Dinlari tarixi



Yüklə 2,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/101
tarix19.12.2023
ölçüsü2,18 Mb.
#151801
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   101
11-sinf-Din-tarixi-darslik (1)

Mahmud 
az-Zamahshariy


27
Qaysi 
birlaringda jahlu 
g‘azab qo‘zisa, 
darhol u sukut 
saqlashga o‘tsin!
***
Kimki 
g‘ayridinni 
haqorat qilsa, 
qiyomat kuni 
olov qamchi 
bilan uriladi.
Hadis
Ijtimoiy me’yorlashtirish funksiyasi
. Barcha dinlarda 
unga e’tiqod qiluvchilarning ijtimoiy munosabatlari di
-
niy qoidalar bilan tartibga solinadi. Masalan, ota-onalar, 
farzandlar, qo‘ni-qo‘shnilar, qarindosh-urug‘lar va xatto 
boshqa dinga e’tiqod qiluvchilarga nisbatan bo‘ladigan 
munosabatlar tartiblab qo‘yiladi. 
Ijtimoiy nazorat funksiyasi.
Din kundalik hayot 
uchun me’yorlarni belgilash bilan cheklanmasdan ki-
shilarning hulq-atvorini ham nazorat qiladi. Diniy 
guruh ning aksariyat cheklovlari faqat uning a’zolari
-
ga taalluqlidir. Lekin, ayrim me’yorlar diniy jamoaga 
taalluqli bo‘lmagan kishilarga ham tegishli hisoblanishi 
mumkin. Masalan, giyohvandlik moddasini iste’mol 
qilish, bosh qa dinga e’tiqod qiluvchilarga zo‘ravonlik 
qilish, o‘ziga tegishli bo‘lmagan mulkka egalik qilishga 
intilish va bosh qa salbiy hodisalarga qarshi turish umu
-
miy cheklov va nazoratga bog‘liqdir.
Moslashuv funksiyasi.
Din kishilarni yangi ijtimoiy 
muhitga moslashishiga yordam beradi. Ayrim sabablar-
ga ko‘ra boshqa mamlakatlarga ko‘chib ketgan kishilar 
uchun yangi joydagi ularga notanish bo‘lgan urf-odat-
larga ko‘nikish oson kechmaydi. Bunday sharoitlarda 
insonlar o‘zlari etiqod qiladigan dinnning rasm-ru
-
sumlarni va e’tiqod normalarini hamda ona tilini saqlab 
qolish orqali madaniy va milliy qadriyatlarni keyingi 
avlodlarga uzatadilar.
Albatta, din yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan muhim ij
-
timoiy funksiyalarni bajara borib, jamiyat a’zolari du-
nyoqarashiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. 
Mamlakatimizda islom dinidagi mo‘tadillik tamoyili 
kishilarning shaxsiy va ijtimoiy hayotlaridagi mavjud 
muammolarga bag‘rikenglik, saxovat, savob, himmat 
kabi axloqiy qadriyatlar asosida oqilona yondoshishga 


28
undaydi. Shu nuqtai nazardan, islom dinidagi bu ta
-
moyil O‘zbekistonning bugungi kundagi shiddat bilan 
kechayotgan ijtimoiy taraqqiyoti uchun ma’naviy omil
-
lardan biri bo‘lib xizmat qiladi.

Yüklə 2,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə