bo‘ysunishidan mahalliy bo‘ysunishga o‘tkazilgunga qadar korxona va 
tashkilotlarning respublika budjeti bo‘yicha ochilgan budjet mablag‘ ajratmalari summalari. 
1.
Berilgan va olingan mablag‘lar bo‘yicha davlat budjeti ijrosi davrida yuzaga 
keladigan o‘zaro hisoblashishlarning hisobi. 
062 - "Mahalliy budjetlar bilan hisob-kitoblar" nomli hisobvaraqda yuqori va quyi 
mahalliy budjetlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha operatsiyalar hisobga olinadi. 
062-sonli hisobvaraqning debetida quyidagilar aks ettiriladi: 
a) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha boshqa mahalliy budjetlardan olinishi lozim bo‘lgan 
summalar; 
b) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha xarajatlarni qaytarish uchun boshqa mahalliy budjetlar 
tomonidan o‘tkazilgan summalar; 
v) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlarni qaytarishda hisobga olingan quyi 
budjetlardan undirib olinishi lozim bo‘lgan ortiqcha daromad summalari yoki yuqori 
budjetdan olinishi lozim bo‘lgan dotatsiyalar, subvensiyalarning summalari; 


40 
g) boshqa mahalliy bo‘ysunishga o‘tkazilgunicha tashkilotlar va korxonalarning 
moliyalashtirish bo‘yicha hisobvaraqlariga o‘tkazilgan mablag‘larning summalari. 
062-sonli 
hisobvaraqning 
kreditida 
quyidagilar 
aks 
ettiriladi: 
a) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha boshqa mahalliy budjetlarga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan 
summalar; 
b) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlarni to‘lash uchun boshqa mahalliy budjetlardan 
kelib tushgan summalar; 
v) quyi budjetga o‘tkazish lozim bo‘lgan dotatsiyalar, subvensiyalarning summalari 
yoki yuqori budjetga o‘tkaziladigan, o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlarni qaytarishda 
hisobga olingan ortiqcha daromad summalari; 
g) boshqa mahalliy bo‘ysunishdan o‘tkazilgunga qadar korxonalar va tashkilotlarni 
moliyalashtirish hisobvarag‘iga o‘tkazilgan mablag‘lar summalari; 
g) respublika bo‘ysunishidan tuman yoki shahar bo‘ysunishiga o‘tkazilishda, tuman 
yoki shahar moliya bo‘limlarida 062-sonli hisobvaraqning kreditiga respublika budjeti 
bo‘yicha ochilgan budjet mablag‘ ajratmalarining summasi o‘tkaziladi. 
Ushbu hisobvaraq bo‘yicha debet qoldiq boshqa mahalliy budjetning mazkur budjetga 
qarz summasini ko‘rsatadi, kredit qoldiq esa - mazkur budjetning boshqa budjetga qarz 
summasini ko‘rsatadi. 
“Respublika budjetidan berilgan va olingan mablag‘lar” nomli 071-sonli hisobvaraqda 
mahalliy budjetlardan Respublika budjetiga o‘tkaziladigan hamda Respublika budjetidan 
olinadigan mablag‘lar hisobga olinadi. 
"Mahalliy budjetlardan berilgan va olingan mablag‘lar" nomli 072-sonli hisobvaraqda 
mahalliy budjetlarga beriladigan va mahalliy budjetlardan olinadigan mablag‘lar hisobga 
olinadi. 
072-sonli hisobvaraqning debetida o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha mahalliy budjetlarga 
beriladigan summalar aks ettiriladi; 
072-sonli hisobvaraqning kreditida o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha mahalliy budjetlardan 
olinishi lozim bo‘lgan summalar aks ettiriladi. 

Yüklə 5,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   329




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə