17
BUGUN DARSDA QUYIDAGI
MAVZULAR BILAN TANISHASIZ:
1. Hozirgi davrda davlat va din munosabatlari.
2. Davlat va din munosabatlarining huquqiy asoslari.
3. O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari.
HOZIRGI DAVRDA DAVLAT
VA DIN MUNOSABATLARI
Davlat va din munosabatlarining ildizlari juda qadim
davrlarga borib taqaladi. Ayni paytda, ushbu munosabat
-
lar turli tarixiy davrlarda turlicha mazmun kasb etgan.
O‘rta asrlarda din jamiyatning barcha sohalarida, shu
jum ladan, davlat hayotida to‘la hukmronlik qilgan davr
-
lar ham bo‘lgan. Ayrim davlatlarda din butunlay inkor
etilgan, ya’ni ateizm ustunlik qilgan.
XXI asr boshlarida davlat va dinning o‘zaro muno-
sabatlari bo‘yicha davlatlarni quyidagi guruhlarga bo‘-
lish mumkin:
•
Dinga davlat dini maqomi berilgan
davlatlar;
•
Cherkov ta’siri
doirasidagi davlatlar;
•
Dunyoviy yoki diniy munosabatlarda betaraflik
yo‘lini tutuvchi davlatlar;
•
Rasmiy dinga ega bo‘lmagan davlatlar;
•
Din davlatdan ajratilgan davlatlar;
•
Katolik cherkovi bilan kelishuvga ega davlatlar;
•
Huquqiy e’tirof etilgan
diniy guruhlarni muhofaza
qiluvchi davlatlar;
• Diniy-jamoaviy tizimli davlatlar
Dostları ilə paylaş: