18
Davlatlarni bunday guruhlashtirish nisbiydir. Shun-
day bo‘lsa-da, u davlat va din o‘rtasidagi munosabatla-
rining asosiy xususiyatlarini ochib beradi. Shu bilan bir-
ga, bir davlat o‘z belgilari bo‘yicha
bir necha guruhlarga
ham kirish mumkin.
DAVLAT VA DIN MUNOSABATLARINING
HUQUQIY ASOSLARI
Davlat va din munosabatlarining huquqiy asoslari.
Hozirgi davrda jahondagi davlatlarning yarmidan ko‘pi
dinning davlatdan ajratilganini yoki davlatning diniy
tashkilotga nisbatan betarafligini Konstitutsiya yoki qo
-
nun darajasida belgilab qo‘ygan.
Yuridik tan olingani yoki olinmaganidan qat’i nazar,
barcha davlatlar din va e’tiqod erkinligiga hurmat bi
-
lan qarashlarini e’lon qilganlar. Tarixan, din davlatning
huquqiy tizimini rivojlanishiga jiddiy ta’sir o‘tkazib kel
-
gan.
Hozirgi davrda davlat va din o‘rtasidagi muno-
sabatlar bir qator xususiyatlari
bilan ajralib turishini
ta’kidlash zarur. «Sovuq urush» davri tugagandan keyin
dinga qarshi hujumkorlik hamda diniy faoliyat ustidan
nazorat qilish siyosati yengillashdi.
Buning natijasida
diniy sektalarning ko‘payishi, yangilarining paydo bo‘li-
shiga olib keldi. Mazkur jarayon sektalar yoki yangi
diniy oqimlarga nisbatan toqatsizlik va kamsitish soha
-
IJODIY FAOLIYAT
XXI asr boshlarida davlat va dinning o‘zaro munosabatlari bo‘yi-
cha jahon davlatlarni guruhlarga bo‘ling.
Masalan
:
Dinga davlat dini maqomi berilgan davlatlar — Qatar,
Pokiston, Kosta-Rika va b.
Dostları ilə paylaş: