Dinlari tarixi


ISLOM HAMKORLIK TASHKILOTI



Yüklə 2,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/101
tarix19.12.2023
ölçüsü2,18 Mb.
#151801
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   101
11-sinf-Din-tarixi-darslik (1)

ISLOM HAMKORLIK TASHKILOTI 
BO‘LINMALARI
IHTning rahbar organlari Davlat va hukumat bosh-
liqlari konferensiyasi va Tashqi ishlar vazirlarining 
konferensiyasi va bosh kotib rahbarligidagi kotibiyatdir.
Oliy organ
– a’zo mamlakatlar rahbarlarining islom 
sammiti har uch yilda o‘tkazilib, musulmon mamla-
TARIXGA NAZAR
Islom hamkorlik tashkiloti – 
hukumatlararo xalqaro tashkilot. 2011-
yil 28 iyunigacha Islom konferensiyasi tashkiloti deb atalgan. 1969-
yil Rabot (Marokash) shahrida tuzilgan. Nizom 1972-yil Jidda (Sau-
diya Arabistoni) shahrida 3-konferensiyada qabul qilingan. 2008-yil 
13-14-martda Dakar (Senegal) shahrida bo‘lib o‘tgan 11-sammitda Ni-
zomning yangi tahriri qabul qilingan. 
«...Ushbu anju-
man buyuk 
alloma Mirzo 
Ulug‘bek Buxoro 
shahrida bunyod 
etgan madrasa 
peshtoqiga bitil
-
gan» Ilm egallash 
har bir muslim va 
muslima uchun 
farzdir», degan 
hadisi sharifni 
hayotimiz qoida
-
siga aylantirishga 
xizmat qiladi».
Shavkat
 Mirziyoyevning 
Islom hamkorlik 
tashkilotining 
fan va texnolo-
giyalar bo‘yicha 
birinchi sammiti-
dagi nutqidan.


41
katlarining umumiy siyosatini belgilab beradi. 
Tashqi 
ishlar vazirlari konferensiyasi 
esa har yili yoki zarurat-
ga qarab o‘tkaziladi. Oliy ijro organi Bosh kotib rahbar
-
ligidagi Bosh kotibiyat hisoblanadi. 
Bosh kotib a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari to
-
monidan 4 yil muddatga saylanadi. Bosh qarorgoh Jidda 
shahrida joylashgan. 
IHT huzurida Islom taraqqiyot banki, Fan va texnika 
sohasida hamkorlik bo‘yicha doimiy qo‘mita faoliyat 
ko‘rsatadi. 1975-yildan IHTga BMT huzurida kuzatuv-
chi tashkilot maqomi berilgan. 
Tashkilot huzurida quyidagi mustaqil tashkilotlar 
mavjud: 
• 
Islom taraqqiyot banki;
• 
Islom yangiliklar agentligi;
• 
Islom teleradioeshittirishlar uyushmasi;
• 
Iqtisodiy-ijtimoiy masalalar bo‘yicha Islom ko
-
missiyasi;
• 
Islom taraqqiyot fondi;
• 
Islom adolat sudi;
• 
Islom poytaxtlari uyushmasi;
• 
Ilmiy-texnikaviy rivojlanish islom fondi;
• Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha 
islom tashkiloti va h.k., jami 17 ta.
TARIXGA NAZAR
ISESCO – IHT huzuridagi mustaqil tashkilot. 1979-yili ta’sis etilgan, 
Nizomi 1982-yil Ta’sis Konferensiyada (1982-yil, Fes shahri) qabul 
qilingan.

Yüklə 2,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə