Dinlari tarixi


O‘ZBEKISTONDA BUDDAVIYLIK JAMOASI



Yüklə 2,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/101
tarix19.12.2023
ölçüsü2,18 Mb.
#151801
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   101
11-sinf-Din-tarixi-darslik (1)

O‘ZBEKISTONDA BUDDAVIYLIK JAMOASI, 
ADABIYOTLARI. XRISTIANLIK JAMOALARI. 
BIBLIYANING O‘ZBEK TILIDAGI NASHRI
Xristianlik dinining asosiy manbasi Bibliya «Qadim-
gi Ahd» (yahudiylarda «Tanax») va «Yangi Ahd» deb 
nomlanuvchi ikki qismdan iborat. Ulardan «Qadim
-
gi Ahd» asli qadimiy oromiy tilida, «Yangi Ahd» esa 
qadim gi grek tilida yozilgan. 
Ma’lumotlarga ko‘ra bugungi kunga kelib, mazkur 
kitob uch mingdan ortiq til va lahjalarga tarjima qilin
-
gan.
MA’LUMOT
UCHUN
Budda ta’limoti-
ning asosi «hayot 
– bu azob-uqu
-
bat» va «najot 
yo‘li mavjud» 
degan g‘oyadir. 
Buddaviylik 
qonuniyatlariga 
ko‘ra, inson o‘zi-
ga moslashgan 
mavjudot bo‘lib, 
o‘zida tug‘iladi, 
o‘zini-o‘zi halok 
qiladi yoki qutqa
-
radi.


38
Bibliyaning o‘zbek tiliga ilk tarjimasi 1991-yilda 
nashr etilgan. 1994-yilda Respublikamizda O‘zbekiston 
Bibliya kitob jamiyati tuzilgan. 2017-yilning iyun oyida 
jamiyat tomonidan ilk bora Bibliya to‘lig‘icha o‘zbek ti-
liga tarjima qilingani e’lon qilindi.
Jahon dinlarining eng qadimiysi bo‘lgan buddaviylik
-
da muqaddas manba – Tripitakaga katta ehtirom ko‘rsa
-
tiladi. Pali tilida yozilgani sababli ham mazkur kitob 
«Pali kanoni» deb ham nomlanadi.
Hozirgi kunimizga qadar faoliyat yuritayotgan ja
-
miyat tomonidan «Pali kanoni»ning ko‘plab qismlari 
ingliz tiliga tarjima qilingan. Tripitakaning rus tiliga tar
-
jimalari XIX asrda paydo bo‘lgan. 
MUSTAHKAMLASH UCHUN 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. 
Muqaddas manba deganda nima tushuniladi?
2. 
Dinlarda muqaddas kitoblarga qanday munosabat ko‘rsatiladi?
3. 
Bibliyaning tarjimalari haqida nimalarni bilasiz?
4. 
Buddaviylik dini muqaddas manbasi qanday nomlar bilan ataladi?
5. 
Sizningcha, muqaddas diniy manbalar insonlarni buzg‘unchilikka 
chorlashi mumkinmi?
TARIXGA NAZAR
Miloddan avvalgi 80-yillarda Tripitaka birinchi bor palma barglariga yo-
zilgan.
1871-yilda Mandalay shahri (Birma)da bo‘lib o‘tgan Butunjahon bud-
daviylar yig‘ilishidan so‘ng Tripitaka matni har biri 2 metrli 729 ta marmar 
plitalarga yozib chiqilgan.
1900-yilda marmarga o‘yib tushirilgan Tripitaka matni ilk bor kitob ho-
lida nashr etildi. Uning hajmi 38 jildni tashkil etdi.


39

Yüklə 2,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə